Kirish
Dastlabki tushunchalar
1. Pravoslav katexezisi nima?
Pravoslav katexizisi – bu imonga kelgan har qanday kishiga Xudoga yoqadigan ishlar qilish va najot topish uchun beriladigan pravoslav masihiylar e’tiqodiga doir qo‘llanmadir.
2. "Katexizis" so‘zi nimani anglatadi?
"Katexizis" yunon tilidan tarjima qilinganda "og‘zaki dars berish", "og‘zaki qo‘llanma" degan ma’nolarni bildiradi. Havoriylar davridan boshlab bu so‘z ta’limotviy ravishda har bir masihiy uchun zarur bo‘lgan pravoslav dinining asosiy ta’limoti sifatida qo‘llaniladi (qarang: Luqo 1:4, Havoriylar 18:25).
3. Xudoga yoqadigan ishlarni qilish va najot topish
Xudoga yoqadigan ishlarni qilish va najot topish uchun quyidagilar zarur:
· Haqiqiy Xudoni bilish va Unga to‘g‘ri e’tiqod qilish;
· Imonga ega bo‘lish va shunga muvofiq xayrli ishlar qilish.
4. Nima uchun imonga ega bo‘lish zarur?
“Imonga ega bo‘lmasdan esa Xudoga ma’qul bo‘lishning imkoni yo‘q" (Ibroniylar 11:6).
5. Nima uchun imonga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi va ishlar talab etiladi?
“… ishlarsiz imon o‘lik… " (Yoqub 2:20).
6. Imon deganda nimani nazarda tutamiz?
Havoriy Pavlusning tushuntirishicha: “Imon umid qilingan narsalarning mohiyatidir va ko‘rinmaydigan narsalarga amin bo‘lishdir” (Ibr. 11:1). Bu bilan ko‘rinmaydigan narsalarga, xuddi ko‘ringanday ishonish; umid qilingan narsalarni ro‘yobga chiqqanday qabul qilish nazarda tutiladi.
7. Imon bilan bilim o‘rtasidagi qanday farq bor?
Bilim va imon o‘rtasidagi farq shundaki, bilim sezish, ko‘rish va tushunish mumkin bo‘lgan narsalarga asoslanadi, imon esa ko‘rinmaydigan va hatto tushunib bo‘lmaydigan narsalarga. Bilim tajriba va hodisalarni o‘rganishga, imon esa haqiqat haqida berilgan guvohliklarga asoslanadi. Bilim ong-tafakkurga tegishli bo‘lib, qalbga ham ta’sir qilishi mumkin; imon esa qalbda kechiladigan jarayondir garchi ong-tafakkurdan, fikr-mulohazalardan boshlansada.
8. Nima uchun taqvodorlik ta’limotida nafaqat bilim, balki ishonish, ya’ni imon ham talab etiladi?
Taqvodorlik ta’limotida nafaqat bilim, balki imon ham talab qilinadi, chunki asosiy o‘rganish ob’ekti — bu ko‘rinmas va inson aqliga sig‘maydigan Xudo va pinhon tutilgan Xudoning donoligidir. Shu boisdan ham bu ta’limotda juda ko‘p narsalar bilim bilan qamrab olinmaydi, balki imon bilan qabul qilinadi. Xudoga yaqin bo‘lgan Qudduslik Kirill aytganlaridek: “Imon vijdonni poklaydi, ko‘radigan qiladi; u insonga bilim beradi. Ishonmasangiz, unda sizlarning ishonchlaringiz komil emas” (Ish. 7:9; Ta’limotni tushuntirish, 5).
9. Xudogga yaqin bo‘lgan Kirill ishonishning ahamiyatini shunday tushuntiradi: “Ishonch asosida ish tutish birgina biz – Masihning ummatlari qadrlaydigan sifat emas. Buni Jamoatdan yiroq bo‘lgan dunyoviylarda ham kuzatamiz, ular ham ko‘p narsalarni ishonch bilan qilishadi, ishonganlari bois, ko‘p mashaqqatlarni o‘z gardaniga olishadi: dehqon agar hosil olishiga ishonmasa, dalaga ketmon ko‘tarib chiqmaydi. Dengizchilar manzillariga eson-omon yetib borishlariga ishonganlari bois, kemaga chiqishadi, o‘z hayotlarini taqdir ixtiyoriga topshirib, quruqlikni tashlab, to‘lqinlari o‘shqirgan dengiz girdobiga sho‘ng‘iydilar, umid bilan noma’lum yurtlar sari intilib, yelkanlarni ko‘taradilar – ular langarga ishonib emas, umidlari ro‘yobga chiqishiga ishonishadi”. (Ta’limotni tushuntirish, 5:3).
Xudoning vahiylari haqida
10. Pravoslav e’tiqodi haqida ta’limot manbayi
Pravoslav e’tiqodi haqida ta’limoti Xudoning vahiylariga asoslanadi.
11. Xudo beradigan vahiy
Vahiy deyilganda, Xudo O‘z ixtiyori bilan odamzodga ochgan haqiqatlar tushuniladi. Bu haqiqatlar najot yo‘lida adashmaslikka, Xudoga to‘g‘ri ishonishga, to‘g‘ri sajda qilishga yordam beradi.
12. Xudo hammaga vahiy beradimi?
Xudo barcha odamlarga ular bilishlari kerak bo‘lgan, najot sari boshlaydigan haqiqatlarni vahiy orqali beradi, ammo hamma ham Xudodan bevosita vahiy olishga qodir bo‘lavermaydi. Shuning uchun U maxsus elchi qilib, e’lon qiluvchilarni tanlagan va ular Xudoning vahiy orqali ochgan haqiqatlarini yuragi ochiq odamlarga yetkazishgan.
13. Nima uchun hamma ham Xudodan vahiy olavermaydi?
Hamma ham Xudodan bevosita vahiy olavermaydi. Bunga odamlarning gunohga berilib qolganlari, ruhan va jisman ojiz bo‘lganlari sababdir.
14. Xudoning vahiylarini e’lon qilgan elchilar
Xudoning vahiylarini e’lon qilgan elchilar Odam Ato, Nuh (Nuh payg‘ambar), Ibrohim, Muso (Muso payg‘ambar) va boshqa payg‘ambarlar hisoblanadi. Ular Xudodan bevosita vahiy olib, haqiqatni o‘rgata boshlagan; Xudoning vahiysini to‘laligicha, mukammal qilib yetkazgan Shaxs esa inson qiyofasida yer yuziga kelgan Xudoning O‘g‘li, Rabbimiz Iso Masih bo‘ladi. U o‘z shogirdlari va havoriylar orqali ilohiy haqiqatlarni butun olamga yoydi.
Havoriy Pavlus shunday deydi:
“Xudo qadimda ota–bobolarimizga ko‘p marta va turli tarzda payg‘ambarlar orqali gapirgan edi. Bu oxirgi kunlarda esa U bizga O‘z O‘g‘li orqali gapirdi. Xudo koinotni O‘g‘li orqali yaratgan va Uni butun borliqning vorisi qilib tayin etgan.” (ibr. 1:1–2)
“Biz Xudoning pinhon tutilgan sirli donoligi haqida gapiramiz. … Bu dunyoning hukmronlari Xudoning donoligini tushunmadilar. … Bizlarga esa Xudo bularni O‘zining Ruhi orqali oshkor qildi. Chunki Muqaddas Ruh hamma narsadan, hatto Xudoning chuqur o‘y–fikrlaridan ham ogohdir.” (1 Kor. 2:7–8, 10).
Xushxabar muallifi Yuhanno shunday yozadi:
“Hech kim hech qachon Xudoni ko‘rgan emas, Ota bag‘ridagi, aslida Xudo bo‘lgan yagona O‘g‘il, Uni bizga tanitdi.” (Yuhanno 1:18)
Rabbimiz Iso shunday degan:
“Otam hamma narsani Mening ixtiyorimga topshirgan. O‘g‘ilni Otadan boshqa hech kim bilmaydi. Otani ham O‘g‘ildan boshqa va O‘g‘il ayon qilishni istagan odamdan boshqa hech kim bilmaydi.” (Mat. 11:27)
Imonlilar ta’limoti va Muqaddas Kalom haqida
15. Xudo vahiy bermasa, odamzod Uni tanib bila oladimi?
Inson Xudoni yaratilgan borliq mavjudotni o'rganish orqali tanib bilishi mumkin, lekin bunday bilim hech qachon to‘la va etarli bo‘lolmaydi va imon yo‘liga tayyorlay oladi, Xudoni vahiylari orqali tanib-bilishga yordam beradi, xolos.
“Borliq yaratilgandan beri Xudoning ko‘rinmas xususiyatlari, ya’ni abadiy qudrati va ilohiyoti ochiq ko‘rinib turibdi. Xudoning ijodiga qarab, Uning xususiyatlarini tushunib olsa bo‘ladi...” (Rim. 1:20).
“Xudo bitta odamdan jamiki elatlarni yaratib, ularni butun yer yuziga joylashtirdi. U elatlarning hayoti vaqtini va ular istiqomat qiladigan joylarning chegaralarini belgilab berdi. Xudo bularni, Meni qidirsinlar, paypaslanib bo‘lsa–da, topsinlar, deb qildi. Haqiqatan ham, U har birimizdan uzoqda emas. Zotan, “biz Unda yashaymiz, Unda harakat qilamiz va Unda mavjudmiz.” ….” (Havoriylar 17:26-28)
Xudoga ishonch haqidagi mulohazalar Xudo borligi haqidagi fikrdan boshlanadi. Biz bunga U yaratgan narsalar haqida fikr yuritish orqali kelamiz. Dunyoni sinchiklab o‘rganish, tadqiq qilish orqali biz Xudoning nihoyatda dono, qudratli va yaxshi ekanini bilib olamiz; shuningdek, Uning ko'zga ko'rinmas xususiyatlari borligini fahm etamiz va Uni Oliy Hukmdor deb qabul qilamiz. Xudo butun dunyoning Yaratuvchisi, biz U yaratgan dunyoning bir qismi ekanmiz, demak Xudo bizning ham Yaratguvchimizdir. Buni tushungan odam, ishonadi, ishongan odam Unga sajda qiladi (muqaddas Buyuk Vasiliy, 232-maktub).
Imonlilar ta’limoti va Muqaddas Kalom haqida
16. Xudo bergan vahiy qanday saqlanadi va qanday yoyiladi?
Xudo bergan vahiyning odamlar orasida yoyilishi va saqlanishi haqiqiy Jamoatda ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: Imonlilar ta’limoti orqali va Muqaddas Kalom orqali.
17. Imonlilar ta’limoti deb nimani aytamiz?
Imonlilar ta’limoti – bu Xudoga chin dildan ishongan va Uni e’zozlagan odamlarning so‘z va amallar bilan bir-birlariga va keyingi avlodlarga yetkazgan haqiqatlar: imon, Xudoning qonunlari, Sirlar va Muqaddas amallar haqidagi koʻrsatmalar, yoʻl-yoʻriqlardir.
18. Imonlilar ta’limoti qayerda saqlanadi?
Haqiqiy imonlilar, Imonlilar ta’limoti orqali birlashgan holda, Xudoning rejasi bilan, meros asosida va hamjihatlikda imonlilar jamoatini, ya’ni Jamoatni tashkil qiladi. Aynan Jamoat Imonlilar ta’limotining saqlovchisi. Havoriy Pavlusning so‘zi bilan aytganda: “...jamoat barhayot Xudoga tegishlidir, jamoat haqiqatning poydevori va ustunidir” (1 Tim. 3:15).
Muqaddas Iriney shunday yozadi: “Haqiqatni boshqalardan izlamasligimiz kerak, uni imonlilar jamoati bo‘lgan Jamoat beminnat beradi. U buyuk xazinadir, – havoriylar haqiqat deb atalmush neki bo‘lsa, boricha, yaxlit qilib unda saqlagan. Har qanday kishi agar istasa, undan hayot suvini ichishi mumkin. U hayot sari yo‘l ochadigan eshikdir” (“Bid’atlarga qarshi”, 3-kitob, 4-bob).
19. Muqaddas Kalom deb nimani aytamiz?
Muqaddas Kalom — bu Muqaddas Ruhdan ilhom olgan va Xudo tomonidan muqaddas qilingan payg‘ambarlar va havoriylarning bitiklari. Bu kitoblar odatda Muqaddas Kitob deb yuritiladi.
20. “Muqaddas Kitob” o‘zi nima?
“Muqaddas Kitob” yunonchadan tarjima qilinganda “kitoblar” degan ma’noni anglatadi. Bu nom Muqaddas Kitobning boshqa kitoblarga nisbatan alohida e’tiborga loyiq ekanligini ko‘rsakadi.
21. Qaysisi birinchi paydo bo‘lgan: Imonlilar ta’limotimi yoki Muqaddas Kitobmi?
Eng qadimda, birinchi bo‘lib Xudo bergan vahiylar Imonlilar ta’limoti vositasida yoyilgan. Odam Atodan Muso payg‘ambargacha Muqaddas kitoblar bo‘lmagan. Rabbimiz Iso Masih ham shogirdlari va izdoshlariga O‘z ta’limotini kitob orqali emas, balki so‘zlari va amallari bilan yetkazgan. Dastlabki davrlarda havoriylar ham imon hadidagi ta’limotni xuddi shu yo‘l bilan yoyib, Masihning jamoati bo‘lmish Jamoatni mustahkamlagan. Kitoblardan hamma ham foydalana olmaydi, Imonlilar ta’limoti esa hamma uchun (shu boisdan ham Imonlilar ta’limotining ahamiyati juda katta).
22. Muqaddas Kitob nima uchun berilgan?
Muqaddas Kalom Xudoning vahiylari aniq va o‘zgarmasdan saqlanishi uchun berilgan. Unda payg‘ambarlar va havoriylarning so‘zlarini xuddi ular bilan birga yashab, ularni ko‘rib turganday o‘qiymiz, garchi bu kitoblar bizdan ko‘p asrlar, ming-ming yillar oldin yozilgan bo‘lsa ham.
23. Muqaddas Kitob bor ekan, Imonlilar ta’limotiga rioya qilish kerakmi?
Biz Xudo bergan vahiylarga va Muqaddas Kalomga zid bo‘lmagan Imonlilar ta’limotiga rioya qilishimiz kerak, chunki Muqaddas Kalomning o‘zi buni talab qiladi. Havoriy Pavlus shunday yozgan:
“Shuning uchun, ey birodarlar, imoningiz qat’iy bo‘lsin. Biz gaplarimiz (Imonlilar ta’limoti tarj. izohi) va xatlarimiz orqali sizlarga o‘rgatgan haqiqatlarni mahkam tutinglar.” (2 Sol. 2:15).
24. Hozirgi kunda Imonlilar ta’limotidan qanday foydalanish kerak?
Imonlilar ta’limoti hozirgi kunda ham Muqaddas Kalomni to‘g‘ri tushunish, Sirli marosimlarni to‘g‘ri ado etish, diniy amallarni dastlab o‘rnatilganiday, sof saqlash uchun zarurdir.
Muqaddas Buyuk Vasiliy bu haqida shunday deydi:
“Jamoat saqlab kelayotgan jamiki aqida va an’analardan ba’zilari yozma manbalardan, ba’zilari esa havoriylarning maktublaridan, pinhon, og‘zaki ta’limotlardan olingan. Ikkalasi ham taqvodorlik uchun bir xil ahamiyatga ega va Jamoat qoidalarini biroz ham tushungan odam bunga qarshi chiqmaydi. Agar biz yozilmagan ta’limotlarni ahamiyatsiz deb rad etishga jur’at qilsak, bu Muqaddas Kitobning mohiyatiga zarar yetkazadi, hatto havoriylarning ta’limoti shunchaki qobiq bo‘lib qoladi xolos.
Masalan, Kalomda qaysi oyat Iso Masihning izdoshlari Uning nomi bilan cho‘qinishlari kerakligi aytilgan? Qaysi oyat imonlilar sharqqa yuzlanib ibodat qilishlari kerakligini o‘rgatadi? Qutlug‘ Kechlikda non va sharobni qabul qilishda aytiladigan duo so‘zlarni qaysi oyatdan topamiz? Biz nafaqat Havoriylarning bitiklari va Muqaddas Kitobdan, balki ulardan avval va ulardan keyin Jamoatda qo‘llanilgan, lekin qog‘ozga bitilmagan, qadimgi imonlilarning ta’limotidan olingan va marosim uchun ahamiyatli bo‘lgan so‘zlardan ham foydalanamiz.
Kalomning qaysi oyatida suvni cho‘qintirish marosimi uchun, moyni muqaddaslash uchun yoki cho‘qintiriluvchining o‘zini duo qilish uchun ishlatish lozimligi aytiladi? Bular pinhon tutilgan va Muqaddas bitiklarda yozilmagan ta’limot emasmi? Yana nima deyish mumkin? Kalomda qaysi oyat moy surtish orqali muqaddaslash lozim deb o‘rgatadi? Suvga cho‘mdirganda odam uch marta butun tanasi bilan suvga sho‘ng‘ishi lozimligi qayerda aytilgan? Suvga chomdirishda kishi shaytondan va uning farishtalaridan voz kechishi lozimligi haqida-chi? Bular imon yo‘lida chuqur bilimga ega bo‘lgan, muqaddas sirlarni safsatabozlikka berilgan odamlardan sukut bilan saqlagan ajdodlarimizning yashirin ta’limoti emasmi? Suvda cho‘mdirilmaganlarga hatto qarash man etilgan narsalarni ochiqchasiga bayon etish munosib ish bo‘larmidi?”
(“Muqaddas Ruh haqida”, 27-bob, 97-qoida).
Muqaddas Kalom haqida
25. Muqaddas bitiklar qachon yozilgan?
Muqaddas bitiklar turli davrlarda yozilgan. Ba’zilari Masih tug‘ilishidan oldin, ba’zilari esa keyin yozilgan.
26. Muqaddas bitiklar qanday ajratiladi?
Muqaddas bitiklar ikki qismga bo‘lingan:
– Masih tug‘ilishidan oldin yozilganlari Eski Ahd deb yuritiladi,
– Masih tug‘ilganidan keyin yozilganlari Yangi Ahdi kitoblari deb ataladi.
27. Eski Ahd nima, Yangi Ahd nima?
Eski Ahd va Yangi Ahd – bu Xudoning odamzod bilan tuzgan qadimgi va yangi ahdi.
28. Eski Ahd nimadan iborat bo‘lgan?
Eski Ahdda Xudo odamzodga Ilohiy Zot bo‘lmish Najotkor (Masih) ni yuborishni va‘da qilgan va ularni bunga tayyorlagan.
29. Xudo odamlarni Najotkorni qabul qilishga qanday tayyorlagan?
Xudo odamlarni bosqichma-bosqich vahiylar, payg‘ambarlarning bitiklari va ramziy hodisalar (alomatlar) orqali Najotkorning kelishiga tayyorlagan.
30. Yangi Ahd nimadan iborat?
Yangi Ahdda Xudo odamzodga haqiqatan ham Ilohiy Zot bo‘lmish Najotkorni – Yagona O‘g‘li Iso Masihni yuboradi.
31. Eski Ahd nechta kitobdan iborat va ularning nomlari qanaqa?
Qudduslik muqaddas Kirill, muqaddas buyuk Afanasiy va Damashqlik muqaddas Yuhanno tomonidan Eski Ahd 22 ta Muqaddas kitobdan iborat deb qabul qilingan (qadimgi ibroniylar alifbosidagi harflar soniga mos ravishda – muh.)
32. Yahudiylarning hisobi
Bu yerda havoriy Pavlusning: “Xudoning kalomi ularga ishonib topshirilgan”, deyishi e’tiborga molikdik (Rim. 3:2). Yangi Ahd davridagi imonlilar jamoati
Eski Ahd kitoblarini yahudiylarning qadimgi jamoatidan olgan.
33. Eski Ahd kitoblari
Muqaddas Kirill va Muqaddas Afanasiy quyidagi kitoblarni Eski Ahd bitiklari deb tan olishgan: 1. Ibtido; 2. Chiqish; 3. Levilar; 4. Sahroda; 5. Qonunlar ; 6. Yoshua; 7. Hakamlar (Rut kitobi uning davomi tariqasida keladi); 8. Birinchi va ikkinchi Shohlar (Ikki qismdan iborat bo‘lgan bitta kitob); 9. Uchinchi va to‘rtinchi Shohlar; 10. Birinchi va ikkinchi Solnomalar; 11. Ezra (1 va 2 kitoblar); 12. Ester; 13. Ayub; 14. Zabur; 15. Sulaymon hikmatlari; 16. Voiz (Sulaymon yozgan); 17. Sulaymonning Go‘zal Qo‘shig‘I; 18. Ishayo payg‘ambar kitobi; 19. Yeremiyo payg‘ambar kitobi; 20. Hizqiyol payg‘ambar kitobi; 21. Doniyor payg‘ambar kitobi; 22. 12 kichik payg‘ambarlarning kitoblari;
34. Bu ro‘yxatda Eski Ahd to‘plamiga kiritilga quyidagi kitoblar qayd etilmagan:
Shirax o‘g‘li Yoshuaning Hikmatlar kitobi va boshqa ba’zi kitoblar, chunki ularning ibroniy tilidagi matni topilmagan (qadimgi ibroniy tilidagi asl nusxalari saqlanmagan).
35. Biroq, biz bu kitoblarni ham qabul qilishimiz kerak.
Muqaddas Buyuk Afanasiy bu haqda: “Ular otalarimiz tomonidan Jamoatga qo‘shilayotganlar o‘qishlari uchun belgilangan”.
36. Eski Ahd kitoblari qanday bo‘linadi?
Mazmuniga ko‘ra, Eski Ahd kitoblari to‘rt qismga bo‘linadi:
1. Qonun kitoblar – Eski Ahdning asosini tashkil qiladi.
2. Tarixiy kitoblar – asosan taqvodorlik tarixini o‘z ichiga oladi.
3. Ta’limiy kitoblar – taqvodorlik haqida o‘rgatadi.
4. Payg‘ambarlarning bitiklari – kelajak, ayniqsa Iso Masih haqidagi bashoratlarni o‘z ichiga oladi.
37. Eski Ahd to‘plamida qaysi kitoblar qonun kitoblari hisoblanadi?
Qonun kitoblari – Muso payg‘ambar tomonidan yozilgan beshta kitob (Tavrot):
1. Ibtido)
2. Chiqish
3. Levilar
4. Sahroda
5. Qonunlar
Iso Masihning O‘zi bu kitoblarni umumiy ravishda “Musoning Tavrot kitobi“ deb ataydi (Luqo. 24:44).
38. Ibtido – dunyoning va odamzodning yaratilishi, shuningdek, ilk odamlarning taqvodorligi va tarixi haqida hikoya qiladi.
39. Musoning qolgan to‘rtta kitobi – Muso payg‘ambar davridagi taqvodorlik tarixi va Xudo tomonidan berilgan qonunlar haqida bayon etadi.
40. Eski Ahdda qaysi kitoblar tarixiy hisoblanadi?
Tarixiy kitoblar:
– Yoshua
– Hakamlar
– Rut
– Shohlar (1, 2, 3, 4)
– Solnomalar (1, 2)
– Ezra
– Naximiyo
– Ester
41. Eski Ahdda qaysi kitoblar ta’limiy hisoblanadi?
Ta’limiy kitoblar:
- Ayyub
- Zabur (Dovud kitobi)
- Sulaymon hikmatlari (Masallar, Voiz, Sulaymonning go‘zal qo‘shig‘i)
42. Zabur (Dovud kitobi) Muqaddas Kitobda qanday o‘rin tutadi?
Zabur kitobi nafaqat taqvodorlik haqida o‘rgatibgina qolmay, taqvodorlar tarixini va Najotkor Iso Masih haqida ko‘plab bashoratlarni o‘z ichiga oladi. Bu – ibodat uchun va Xudoni madh etish uchun ajoyib qo‘llanma bo‘lib, sajda va ibodatda keng qo‘llaniladi.
43. Eski Ahdda qaysi kitoblar payg‘ambarlarning bitiklari hisoblanadi?
Payg‘ambarlarning bitiklari:
- Ishayo
- Yeremiyo
- Xizqiyol
- Doniyor
- 12 kichik payg‘ambarning kitoblari
44. Yangi Ahdda nechta kitob mavjud?
Yangi Ahdda 27 ta kitob mavjud.
45. Yangi Ahdning qaysi kitoblar qonun kitoblari hisoblanadi?
Yangi Ahdning asosini tashkil etuvchi qonun kitoblari to'rtta bo‘lib. bular:
- Matto Xushxabari
- Mark Xushxabari
- Luqo Xushxabari
- Yuhanno Xushxabari
46. "Xushxabar" nimani anglatadi?
"Xushxabar" yunoncha so'z bo'lib, "quvonchli xabar", "yaxshi xabar" degan ma'nolarni anglatadi.
47. Xushxabar hikoyalari nima haqida?
Xushxabar hikoyalari Rabbimiz Iso Masihning:
- Ilohiy tabiati
- Yer yuziga kelgani
- Yer yuzidagi hayoti
- Mo‘jizalari
- Najotga boshlaydigan ta'limoti
- Xochdagi o'limi
- O‘likdan tirilgani
- Osmonga ko'tarilishi haqida bayon etadi.
48. Numa uchun bu kitoblar "Xushxabar" deb ataladi?
Chunki odamzod uchun Xudodan kelgan Najotkor va abadiy najot haqidagi xabardan afzal va quvonchli xabar yo‘q. Shuning uchun ham Jamoatda Muqaddas Kitobdan Xushxabar hikoyasidan parcha o'qishdan oldin, imonlilar shodlanib: "Shon-sharaf Senga, ey Xudo, shon-sharaf Senga!" deyishadi.
49. Yangi Ahdda qaysi kitob tarixiy hisoblanadi?
Yangi Ahdning yagona tarixiy kitobi – bu "Havoriylarning faoliyati".
50. Bu kitob nima haqida?
Bu kitobda havoriylar Muqaddas Ruhga to‘lganlari va ular orqali masihiylar ta’limoti yoyilgani haqida hikoya qilinadi.
51. "Havoriy" nima degani?
"Havoriy" – "yuborilgan", "elchi" degan ma'nolarni anglatadi. Bu nom Rabbimiz Iso Masih tomonidan tanlangan shogirdlarga berilgan bo'lib, Rabbimiz ularni Xushxabarni targ'ib qilish uchun yuborgan.
52. Yangi Ahdda qaysi kitoblar ta'limiy hisoblanadi?
Yangi Ahdning ta'limiy kitoblari:
- 7 ta umumiy maktub:
* Yokubning 1 maktubi
* Butrusning 2 maktubi
* Yuhannonig 3 maktubi
* Yahudoning 1 maktubi
- Pavlusning 14 ta maktubi:
* Rimliklarga
* Korinfliklarga (2 ta)
* Galatiyaliklarga
* Efesliklarga
* Filippiliklarga
* Kolosaliklarga
* Solonikaliklarga (2 ta)
* Timo‘tiyga (2 ta)
* Titusga
* Filimo‘nga
* Ibroniylarga
53. Yangi Ahdda qaysi kitob bo‘lg‘usi hodisalar haqida hikoya qiladi?
Yangi Ahdda payg'ambarlik ruhida yozilgan kitob – bu Vahiy (Apokalipsis).
54. Yunonchada ham
bu so'z "vahiy" degan ma'noni anglatadi.
55. Bu kitob sirli obrazlar yordamida
Unda Iso Masihning jamoati – Jamoatning va butun dunyoning kelajak taqdirini tasvirlaydi.
56. Muqaddas Kalomni qanday o'qish kerak?
Muqaddas Kalomni o'qishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
– Uni Xudoning so'zlari deb bilish, e’zozlash va tushunish uchun ibodat bilan o'qish;
– imonda mustahkam bo‘lish, xayrli ishlarni qilish niyati bilan o‘qish;
– Uni Pravoslav Jamoati va muqaddas ota-bobolarimizning ta’limoti asosida qabul qilish.
57. Muqaddas Kalom Xudoning so'zi ekanligini tasdiqlaydigan omillar
Jamoat Xudo ochgan vahiylar va Muqaddas Kalom haqiqatdan ham Xudoning so‘zi ekanligiga dalil tariqasida quyidagilarni keltiradi:
– undagi ta'limotning yuksakligi bu inson tafakkuri mahsuli emasligidan dalolat beradi;
– ta'limotning pokligi uning pok Xudodan kelganidan dalolat beradi;
– bashoratlar;
– mo‘jizalar
– ta'limotning inson qalbiga bu darajada ta'sir ko‘rsatishi uning Xudo tomonidan quvvatlanganligidan dalolat beradi.
58. Bashorat o‘zi nima?
Bashorat Xudo bergan vahiy haqiqat ekanligini isbotlaydi. Buni misol yordamida tushuntiramiz:
Ishayo payg'ambar Masih bokira Qiz (Maryam) dan tug'ilishini bashorat qilgan (bu inson aqliga sig‘maydigan hodisa edi). Oradan bir necha asr o'tib, Iso Masih Muqaddas Bokira Maryamdan tug'ildi. Bu bashorat hamma narsani Voqif Xudoning so'zi, uning ro'yobga chiqishi esa hamma narsaga Qodir Xudoning ishi edi. Shuning uchun Muqaddas Kitobda Matto Iso Masihning tug'ilishi haqida yozar ekan, Ishayoning bashoratini keltiradi:
"Bu barcha voqealar Egamizning payg‘ambar orqali aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘lishi uchun yuz bergan edi: “Qiz homilador bo‘ladi, u o‘g‘il tug‘adi, Uning ismini Immanuil, deb qo‘yishadi.” Immanuil “Xudo biz bilan” deganidir". (Matto 1:22-23)
59. Mo‘jiza nima?
Mo‘jiza – bu inson bilimi yoki qobiliyati bilan amalga oshirib bo'lmaydigan, faqat Xudoning qudrati bilan qilinadigan narsa. Masalan, o'likni tiriltirish.
60. Mo‘jizalar Xudoning so'zi haqiqat ekanligini isbotlaydi
Haqiqiy mo‘jiza qilgan Xudoning qudrati bilan ish tutgan, bu demakki, Xudoga maqbul va Muqaddas Ruhning boshqaruvidagi odam bo‘ladi. Bunday odam faqat haqiqatni aytadi. Shuning uchun u Xudoning nomidan gapirganda, u orqali Xudo gapirgan bo‘ladi. Rabbimiz Iso Masih ham Xudodan kelganini tasdiqlash uchun mo‘jizalar qilgan:
"Guvohlik deb, Men tugatishim uchun Otam bergan ishlarini nazarda tutyapman. Bularning hammasi Meni Otam yuborganidan dalolat beradi." (Yhanno 5:36).
61. Masihiylar ta'limotining ta'siri qanday?
Masihiylar ta'limotning qudratli ta'sirini 12 havoriy misolida ko'rish mumkin: ular kambag'al, oddiy, ta'limsiz odamlar bo'lgan, ammo Masihning ta'limoti yordamida ular kuchlilarni, donolarni, boylarni, shohlarni va shohliklarni Masihga bo'ysundirishga muvaffaq bo'lishdi.
Katexizis tarkibi
62. Katexizisni qanday uch qismga bo‘lish mumkin?
Sharqiy Patriarxlar tomonidan tasdiqlangan "Pravoslav e’tiqodi" ga muvofiq bo‘lgan xudojo‘ylik haqida katexizis ta’limoti tarkibi borasida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish uchun havoriy Pavlusning masihiylar hayoti ishonch, umid va sevgi asosida qurilishi kerak degan so‘zlariga amal qilinishi lozim.
"Mana bu uch narsa bor: ishonch, umid va sevgi." (1 Kor. 13:13).
Shunday qilib, Masihning izdoshiga quyidagilar kerak:
– Imon haqida ta’limot – Xudoga va U ochgan sir-sinoatlarga ishonish;
– Umid haqida ta’limot – Xudoga umid qilish va uning vositalari;
– Sevgi haqida ta’limot – Xudoni va U buyurgan narsalarni sevish.
63. Imon haqidagi ta’limot qanday ochiladi?
Jamoat bizni imon haqidagi ta’limotga Imon Shahodati orqali boshlab boradi.
64. Umid haqidagi ta’limot qanday ochiladi?
Umid haqidagi ta’limot uchun Iso Masihning "Haqiqiy baxtiyorlik" haqidagi so‘zlari va “Shohliging kelsin” degan ibodat qo‘llanma bo‘lishi mumkin.
65. Sevgi haqidagi ta’limot qanday ochiladi?
Sevgi haqidagi asosiy ta’limotni Xudoning qonuni bo‘lmish 10 ta amrida topish mumkin.
BIRINCHI QISM
Imon haqida
Imon shahodati va uning kelib chiqishi haqida
66. Imon shahodati o‘zi nima?
Imon shahodati masihiylar nimaga e’tiqod qilishini ko‘rsatadi.
67. Imon shahodati qanday o‘qiladi?
1. Osmonu yerni, ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan borliq mavjudotning Yaratuvchisi Yagona Qodir, Ota Xudoga,
2. Azaldan Otadan tug‘ilgan, Nurdan kelgan Nur, haqiqiy Xudodan kelgan haqiqiy Xudo, yaratilmagan, tug‘ilgan, Ota bilan bir xil tabiatga ega bo‘lgan Xudoning O‘g‘li, Yagona Rabbiy Iso Masihga, hamma narsa U orqali yaratilganiga.
3. Biz odamlar uchun, najot topishimiz uchun osmondan yerga kelganiga, Muqaddas Ruhdan va Bokira Maryamdan tug‘ilganiga, inson qiyofasiga kirganiga.
4. Po‘ntiy Pilat davrida biz uchun xochga mixlanganiga, azob chekib o‘lgani va dafn qilinganiga.
5. Kalomda aytilganiday, uchinchi kuni o‘likdan tirilganiga.
6. Osmonga ko‘tarilgani va Otaning o‘ng tomonida o‘tirganiga.
7. Shon-shuhratga burkanib kelishi va tiriklaru o‘liklarni hukm qilishiga, Shohligi abadulabad mustahkam turishiga ishonaman.
8. Otadan keladigan, Otaga va O‘g‘ilga bo‘lganiday sajda qilinadigan va ulug‘lanadigan, Payg‘ambarlar orqali gapirgan, hayot beruvchi Xudo bo‘lmish Muqaddas Ruhga ishonaman.
9. Havoriylardan boshlangan, yagona, muqaddas, umumjahon Iyg‘inlarda tasdiqlangan imonlilar Jamoati ga ishonaman.
10. Gunohlar kechirilishi uchun bir marta suvda cho‘mdirilish lozimligini e’tirof etaman.
11. O‘liklar tirilishini va
12. Abadiy hayot bo‘lishini kutaman. Omin.
68. Imon shahodati kimlar tomonidan tuzilgan?
Imon haqidagi ta'limot birinchi va ikkinchi Umumjahon Yig‘inlarida ota-bobolarimiz tomonidan bayon etilgan.
69. Umumjahon Yig‘ini o‘zi nima?
Umumjahon Yig’ini – bu haqiqiy ta'limotni va masihiylar orasidagi tartibni mustahkamlash uchun imkon qadar butun dunyodan chaqiriladigan, Yahlit, masihiylar Jamoati cho‘ponlari va o‘qituvchilarining yig‘ilishi.
70. Umumjahon Yig’ini necha marta bo‘lgan?
Yettita Umumjahon Yig’ini bo‘lgan:
1. Nikeya (325 yil)
2. Konstantinopol (381 yil)
3. Efes (431 yil)
4. Xalkedon (451 yil)
5. Konstantinopol II (553 yil)
6. Konstantinopol III (680 yil)
7. Nikeya II (787 yil)
71. Umimjahon Yig’inlarini chaqirish qoidasi qayerdan olingan?
Yig’inlarni chaqirish qoidasi havoriylar davridan boshlangan, ular Quddusda Yig’in chaqirishgan (Qarang: Havoriylar 15-bob). Bunga asos Iso Masihning quyidagi so‘zlari bo‘lib, bu so‘zlar imonlilar Jamoati qarorlariga shunday vakolat beradiki, ularga bo‘ysunmagan odam butparast yoki soliqchi deb hisoblanadi. Umimjahon Jamoati o‘z qarorlarini Umumjahon Yig’in orqali e’lon qiladi.
"Agar birodaringiz ularga ham quloq solmasa, imonlilar jamoatiga ayting. Agar imonlilar jamoatiga ham quloq solmasa, uni butparast yoki soliqchi deb hisoblab, u bilan aloqani uzing." (Matto 18:17).
72. Birinchi va ikkinchi Umimjahon Yig’inlari nima uchun tashkil qilingan?
Birinchi va ikkinchi Umimjahon Yig’inlari Imon shahodatini tuzish masalasi bo‘yicha tashkil qilingan:
– Birinchi Yig’in — O‘g‘li Xudo haqidagi to‘g‘ri ta'limotni tasdiqlash, Ariyning noto‘g‘ri ta'limotini fosh qilish maqsadida tashkil qilingan;
– Ikkinchi Yig’in — Muqaddas Ruh haqidagi ta'limotni tasdiqlash, Makedoniyning noto‘g‘ri ta'limotini fosh qilish maqsadida tashkil qilingan.
73. Birinchi va ikkinchi Umimjahon Yig’inlarida nechta qoida (kanon) tuzilgan?
Birinchi Umumjahon Yig’inida – 20 ta qoida (kanon), ikkinchi Umumjahon Yig’inida esa – 7 ta qoida tuzilgan.
Imon shahodatidagi bandlar haqida
74. Imon shahodati nechta banddan (qismdan) iborat?
Imon shahodatini yaxshiroq tushunish uchun uni o'n ikki bandga (qismga) bo'lish va har bir bandni alohida ko'rib chiqishmiz kerak.
75. Imon shahodatining har bir bandida nima haqida so'z yuritiladi?
1. Birinchi band – Xudo haqida, xususan, Muqaddas Uchlikning birinchi shaxsi – Ota Xudo haqida bo‘lib, U dunyoni barpo qilgan Yaratuvchi sifatida e’tirof etiladi.
2. Ikkinchi band – Muqaddas Uchlikning ikkinchi shaxsi – Xudo, Rabbimiz Iso Masih, y’ani, O‘g‘il Xudo haqida.
3. Uchinchi band – Xudoning O‘g‘li inson qiyofasida tug‘ilgani haqida.
4. To‘rtinchi band – Iso Masihning azob-uqubatlari va o‘limi haqida.
5. Beshinchi band – Iso Masihning tirilgani haqida.
6. Oltinchi band – Iso Masihning osmonga ko‘tarilgani haqida.
7. Yettinchi band – Iso Masihning qaytib kelishi (Qiyomat kuni) haqida.
8. Sakkizinchi band – Muqaddas Uchlikning uchinchi shaxsi – Muqaddas Ruh haqida.
9. To‘qqizinchi band – Imonlilar Jamoati haqida.
10. O‘ninchi band – Suvga cho‘mdirish haqida (boshqa Sirli marosimlar ham nazarda tutilgan).
11. O‘n birinchi band – O‘liklarning qiyomat kuni tirilishi haqida.
12. O‘n ikkinchi band – Abadiy hayot haqida.
Imon shahodatining birinchi bandi haqida
76. Xudoga ishonish nimani anglatadi?
Xudoga ishonish – Uning mavjudligiga, sifatlariga va amallariga ishonishni va odamzodni qutqarish haqidagi vahiysini butun qalb bilan qabul qilishni anglatadi.
77. Xudoga qanday ishonish kerakligini Muqaddas Kalomdan bilib olish mumkin.
Havoriy Pavlus shunday yozadi:
“Ishonmagan odam hech qachon Xudoni mamnun qila olmaydi. Axir, Xudoga sajda qilayotgan har kim Xudoning borligiga ishonishi kerak, Xudoga yuz burganlarga Xudoning O‘zi mukofot berishiga u amin bo‘lishi kerak”. (Ibr. 11:6).
Imon-e’tiqodning masihiylarga bo‘lgan ta’siri Havoriy Pavlusning quyidagi ibodatida aks ettiriladi:
“… Xudo O‘zining ulug‘vor boyligi bilan sizlarga kuch– qudrat berib, O‘z Ruhi bilan ichki borlig‘ingizni baquvvat qilsin. Imoningiz orqali Masih yuragingizdan joy olsin. Sizlar chuqur ildizli daraxtday bo‘ling, Xudoning sevgisi sizlarni barqaror qilsin”.
78. Xudoga ishonchning amaliy natijasi nima bo‘ladi?
Xudoga chin dildan ishonchning eng birinchi va muqarrar natijasi – bu imon-e’tiqodni e’tirof etish.
79. Imon-e’tiqodni e’tirof etish nimani anglatadi?
Imon-e’tiqodni e’tirof etish – pravoslav masihiy ekanligimizni ochiq tan olishni va uni na yolg‘on va’dalar, na tahdidlar, na azoblar, na o‘lim bizni haqiqiy Xudoga va Rabbimiz Iso Masihga bo‘lgan imonimizni qaytara oladigan darajada samimiylik va dadillik bilan e’tirof etishni anglatadi.
80. Imon-e’tiqodni ochiq e’tirof etish shartmi?
Havoriy Pavlus najot topish uchun imon-e’tiqodni ochiq e’tirof etish zarurligini yozgan:
"Chunki inson qalbida ishonib oqlanadi va og‘zi bilan e’tirof etib najot topadi" (Rim. 10:10).
81. Najot topish uchun ishonishning o‘zi kifoya qilmaydi.
balki pravoslav imonli ekanligimizni an olishimiz ham zarur. Agar kimdir bu dunyoda hayotini saqlab qolish yoki manfaat topish uchun imonidan voz kechsa, bu uning Najotkor Xudoga va abadiy hayotga ishonmasligidan dalolat beradi.
82. Nima uchun Imon shahodatida "Birgina Xudoga" ishonish haqida aytiladi?
Imon shahodatida shunchaki "Xudoga ishonaman" emas, "BIrgina Xudoga ishonaman" deyilgani va bu bilan butparastlarning ko‘p xudolar haqidagi noto‘g‘ri ta'limotlari inkor etiladi. Ular yaratilgan mavjudotlarni xudo deb bilishgan.
83. Muqaddas Kalom Xudoning bittaligi haqida nima deydi?
Imon shahodatida Xudoning bittaligi haqida ta'limot havoriy Pavlusning quyidagi so‘zlaridan olingan:
"Garchi yeru ko‘kda xudo deb atalgan narsalar ko‘p bo‘lsa–da (haqiqatan, bunaqa “xudolar” va “Rabbiylar” juda ko‘p), biz uchun birgina Otamiz Xudo bor. U butun mavjudotning Yaratuvchisidir va biz U uchun yashaymiz. Shuningdek, birgina Rabbimiz Iso Masih bor. Butun mavjudot Masih orqali vujudga kelgan va biz U orqali yashaymiz. " (1 Kor. 8:5-6).
84. Xudoning tabiatini tushunish mumkinmi?
Xudoning tabiati inson aqliga sig‘maydi. U har qanday bilimdan, nafaqat insoniy, balki farishtalarning bilimidan ham yuqoridir.
85. Bu haqda Muqaddas Kalomda havoriy Pavlus shunday degan:
"U yaqinlashib bo‘lmaydigan nurda yashaydi, Uni hech bir inson ko‘rmagan hamda ko‘rishi mumkin emas". (1 Tim. 6:16).
86. Xudo qanday sifatlarga ega?
Xudoning vahiylaridan U to‘g‘risida quyidagilarni bilib olishimiz mumkin:
– Xudo abadiy Ruhdir;
– Faqat yaxshilikni ravo ko‘radi;
– Voqif, yani hamma narsani biladi;
– Har ishda adolatli;
– Qodir, ya‘ni, U uchun imkonsiz narsa yo‘q;
– Hamma yerda hozir;
– Hech qachon o‘zgarmaydi;
– Fikri-qarorida mustaqil;
– Mehribon.
87. Bularning barchasiga Muqaddas Kalomdan tasdiq topishimiz mumkin.
Rabbimiz Iso: “Xudo Ruhdir”, deb o‘rgatgan. (Yuhanno 4:24).
Hazrati Dovud ham bu borada shunday deydi:
"Tog‘lar hali paydo bo‘lmasdan oldin, Yeru olamni yaratmasingdan oldin, Abadulabad Sen Xudosan" (Zabur 89:3).
Vahiy kitobida Egamizning shunday madh etilganini ko‘ramiz:
"Muqaddasdir, muqaddasdir, Muqaddasdir Qodir Xudo — Egamiz. U bor bo‘lgan, hozir ham bor, Kelajakda ham bor bo‘lar!” (Vahiy 4:8).
Havoriy Pavlus ham Xudoning “mangu” ekanligini e’tirof etadi. (Muqaddas Yozuv. Rimliklar 14:25).
Xudoning yaxshiligi haqida Iso Masihning O‘zi:
"Birgina Xudodan boshqa hech kim yaxshi emas", degan (Matto 19:17).
Havoriy Yuhanno esa: "Xudo Sevgidir", deydi (1 Yuhanno 4:16).
Dovud Xudoni shunday so‘zlar bilan madh etadi:
"Egamiz inoyatli, rahmdildir, Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir. Egamiz har kimsaga himmat qilar, Yaratganlarining har biriga shafqat aylar." (Zabur 144:8-9)
Xudoning Voqif, ya’ni hamma narsani bilishi haqida havoriy Yuhanno shunday yozgan:
"Xudo hamma narsani biladi, U vijdonimizdan ham ulug‘dir" (1 Yuhanno 3:20)
Havoriy Pavlus: "Xudoning donoligiyu bilimi naqadar boy va chuqurdir! Uning hukmlarini kim tushunib yetar?! Uning yo‘llarini kim sinchiklab tekshira olar?!" – degan. (Rimliklar 11:33)
Xudoning adolati haqida Dovud shunday degan:
"Egamiz adolatlidir, U to‘g‘ri ishlarni sevadi, To‘g‘ri yuradigan inson Uning marhamatidan bahramand bo‘ladi". (Zabur 10:7)
Havoriy Pavlus: "Xudo har kimni qilgan ishiga yarasha taqdirlaydi" (Rimliklar 2:6) va "Zero, Xudo tarafkashlik qilmaydi" (Rimliklar 2:11), deydi.
Xudoning qudrati haqida Zabur kitobida:
"U gapirdi, aytgani mavjud bo‘ldi, Amr qildi, zamin yaratildi" (Zabur 32:9), deyiladi.
Farishta Jabroil Muqaddas Kitobda: "Xudo uchun imkonsiz narsa yo‘q!", degan. (Luqo 1:37)
Xudoning hamma joyda hozirligi haqida hazrati Dovud shunday degan:
"Sening Ruhingdan qochib, qayerga ham bora olaman?! Sening huzuringdan qayerga ham qocha olaman?! Agar osmonga chiqsam, Sen o‘sha yerdasan! O‘liklar diyoriga tushsam ham, Sen o‘sha yerdasan! Saharning qanotlarini olib parvoz qilsam, Dengizning eng uzoq chetlariga o‘rnashsam, Hatto u yerda ham qo‘llaring meni yetaklar, O‘ng qo‘ling meni quvvatlar. Agarda: “Shubhasiz, meni zulmat qamrab oladi, Atrofimda kunduz tunga aylanadi”, deb aytsam, Hatto zulmat ham Sen uchun qorong‘i emas, Tun kunduz kabi nur sochar, Tunu kunduz Sen uchun birdir." (Zabur 138:7-12).
Havoriy Yoqub: "Xudo hech qachon o‘zgarmaydi", deb yozgan. (Yoqub 1:17)
Havoriy Pavlus: "Har qanday odamga jon, nafas va hamma narsani Uning O‘zi bergan. Shuning uchun U insonning qo‘liga qarab qolmagan. U hech narsaga muhtoj emas". (Havoriylar 17:25)
Uning Xudoni: "Yagona muborak Hokim … shohlarning Shohi, hukmdorlarning Hukmdori", deb ataydi (1 Timotiy 6:15).
88. Nima uchun Muqaddas Kitobda Xudoda insonga xos a'zolar borligi aytiladi?
Xudo Ruhdir, lekin Muqaddas Kitobda Xudoga nisbatan “qo‘li”, “qulog‘i”, “ko‘ngli” kabi so‘zlar ishlatiladi. Bu odamlar tushunishi uchun oddiy til bilan aytilgan va ularni ruhiy ma'noda tushunishimiz kerak. Masalan: Xudoning qo‘li – qudratini, qulog‘i – hamma narsani bilishi, ko‘ngli – tuyg‘ulari borligini anglatadi.
89. Xudo qayerda yashaydi?
Xudo hamma joyda mavjud, lekin maskani osmonda deyiladi. Shuningdek, ma’bad ham Uning uyi hisoblanadi – imonlilar ma’badda Uning borligini va inoyatini his qilishadi.
Iso Masih: "Qayerda ikki yoki uch kishi Mening nomim uchun yig‘ilsa, Men o‘sha yerda ularning orasida bo‘laman”, degan (Matto 18:20).
90. Imon shahodatida "Yagona Ota Xudoga ishonaman" degan iborani qanday tushunish kerak?
Imon shahodatida: "Yagona Ota Xudoga ishonaman" deyiladi va bu yerda Muqaddas Uchlik haqida aytilgan, chunki Xudo mohiyatan bitta, lekin Uch shaxsda mavjud: Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh. Ilohiy Uchlik bir mohiyatga ega va bo‘linmasdir.
91. Kalomda Muqaddas Uchlik haqida nima deyiladi?
Yangi Ahddan asosiy oyat quyidagicha:
"Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar." (Matto 28:19)
92. Muqaddas Uchlik haqida Eski Ahdda ham aytilgan, lekin unchalik aniq emas. Masalan:
“Osmonlar Rabbiyning so‘zi bilan va ularning barcha qo‘shinlari Uning og‘zining Ruhi bilan yaratilgan” Muqaddas Yozuv Zabur 32:6
"Ular bir–biriga hayqirishardi: “Muqaddasdir, muqaddasdir, Muqaddasdir Sarvari Olam! Uning ulug‘vorligi Butun olamni to‘ldirgan!”! (Ishayo 6:3).
93. Muqaddas Uchlik Shaxslari o‘rtasidagi farq nimada?
Xudo uch Shaxsda mavjud, lekin Tanho. yagonadir. Biz buni aql bilan idrok etolmaymiz, buni Xudoning so‘zlariga ishonganimiz bois, imon bilan qabul qilamiz:
"Insonning ichida nima borligini uning ichida bo‘lgan insonning ruhidan boshqa kim biladi? … Xudonikini ham, Xudoning Ruhidan boshqa hech kim bilmaydi". (Muqaddas Yozuv 1 Korinfliklar 2:11).
94. Muqaddas Uchlik shaxslari qanday farq qiladi?
Muqaddas Uchlik shaxslari orasidagi farq shundaki, Ota Xudo hech qanday shaxsdan tug‘ilmagan yoki chiqmagan; O‘g‘il Xudo azaldan Otadan tug‘ilgan; Muqaddas Ruh azaldan Otadan chiqqan.
95. Muqaddas Uchlik shaxslarining fazilatlari qanday?
Muqaddas Uchlikning uch shaxsi yoki ipostasi fazilatlari jihatidan bir-biriga tengdir. Ota haqiqiy Xudo bo‘lganiday, O‘g‘il ham haqiqiy Xudo, Muqaddas Ruh ham haqiqiy Xudo; lekin bu uch Shaxsda Uch Shaxsda mujassam Tanho Xudodir.
96. Nima uchun Xudo "Qodir" deb ataladi?
Xudo "Qodir" deb ataladi, chunki U hamma narsani O‘z qudrati va irodasi bilan boshqaradi.
97. Nima uchun Xudoni "Yaratuvchi" deb ataymiz?
Imon shahodatida: "Osmonu yerni, ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan borliq mavjudotning Yaratuvchisi" deyilishi olamda neki bo‘lsa, Xudo tomonidan yaratilgani va hech narsa Xudosiz mavjud bo‘lolmasligini anglatadi.
98. Bu so‘zlar Muqaddas Kalomdan olingan.
Ibtido kitobi shunday so‘zlar bilan boshlanadi:
"Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi" (Ibtido 1:1).
Havoriy Pavlus O‘g‘il Rabbimiz Iso Masih haqida shunday deydi:
"Xudo butun borliqni Masih orqali yaratgan. Yeru ko‘kdagi bor mavjudot, Ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan har bir narsa, G‘ayritabiiy kuchlar, taxtu saltanatlar, Bularning hammasi Masih orqali, Uning O‘zi uchun yaratilgandir" (Kolosaliklar 1:16).
99. "Ko‘rinmaydigan borliq mavjudot" deb kimlarni nazarda tutamiz?
Imon shahodatida "ko‘rinmaydigan borliq mavjudot" deb inson ko‘rmaydigan ruhiy olamdagi mavjudotlar, shu jumladan farishtalar nazarda tutiladi.
100. Farishtalar kim?
Farishtalar ongli, mustaqil irodasi va qudrati bo‘lgan jismsiz ruhlardir.
101. Farishta "Xabarchi" degan ma'noni anglatadi.
102. Ularning bunday atalishiga Xudo O‘z irodasini ular orqali yetkazishi sabab.
Masalan, Farishta Jabroil Rabbimizning Onalari Maryamning oldiga Najotkor tug‘ilishini aytish uchun yuborilgan.
103. Kim avval yaratilgan: odamlarmi, farishtalarmi?
Ko‘rinmas mavjudotlar ko‘rinadiganlaridan avval, farishtalar odamlardan avval yaratilgan (Pravoslav e’tiqodi, 1-qism, 18-savol).
104. Bu haqida Muqaddas Kalomda ham aytiladi.
Xudoning o‘zi Ayub kitobida yerning yaratilishi haqida shunday deydi:
"Yerning poydevorini nima ushlab turibdi? Tong yulduzlari jo‘r bo‘lib, qo‘shiq kuylaganda, Samoviy mavjudotlar quvonchdan hayqirganda Yerning tamal toshini qo‘ygan kim?" (Ayub 38:6-7)
105. Qo‘riqchi farishtalar kimlar?
"Qo‘riqchi farishta" degan ibora Muqaddas Kalomdan olingan:
"U sen to‘g‘ringda farishtalariga amr beradi, Farishtalar hamma yo‘llaringni qo‘riqlaydi". (Zabur 90:11).
106. Har birimizga qo‘riqchi farishta berilgan.
Buni Iso Masihning quyidagi so‘zlari tasdiqlaydi:
“Ehtiyot bo‘linglar, bu kichiklardan birontasini ham xor qilmanglar. Sizlarga shuni aytay: osmonda ularning farishtalari doimo osmondagi Otamning jamolini ko‘rib turadi". (Matto 18:10).
107. Iblis kim?
Farishtalar yaxshi va yomonlariga ajraladi. Yomon farishtalar yovuz ruhlar, shayton yoki jinlar deb ham ataladi.
108. Ular yaratilganida yaxshi bo‘lgan, keyin yovuzlashgan,
Chunki Xudoga to‘la itoat qilmay, Undan yuz o‘girgan, o‘zlariga bino qo‘yib, mag‘rurlikka va yovuzlikka berilgan. Havoriy Yahudoning so‘zlariga ko‘ra: ular
"… o‘z mavqeiga yarasha ish tutmay, makonini tashlab ketgan." (Yahudo 1:6).
109. "Shayton" so‘zi nimani anglatadi?
"Shayton" so‘zi "tuhmat qiluvchi" yoki "yo‘ldan ozdiruvchi" degan ma'noni anglatadi.
110. Nima uchun yovuz farishtalar shayton deb ataladi?
Yovuz farishtalar shayton deb ataladi, chunki ular odamlarga nisbatan hiylagar bo‘lib, ularni yo‘ldan ozdiradi, ularda yolg‘on fikrlar va yomon istaklar uyg‘otadi.
Iso Masih bunga ishonmaydigan yahudiylarga shunday degan:
"Sizlarning otangiz Xudo emas, iblisdir. Sizlar o‘z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo qilishni xohlaysizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U hech qachon haqiqat tarafdori bo‘lmagan, chunki unda haqiqat yo‘q. U yolg‘on so‘zlaganda, o‘ziga xos so‘zlaydi. Chunki u yolg‘onchi, yolg‘onning otasidir". (Yuhanno 8:44)
111. Muqaddas Kalom dunyoning yaratilishi haqida nima deydi?
Muqaddas Kalomda aytilishicha, azalda hech narsa bo‘lmagan va Xudo osmon bilan yerni yaratgan. Yer u paytda bo‘m-bo‘sh bo‘lgan. Keyin Xudo bosqichma-bosqich quyidagilarni yaratdi:
- Dunyo yaratilganidan keyin birinchi kun – yorug‘likni;
- Ikkinchi kuni – gumbaz yoki osmonni;
- Uchinchi kuni – osmon ostidagi suvlarni, quruq yerni;
- To‘rtinchi kuni – quyosh, oy va yulduzlarni;
- Beshinchi kuni – baliqlarni va qushlarni;
- Oltinchi kuni – quruqlikdagi hayvonlarni va nihoyat, odamzodni.
Odamzod bilan yaratish jarayoni tugadi va yettinchi kuni Xudo yaratish ishlarini tamomladi. Shuning uchun yettinchi kun “Muborak Shabbat" (dam olish kuni) deb ataladi (Ibtido 2:2).
112. Ko‘rinadigan mavjudotlar xuddi hozirgiday bo‘lganmi?
Ko‘rinadigan mavjudotlar hozirgi ko‘rinishida yaratilmagan. Dunyo yaratilganida hamma narsa yaxshi, ya'ni pok, go‘zal va zararsiz bo‘lgan.
113. Odamzodning yaratilishida o‘ziga xos jihat nima bo‘lgan?
Xudo Muqaddas Uchlikda dedi:
"Endi inson zotini yarataylik, ular O‘z suratimizday, O‘zimizga o‘xshagan bo‘lsin" (Ibtido 1:26).
Shundan keyin Parvardigor Egamiz yerning tuprog‘idan odamni yasadi va uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi. Shunday qilib, odam tirik jon bo‘ldi. Parvardigor Egamiz, bu odam boqqa ishlov bersin, parvarish qilsin, deb uni Adan bog‘iga joylashtirdi va unga shunday amr qildi: “Sen bog‘dagi hamma daraxtning mevasidan bemalol tanovul qilaver. Lekin yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, shubhasiz, o‘lasan.” Parvardigor Egamiz odamni qattiq uxlatib qo‘ydi. Odam uxlab yotganda, Xudo uning qovurg‘asidan bittasini oldi va qovurg‘aning o‘rniga et qopladi. Parvardigor Egamiz odamning qovurg‘asidan xotin kishini yaratdi va uni odamning oldiga olib keldi (Ibtido 2:7-8, 21-22).
114. “Xudoning suratiday” degani nimani anglatadi?
Havoriy Pavlusning tushuntirishicha, Xudoning suratiday deyilishi:
"Haqiqiy solihlik va muqaddaslik" ni anglatadi (Efesliklar 4:24).
115. "Puflab jon ato etdi" deyilishi nimani anglatadi?
"Puflab jon ato etdi" degani, ruhiy, abadiy yashaydigan qilganini anglatadi.
116. Adan bog’i nima?
"Adan bog’i" so‘zining asl ma’nosi "bog‘" dir. Birinchi odam baxtli hayot kechirgan go‘zal maskan Ibtido kitobida aynan shunday obrazda tasvirlangan.
117. Ilk odamlar yashagan Adan bog’ini qanday tushunamiz?
Ilk odamlar yashagan Adan bog’i tana uchun moddiy (ko‘rinadigan baxtli hayot uchun maskan), jon uchun esa ruhiy (Xudo bilan bevosita munosabatda bo‘lish va Xudo yaratgan mavjudotlarini ko‘rish holati) edi (Muqaddas Grigoriy Ilohiyotchi, 38, 42-so‘z; Damashqlik Muqaddas Yuhanno, "Ilohiyot", 2-kitob, 12-bob, 3-band).
118. "Hayot daraxti" nima?
"Hayot daraxti" ning mevasini yegan odam kasal bo‘lmaydi, o‘lmaydi.
119. Nima uchun Momo Havo Odam Atoning qovurg‘asidan yaratilgan?
Momo Havoning Odam Ato qovurg‘asidan yaratilgan butun odamzodning bir tanda kelib chiqqani va tabiiy ravishda bir-birlariga yaqin ekanliklari, bir-birlarini yaxshi ko‘rishlari va saqlashlari lozimligini anglatadi
120. Odamning yaratilishidan qanday maqsad ko‘zlangan?
Odamzod Xudoni tanib bilish, sevish va shu orqali abadiy, baxtli hayotga muyassar bo‘lish uchun yaratilgan.
121. "Xudoning oldindan o‘ylagan rejasi" deyilganda nimani tushunamiz?
"Xudoning oldindan o‘ylagan rejasi" deb odamning abadiy baxtga erishtirish niyati aytiladi.
122. Xudoning odamzodni abadiy baxtga erishtirish haqida oldindan o‘ylagan rejasi
hozir ham, o‘sha-o‘shaligicha qolmoqda, garchi odamlar tom ma’noda baxtli hayot kechira olmayotgan bo‘lmasa-da. Baxt yo‘lidan adashgan odamzod uchun Voqif Parvardigor cheksiz inoyati bois Yagona O‘g‘li Iso Masih orqali abadiy baxt sari boshlaydigan yangi yo‘l hozirladi.
Havoriy Pavlus Xudo bizni dunyo yaratilishidan oldin tanlaganini yozgan (Efesliklar 1:4).
123. Xudoning odamzod uchun va har bir inson uchun oldindan o‘ylagan rejasi nimadan iborat?
Xudo odamzodga inoyat alomatlarini oldindan bergan, chinakamiga abadiy baxtga erishish vositalarini taqdim etgan. Haqiqiy baxtga faqatgina Uning inoyatini ixtiyoriy ravishda qabul qiladigan, U taqdim etgan najot vositalaridan foydalanadigan va U koʻrsatgan yoʻldan boradiganlar erishadi.
124. Xudoning Kalomida bu haqda shunday deyiladi:
"Xudo ularni azaldan tanlab olgan edi va “Mening O‘g‘limga o‘xshab borsinlar”, deb oldindan belgilab qo‘ygan edi," (Rimliklar 8:29).
125. Sharq Patriarxlarining eʼtiqod bayonida bu haqda shunday deyilgan:
Xudo odamzod orasida ayrimlar erkin tanlash huquqidan to‘g‘ri foydalanishi, baʼzilar esa noto‘g‘ri foydalanishini oldindan biladi, shuning uchun baʼzilarni shon-sharafga erishadi, boshqalari esa hukm qilinadi (2-band).
126. "Xudoning oldindan o‘ylagan rejasi" deb nimaga aytamiz?
Xudoning oldindan o‘ylagan rejasi – bu dunyo va odamzod yaratilgandan keyin dunyoga, ayniqsa odamzodga nisbatan Xudoning qilgan ishlari.
127. Xudoning oldindan o‘ylagan rejasi – bu Xudoning qudrati, donoligi va mehribonligi uzluksiz namoyon boʻladigan jarayon bo‘lib, Xudo bular orqali borliq mavjudotni tirik saqlaydi, yaxshi maqsadlar sari yoʻnaltiradi, har qanday yaxshilikni qo‘llab-quvvatlaydi, oraga suqilib kirgan yovuzlikni bartaraf etadi yoki tuzatadi va yaxshi samaralarga erishtiradi.
128. Muqaddas Kalomda Xudoning oldindan o‘ylagan rejasi haqida nima deyilgan?
Muqaddas Kalomda Xudoning oldindan o‘ylagan rejasi haqida Iso Masihning Oʻzi shunday degan:
"Qushlarga qaranglar: ular na ekadi, na o‘radi, na omborga don yig‘adi. Shunga qaramay, osmondagi Otangiz ularning rizqini beradi. Sizlar esa ulardan ancha qadrlisizlar–ku!" (Matto 6:26).
Bu soʻzlardan Xudoning mavjudotlar haqida va odamzod haqida oldindan o‘ylagan rejasi borligini bilib olamiz. Zabur 90 boshdan oxirigacha Xudoning odamzodga doir maxsus va koʻp qirrali rejasi haqida.
Imon shahodatining ikkinchi bandi haqida
129. "Iso", "Masih", "O‘g‘il Xudo" degan nomlarni qanday tushunishimiz kerak?
O‘g‘il Xudo – bu Muqaddas Uchlikning ikkinchi shaxsi bo'lib, Uning ilohiy tabiatiga ko'ra. O‘g‘il Xudo "Iso" deb atalgan, chunki U yer yuzida odam sifatida tug'ilgan. "Masih" deb Uni yer yuziga kelishini kutgan payg'ambarlar atagan.
130. "Iso" ismi nimani anglatadi?
"Iso" "Najotkor" degan ma'noni anglatadi va bu ism Farishta Jabroil tomonidan berilgan.
131. Bu ism O‘g‘il Xudoga Uning yer yuzida tug'ilganida berilgan,
chunki U odamlarga najot olib kelish uchun tug'ilgan.
132. "Masih" degan unvon nimani anglatadi?
"Masih" "Moylangan" degan ma'noni anglatadi va bu muqaddas moy (mirra) bilan moylash marosimidan kelib chiqqan bo'lib, moylash Muqaddas Ruhning in'omlari beriladi.
133. Yana kimlar "Moylangan"?
Nafaqat Iso, O‘g‘il Xudo "moylangan", balki qadimda shohlarni, bosh ruhoniylarni va payg'ambarlarni boshlariga moy surtishardi.
134. Nima uchun Iso, O‘g‘il Xudo "Moylangan" deb ataladi?
Iso, O‘g‘il Xudo "Moylangan" deb ataladi, chunki Uning insoniy tabiatiga Muqaddas Ruhning barcha in'omlari cheksiz miqdorda berilgan. Shunday qilib, U eng yuqori darajada Payg'ambarning bilimi, Bosh ruhoniylarning muqaddasligi va Shohning qudratiga ega.
135. "Rabbiy" nimani anglatadi?
Iso Masih "Rabbiy" deb ataladi, chunki U haqiqiy Xudodir. "Rabbiy" – bu Xudoning nomlaridan biri.
136. Muqaddas Kalom Iso Masihning ilohiy tabiati haqida nima deydi?
Kalom Iso Masih, O‘g‘il Xudoning ilohiy tabiati haqida shunday deydi:
"Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo bilan birga edi, Kalom — Xudo edi". (Yuhanno 1:1).
137. Nima uchun Iso Masih "Yagona O‘g‘il " deb ataladi?
Iso Masih "Yagona O‘g‘il" deb ataladi, chunki U tom ma’noda Yagona O‘g‘il Xudo bo'lib, Ota Xudodan tug'ilgan va shuning uchun Ota Xudo bilan bir mohiyatga ega; shu sababli U barcha muqaddas farishtalar va "inoyat asosida" Xudoning farzandlari deb ataladigan muqaddas odamlardan mutlaqo ustundir (Yuhanno 1:12).
138. Muqaddas Kalom Iso Masihni "yagona" deb ataydimi?
Muqaddas Kalom Iso Masihni "yagona" deb ataydi. Masalan, Xushxabar muallifi Yuhanno shunday yozgan:
"Kalom inson bo‘ldi, Oramizda yashadi. U inoyat va haqiqatga to‘lgandi. Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik. Bu ulug‘vorlik Otadan kelgan yagona O‘g‘ilga mansub edi". (Yuhanno 1:14).
"Hech kim hech qachon Xudoni ko‘rgan emas, Ota bag‘ridagi, aslida Xudo bo‘lgan yagona O‘g‘il, Uni bizga tanitdi". (Yuhanno 1:18).
139. O‘g‘il Xudo Muqaddas Uchlikning boshqa shaxslaridan qanday farq qiladi?
Imon shahodatida O‘g‘il Xudo haqida aytilishicha, U Otadan "tug'ilgan". Bu Uning Muqaddas Uchlikning boshqa shaxslaridan farq qiluvchi shaxsiy xususiyatini ko'rsatadi.
140. O‘g‘il Xudo qachon tug'ilgan?
"Azaldan Otadan tug‘ilgan" (borliq mavjudot bo‘lmasidan avval) tug'ilgan deyilishi, hech kim U bo'lmagan vaqt bo‘lgan deb o‘ylamasligi uchun aytilgan. Bu bilan Iso Masihning Ota Xudo kabi abadiy O‘g‘il Xudo ekanligi ko'rsatiladi.
141. "Nurdan kelgan Nur" deyilishi nimani anglatadi?
Imon shahodatida "Nurdan kelgan Nur" deyilishi O‘g‘il Xudoning Ota nazdidan kelgani nazarda turiladi. Quyoshga qaraganimizda nurni ko'ramiz. Bu nurdan quyosh atrofidagi ko'rinadigan nur kelib chiqadi, lekin ikkala nur ham bir, bo'linmas, bitta mohiyatga ega. Xuddi shu tarzda, Ota Xudo – abadiy Nur (1 Yuhanno 1:5); Undan O‘g‘il Xudo tug'ilgan, U ham abadiy Nurdir, lekin Ota Xudo va O‘g‘il Xudo – bitta, abadiy Nur, bo'linmas, bir ilohiy tabiatga ega.
142. "Haqiqiy Xudondan kelgan haqiqiy Xudo" deyilishi nimani anglatadi?
Imon shahodatida "Haqiqiy Xudondan kelgan haqiqiy Xudo" deyilishi shuni anglatadiki, O‘g‘il Xudo Otadan kelgan va Ota Xudo bilan bir xil tabiatga ega.
143. Bu Muqaddas Kalomdan olingan so‘zlar bo‘lib,
ular Xushxabar muallifi Yuhannoning quyidagi so‘zlariga asoslanadi:
"Yana shuni bilamizki, Xudoning O‘g‘li kelib, haq Xudoni tanib–bilishimiz uchun bizga aql–idrok berdi. Biz Iso Masih bilan birga yashar ekanmiz, haq Xudo bilan ham birga yashaymiz. Iso Masih haq Xudodir va abadiy hayot manbaidir" (1 Yuhanno 5:20).
144. O‘g‘il Xudo yaratilganmi?
Imon shahodatida aytilishicha, O‘g‘il Xudo "yaratilmagan, tug‘ilgan”. Bu Ariyning O‘g‘il Xudo yaratilgan degan noto‘g‘ri ta’limotiga qarshi aytilgan.
145. "Ota bilan bir xil tabiatga ega" deyilishi nimani anglatadi?
"Ota bilan bir xil tabiatga ega" deyilishi, O‘g‘il Xudo Ota Xudo bilan bir ilohiy mohiyatga egaligini anglatadi.
146. Muqaddas Kalom O‘g‘il va Otaning bir xil mohiyatga egaligi haqida nima deydi?
Muqaddas Kalomda Iso Masihning O‘: "Men va Otam — birmiz", degan (Yuhanno 10:30).
147. "Hamma narsa U orqali yaratilgan" deyilishi nimani anglatadi?
Imon shahodatida "hamma narsa U orqali yaratilgan" deyilishi shuni ko‘rsatadiki, Ota Xudo hamma narsani O‘zining abadiy donoligi va abadiy Kalomi bo‘lgan O‘g‘li orqali yaratgan.
"Butun borliq Kalom orqali yaratilgan, Usiz yaratilgan biron narsa mavjud emas" (Yuhanno 1:3).
Imon shahodatining uchinchi bandi haqida
148. Imon shahodatida "osmondan yerga kelgan" deyilishi kimga tegishli?
"Osmondan yerga kelgan" deb Imon shahodatida O‘g‘il Xudo haqida aytilgan.
149. Xudo hamma joyda bo‘lsa, qanday qilib osmondan yerga kelishi mumkin?
Xudo hamma joyda bo‘lsa ham, U doimo osmonda va doimo yerdadir; lekin yerda avval ko‘rinmas edi, keyin esa inson tanasida keldi; shuning uchun Uning "osmondan yerga kelgani" aytiladi.
150. Bu haqda Muqaddas Kalomda Iso Masihning O‘zi shunday degan:
"Osmondan tushgan Inson O‘g‘lidan boshqa hech kim osmonga chiqqan emas." (Yuhanno 3:13).
151. Nima uchun O‘g‘il Xudo osmondan tushdi?
O‘g‘il Xudo Imon shahodatida aytilganidek, "biz odamlar najot topishimiz uchun" osmondan tushdi.
152. O‘g‘il Xudo kimga najot berish uchun kelgan?
Aytilishicha, O‘g‘il Xudo "biz odamlar uchun" osmondan tushdi, ya’ni U yer yuziga biror bir xalq yoki ayrim odamlar uchun emas, balki hammamiz – barcha odamlar uchun keldi.
153. O‘g‘il Xudo odamzodni nimadan qutqaradi?
O‘g‘il Xudo odamlarni gunoh, la’nat va o‘limdan qutqarish uchun yer yuziga keldi.
154. Gunoh o‘zi nima?
Gunoh – bu Xudoning qonunini buzish.
"Gunoh Xudoga qarshi bosh ko‘tarmoq demakdir" (1 Yuhanno 3:4).
155. Odamlarga gunoh qayerdan kelgan?
Gunoh odamlarga shaytondan kirib kelgan, garchi ular gunohdan xoli bo‘lgan Xudoning suratida yaratilgan bo‘lsalar ham.
"Gunoh qiluvchi esa iblis zotidandir. Chunki iblis azaldan gunoh qilib kelyapti" (1Yuhanno 3:8).
156. Gunoh odamlarga qachon kirib kelgan?
Gunoh odamlarga shayton Momo Havoni va Odamni yo‘ldan ozdirganda, ular Xudoning amrini buzganlarida kirib kelgan.
157. Odam Ato va Momo Havo qanday amrni buzgan?
Xudo Odam Atoga va Momo Havoga Adan bog‘ida yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasini yemaslikni buyurgan va undan yegan zahoti o‘lishlarini aytgan.
158. Nima uchun Odam Ato va Momo Havoning amrni buzishlari o‘lim bilan jazolangan?
Yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasini yegan ilk odamlar o‘limga yo‘liqishdi, chunki bu Xudoning irodasiga bo‘ysunmaslik edi. Bo‘ysunmaslik odamni Xudodan va Uning inoyatidan ajratadi va Xudoga begona qiladi.
159. Nima uchun Adan bog’idagi daraxt "yaxshilik va yomonlikni bilish daraxti" deb atalgan?
"Yaxshilik va yomonlikni bilish daraxti" deb atalishining sababi shuki, Odam Ato bu daraxt orqali Xudoning irodasiga bo‘ysunish qanday yaxshi va bo‘ysunmaslik qanchalar yomon ekanligini bilib olgan.
160. Nima uchun Xudo Uning irodasiga bo‘ysunmaslik imkoniyatini bergan?
Odam Ato va Momo Havo Xudoning irodasiga zid ravishda shaytonga bo‘ysundilar. Xudo inoyati bilan odamzodni yaratganda, ularni Xudoni sevishga moyil qilgan, ammo shu bilan birga erkin tanlash huquqini ham bergan; odamzod esa bu erkinlikdan noto‘g‘ri foydalandi.
161. Shayton Odam Ato va Momo Havoni qanday aldadi?
Momo Havo Adan bog’ida ilon bilan gaplashdi, ilon uni yo‘ldan ozdirdi va agar ular yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasini yesa, yaxshilik va yomonlikni biladigan Xudoday bo‘lishlarini aytdi. Momo Havo mevalarga qarab, ilonga ishondi va mevadan olib yedi; Odam Atoga ham berdi, u ham yedi.
162. Odam Ато gunoh qilganidan keyin nima bo‘ldi?
Odam Atoning gunohi tufayli olamga la'nat va o‘lim kirib keldi.
163. La'nat nima?
La'nat – bu Xudoning adolatli hukmi bilan gunohni hukm qilish, ya’ni, odamzodning gunohi uchun jazo sifatida yer yuzida paydo bo‘lgan yovuzlikni hukm qilish. Xudo Odam Atoga:
"Sen tufayli yerni la’nati qildim", deydi (Ibtido 3:17).
164. Odam Atoning gunohi qanaqa o‘limga olib keldi?
Odam Atoning gunohi ikki xil o‘limga olib keldi: jismoniy o‘lib – tananing ruhdan ajralishi va ruhiy o‘lim – jon ruhiy hayot bergan Xudoning inoyatidan mahrum bo‘ladi.
165. Ruhiy o‘lim nima degani?
Ruhiy o‘lim tananing o‘lishiday emas. Tana o‘lganda his-kechinmalar yo‘qoladi va parchalanish jarayoni boshlanadi; ruh gunoh tufayli o‘ladi va bunda ruhiy nurdan, quvonch va baxtdan mahrum bo‘ladi, lekin yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki zulmat, qayg‘u va azob holatida qoladi.
166. Nima uchun odam o‘ladi?
Nafaqat birinchi odamlar, balki hammamiz o‘lamiz, chunki gunoh bizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biz Odam Atodan kelib chiqqanmiz va gunoh qilamiz. Zaharlangan manbadan zaharlangan suv oqishi kabi, gunoh bilan zaharlangan va shu sababli o‘limga mahkum bo‘lgan ajdodimizdan gunohli va o‘limga mahkum avlod paydo bo‘ldi.
167. Muqaddas Kalom bu haqda shunday deydi:
"Bir odamning dastidan dunyoga gunoh kirib keldi. Gunohdan esa o‘lim kelib chiqdi. Natijada insonlar o‘ladigan bo‘lib qoldi, chunki hamma gunohkordir". (Rimliklar 5:12)
168. Hayot daraxtining mevasi odamga foydali bo‘lganmi?
Gunohdan keyin hayot daraxtining mevalari odamga foydali bo‘lmadi. Gunohdan keyin odam ularni iste'mol qila olmadi, chunki Adan bog’idan haydalgan edi.
169. Odamlarda najot umidi bormi?
Birinchi odamlar Xudo oldida gunohlarini e’tirof etganlarida, Xudo rahm qildi va ularga najot umidini berdi.
170. Bu umid nimada bo‘lgan?
Najot umidi Xudoning ayoldan "ilonning boshini ezadi" gan zotni berishi haqidagi va’dada mujassam bo‘lgan (Ibtido 3:15).
171. Bu va'da nimani anglatadi?
Bu va'da shuni anglatadiki, Iso Masih odamlarni aldagan shaytonni yengadi va ularni gunoh, la'nat va o‘limdan qutqaradi.
172. Nima uchun Iso Masih "ayoldan tug‘ilgan zot" deb ataladi?
Iso Masih "ayoldan tug‘ilgan zot" deb ataladi, chunki U yer yuzida erkak aralashuvisiz, Muqaddas ayol, bokira Maryamda tug‘ilgan.
173. Bu vaʼda odamlar uchun qanday foyda keltirdi?
Odamlar ushbu vaʼda bois, Najotkor berilishiga (Iso Masihga) ishondilar, xuddi biz Najotkormizga ishonganimizdek.
174. Qadimgi odamlarning hammasi Najotkor kelishiga ishonganmi?
Qadimda Najotkor kelishiga ishonganlar juda ozchilikni tashkil qilgan, koʻpchilik Xudoning Najotkor haqidagi vaʼdasini unutgan.
175. Xudo O‘z va’dasini odamlarga takrorlaganmi?
Xudo O‘z va’dasini ko‘p marotaba takrorlagan. Masalan, Ibrohimga Najotkor haqida shunday va’da beradi:
“Menga itoat qilganing uchun, yer yuzidagi hamma xalqlar sening nasling orqali baraka topadi.” (Ibtido 22:18)
Xuddi shu va’dani Egamiz Dovudga ham takrorlaydi:
“Sen olamdan o‘tib, ota– bobolaring yoniga dafn qilinganingdan keyin ham, Men o‘g‘illaringdan birini shoh qilib, uning shohligini mustahkamlayman. Menga atab uyni u quradi. Men esa uning shohlik taxtini to abad mustahkam qilaman.” (2 Shohlar 7:12-13).
176. “Inson qiyofasida kelish” nimani anglatadi?
“Inson qiyofasida kelish” – O‘g‘il Xudo gunohsiz inson qiyofasida (inson bo‘lib) yer yuziga keldi. Ilohiy tabiatini yo‘qotmadi.
177. Bu bilan Xushxabar muallifi Yuhannoning so‘zlariga asoslaniladi:
U: “Kalom inson bo‘ldi, …”, deydi (Yuhanno 1:14).
178. Nima uchun O‘g‘il Xudo haqida “inson qiyofasiga kirgan” deb ham aytilgan?
Imon shahodatida O‘g‘il Xudo haqida “tug‘ilgan” va so‘ng “inson qiyofasiga kirgan” deyiladi. Toki hech kim O‘g‘il Xudo shunchaki, tanada kelgan deb o‘ylamasligi, balki Unda tana ham, jon ham bo‘lganini, xullas U to‘laqonli inson bo‘lganini ko‘rsin.
179. Bunga Muqaddas Kitobda guvohlik bor:
Havoriy Pavlus shunday yozadi:
“Xudo bilan insonlar orasidagi Vositachi ham yagonadir. Bu Vositachi Iso Masihdir. U O‘zi inson edi” (1 Timo‘tiy 2:5).
180. Rabbiy Iso Masihda nechta tabiat bor?
Rabbiy Iso Masihda bir emas, balki ajralmas va aralashmas holda ikkita tabiat bor:
– ilohiy tabiat
– Insoniy tabiat
Shu tabiatlarga ko‘ra, ikkita iroda mavjud.
181. Rabbiy Iso Masihda nechta shaxs bor?
Rabbiy Iso Masihda ikkita emas, bitta shaxs bor – Xudo va inson birga, boshqacha qilib aytganda, U ham Xudo, ham -Insondir.
182. Muqaddas Kitobda O‘g‘il Xudoning Muqaddas Ruh va Bokira Maryamdan inson bo‘lib kelishi haqida nima deyilgan?
Muqaddas Kitobda Xushxabar muallifi Luqo O‘g‘il Xudoning Muqaddas Ruh va Bokira Maryam orqali inson bo‘lib kelishi haqida aytadi. Bokira Maryam Isoga homilador bo‘lishi haqida xabar olib kelgan farishtadan:
“Men hali er ko‘rmagan bo‘lsam, bu qanday bo‘ladi? — deb so‘radi.
Farishta javob berdi: — Muqaddas Ruh seni qamrab oladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu bois tug‘adigan O‘g‘ling muqaddas bo‘ladi, U Xudoning O‘g‘li deb ataladi.” (Luqo 1:34-35)
183. Bokira Maryam kim?
Muqaddas Bokira Maryam Ibrohim va Dovud qabilasidan chiqqan bo‘lib, ularning urug‘idan Xudoning va’dasiga ko‘ra Najotkor kelishi kerak edi. U o‘sha qabiladan Yusufga unashtirilgan, chunki u o‘zini Xudoga bag‘ishlagan va umri oxirigacha bokira bo‘lib qolgan. Yusuf esa uni o‘z qaramog‘iga o‘lishi kerak edi.
184. Nima uchun biz Uni Hamisha Bokira deb ataymiz?
Muqaddas Maryam haqiqatan ham Najotkorimiz tug‘ilishidan oldin ham, tuqqanda ham, keyin ham bokira bo‘lib qoldi va shu sababli u Hamisha Bokira deb ataladi.
185. Nima uchun biz Bokira Maryamni Rabbimizning Onalari deb ataymiz?
Pravoslav Jamoati Muqaddas Bokira Maryamni yana bir ulug‘ unvon – “Rabbimizning Onalari” deb ataydi.
186. Bu atama Muqaddas Kitobdan, Ishayo payg‘ambarning bitiklaridan olingan:
“Endi Rabbimizning O‘zi sizlarga nishona beradi: ana, qiz homilador, u o‘g‘il tug‘adi va Uning ismini Immanuil qo‘yadi” (Ishayo 7:14). (Immanuil ibroniy tilidan “Xudo biz bilan” degan ma’noni anglatadi).
Shuningdek, soliha Elizabet ham Muqaddas Bokirani “Rabbimning Onasi” deb atagan. Bu esa “Rabbimizning Onalari” degani bilan bir xil.
“Men kim bo‘libmanki, Rabbim Masihning onasi mening huzurimga kelibdi!?” (Luqo 1:43).
187. Muqaddas Bokira “Rabbimizning Onalari” deb ataladi, garchi Rabbiy Iso Masih Unda ilohiy emas (chunki U abadiy), balki insoniy jihatdan tug‘ilgan. Maryamning “Rabbimizning Onalari” deb atalgani to‘g‘ri, chunki Undan tug‘ilgan Zot U homilador bo‘lgan vaqtda ham, tug‘ilganida ham, keyin ham ilohiy tabiatga ega bo‘lgan.
188. Bokira Maryam qanday martabaga ega?
Rabbimizning Onalari sifatida Muqaddas Bokira Maryam Xudodan marhamat topgan va Xudoga yaqinligi jihatidan barcha yaratilgan mavjudotlardan ustun, shu sababli Pravoslav Jamoati Uni Karublar va Seraflardan ham yuqori qo‘yib, e‘zozlaydi.
189. Rabbiy Iso Masihning Muqaddas Rabbimizning Onalaridan tug‘ilishi haqida shuni ham ta’kidlash kerakki, bu tug‘ilish muqaddas va gunohdan xoli bo‘lganligi uchun og‘riqsiz kechgan. Chunki Xudo Momo Havoga jazolardan biri sifatida “mashaqqat ila bola tug‘ishini” ni aytgan edi (Avliyo Damashqlik Yuhanoning “Ilohiyot” asari, 4-kitob, 14-bob, 6-oyatga qarang).
190. Odamlar tug‘ilgan Najotkorni qanday belgilar orqali tanib olishlari mumkin edi?
Xudoning hikmati bilan odamlar uchun Najotkorning tug‘ilishi va yer yuzidagi hayoti haqida aniq bashoratlar berilgan. Masalan:
- Ishayo payg‘ambar: Endi Rabbimizning O‘zi sizlarga nishona beradi: ana, qiz homilador, u o‘g‘il tug‘adi”, degan (Ishayo 7:14).
- Mixo payg‘ambar: Najotkor Baytlahmda tug‘ilishini aytgan (Mixo 5:2).
- Malaki payg‘ambar: “Mana, Men O‘z elchimni yuboryapman. U Men uchun yo‘lni hozirlaydi. U to‘satdan O‘z Ma’badiga keladi. Sizlar izlayotgan Rabbiy O‘shadir”. (Malaki 3:1).
- Zakaroyo payg‘ambar: Najotkorning Quddusga tantanali kirishi (Zakariyo 9:9).
- Ishayo payg‘ambar: Najotkorning azob-uqubatlari (Ishayo 53-bob).
- Dovud payg‘ambar: Najotkorning xochdagi azoblari (Zabur 21-bob).
- Doniyor payg‘ambar: Najotkorning paydo bo‘lishi, xochda o‘limi va Quddusning qulashi (Doniyor 9-bob).
191. Najotkor kelganda odamlar Uni bilishdimi?
Rabbiy Iso Masih Najotkor sifatida kelgan, tug‘ilgan va yerda yashagan paytda, ko‘plab odamlar Uni har xil yo‘llar bilan tanib bilgan. Sharqdan kelgan munajjimlar Uni tug‘ilishidan oldin sharqda paydo bo‘lgan yulduz orqali tanidilar. Baytlahmdagi cho‘ponlarga farishtalar ularga Dovud shahrida Najotkor tug‘ilgani haqida xabar berishgan. Shimo‘n ismli solih odam Ma’badda xizmat qilgan Hanna ismli soliha ayolga buni Muqaddas Ruh ochgan va Najotkor tug‘ilganidan qirq kun o‘tib, ibodatxonaga keltirilganida ular Uni tanigan. Yahyo cho‘mdiruvchi Iordan daryosida Isoni suvga cho‘mdirayotganda Muqaddas Ruhning kabutar shaklida Isoning ustiga tushishi va osmondan kelgan Ota Xudoning ovozi orqali Uni tanidi:
"Shu payt osmondan: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan nihoyatda mamnunman”, — degan ovoz keldi". (Matto 3:17).
Zaytun tog‘ida Isoning qiyofasi o‘zgarganda Butrus, Yoqub va Yuhannoga osmondan shunday ovoz kelgan: "Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar!!" (Matto 17:5).
Bundan tashqari, ko‘plab odamlar Najotkorni Uning g‘oyat yuksak ta’limoti va ayniqsa qilgan mo‘jizalari orqali tanib bilgan.
192. Iso Masih qanday mo‘jizalar qilgan?
Rabbiy Iso Masih ko‘plab mo‘jizalar qilgan:
- Davolab bo‘lmaydigan kasallarni sog‘aytirgan, jinga chalinganlardan jinlarni haydagan. U bir so‘z yoki qo‘l tekkizishsiz shifo bergan. Odamlar hatto Uning kiyimiga qo‘l tekizish orqali shifo topgan.
- Bir marta beshta, keyinroq yettita non bilan cho‘lda minglab odamlarni to‘ydirdi.
- Suv ustida yurdi va so‘zi bilan bo‘ronni tinchlantirdi.
- O‘liklarni tiriltirdi: Nayin shahrida bir bevaning o‘g‘lini, Yayir qizini va vafot etganiga to‘rt kun bo‘lgan solih Lazarni tiriltirgan.
193. Iso Masih bizni qanday qutqaradi?
O‘g‘il Xudo bizni ta’limoti, hayoti, o‘limi va tirilishi orqali qutqaradi.
194. Najotkorning ta’limoti qanday edi?
Masih Xudoning Shohligi haqida o‘rgatgan Muqaddas Kitob – najot va abadiy baxt haqidagi ta’limot bo‘lib, hozirda Pravoslav Jamoati tomonidan o‘qitilayotgan ta’limotdir (Mark 1:14-15 ga qarang).
195. Iso Masihning ta’limoti orqali najot topish uchun nima qilishimiz kerak?
Iso Masihning ta’limoti orqali najot topish uchun biz uni butun qalbimiz bilan qabul qilishimiz va unga muvofiq hayot kechirishimiz kerak. Shaytonning yolg‘on so‘ziga ergashgan birinchi odamlar gunoh va o‘lim urug‘ini ekishdi. Endi esa imonlilar Masihning ta’limotini samimiy qabul qilib, muqaddas va abadiy hayot urug‘ini ekadilar. Havoriy Butrusning so‘zlariga ko‘ra:
"Axir, sizlar yangidan tug‘ilgansizlar. Bu yangi hayotni sizga foniy bandalar emas, balki abadiy va hayotbaxsh Xudoning kalomi ato etgan". (1 Butrus 1:23).
196. Iso Masihning hayoti orqali najot topish uchun nima qilishimiz kerak?
Iso Masihning hayoti orqali najot topish uchun biz Isoga taqlid qilishimiz kerak, chunki U shunday deydi:
"Kim Menga xizmat qilmoqchi bo‘lsa, orqamdan yursin. Men qayerda bo‘lsam, xizmatchim ham u yerda bo‘lsin. Menga xizmat qilgan odamni Otam hurmat qiladi". (Yuhanno 12:26).
Imon shahodatining to‘rtinchi bandi haqida
197. Nima uchun Rabbiy Iso Masih xochga mixlangan?
Rabbiy Iso Masih xochga mixlangan, garchi Uning ta’limoti va amallari odamlarda Unga nisbatan hurmat uyg‘otishi kerak bo‘lgan bo‘lsa ham. Bunga Uning yahudiy yo‘lboshchilar va diniy rahnamolarni noto‘g‘ri ta’limoti va gunohkor hayotini fosh qilgani va xalq Uning ta’limotini eshitib, mo‘jizalarini ko‘rib Unga ergasha boshlagani sabab bo‘lgan. Diniy rahnamolar Isoga hasad qilgan. Shuning uchun ular Unga tuhmat qilib, o‘limga hukm qilishdi.
198. Rabbiy Iso Masih qachon xochga mixlangan?
Iso Masih Po‘ntiy Pilat davrida xochga mixlanganligi aytiladi. Bu Uning xochga mixlanishining aniq tarixiy vaqtini ko‘rsatish uchun aytilgan.
199. Po‘ntiy Pilat yahudiylarni boshqarish uchun Rim hukumati tomonidan qo‘yilgan hokim edi.
200. Bu holatni ko‘rsatib o‘tishimiz kerak,
chunki bu Yoqub payg‘ambarning bashorati bajo bo‘lganini ko‘rsatadi:
"Yahudoning qoʻlidan ketmas saltanat hassasi, uning naslida qolar saltanat tamgʻasi, xalqlar unga oʻlpon keltirarlar, unga itoat etib taʼzim qilarlar." (Ibtido 49:10).
201. Nima uchun Imon shahodatida Iso Masihning azob chekkani aytilgan?
Imon shahodatida nafaqat Iso Masihning xochga mixlangani, balki azob chekkanligi haqida ham aytiladi. Bular Uning haqiqatdan ham azob-uqubatlardan o‘tgani va o‘lganidan dalolat beradi. Ba’zi soxta o‘qituvchilar buni shunchaki, odamlarning ko‘ziga ko‘ringan narsa, xayoliy hodisa bo‘lgan deyishadi.
202. Nima uchun Iso Masihning dafn etilgani aytilgan?
Dafn etilganining e’tirof etilishi Uning haqiqatan ham o‘lgani va tirilganiga ishonch hosil qilishimiz uchun xizmat qiladi. Dushmanlari qabrni muhrlab, qoshiga qo‘riqchilarni qo‘yishgan edi.
203. Iso Masih Xudo bo‘la turib, qanaqasiga azob chekishi va o‘lishi mumkin?
Iso Masih Xudo bo‘la turib, azob chekdi va o‘ldi, lekin U Xudo sifatida emas, inson sifatida o‘ldi, azoblardan qutula olmagani uchun emas, O‘zi buni ixtiyor etgani uchun:
"Men jonimni qaytib olishim uchun uni fido qilaman, shu bois Otam Meni yaxshi koʻradi. 18Hech kim jonimni Mendan tortib ololmaydi. Men Oʻz ixtiyorim bilan uni fido qilaman. Jonimni berishga va uni qaytarib olishga hokimiyatim bor. Buni Menga Otam buyurgan.” (Yuhanno 10:17-18).
204. Nimaga Iso Masih biz uchun xochga mixlangan deyiladi?
Iso Masih biz uchun xochga mixlangan, chunki Uning xochdagi o‘limi bizni gunoh, la’nat va o‘limdan qutqardi.
205. Bu haqda Muqaddas Kitob shunday deydi:
Gunohdan qutqarilish haqida:
"Masihning toʻkilgan qoni orqali Xudo bizni kechirib, gunohlarimizdan ozod qildi. Shunday qilib, Xudo bizning hayotimizni toʻldirgan inoyati qanchalik boy ekanligini koʻrsatdi. U bizga donoligu aql–idrok ato etdi." (Efesliklar 1:7)
La’natdan qutqarilish haqida:
"Masih esa bizni qonun laʼnatidan xalos qildi. U xochga mixlanganda bizning oʻrnimizga laʼnatlandi" (Galatiyaliklar 3:13).
O‘limdan qutqarilish haqida:
"Bu farzandlar foniy bandalar boʻlganlari uchun, Iso ham, ular singari, inson boʻldi. Zero, U Oʻz oʻlimi orqaligina oʻlim keltiruvchi iblisning qudratini yoʻq qila oldi 15va umr boʻyi oʻlim qoʻrquviga qul boʻlgan odamzodni ozod qilishga muvaffaq boʻldi." (Ibroniylar 2:14-15)
206. Iso Masihning xochdagi o‘limi bizni qanday qilib gunoh va o‘limdan qutqaradi?
Iso Masihning xochdagi o‘limi bizni gunoh, la’nat va o‘limdan qanday qilib qutqarishi haqidagi sirga ishonishni osonlashtirish uchun, Muqaddas Kitob Iso Masihni Odam Ato bilan solishtiradi. Odam Ato butun odamzodning boshidir, chunki hamma uning avlodi. Iso Masih esa ham Xudo, ham Inson, imon orqali yangidan tug‘ilgan va U bilan birlashganlarning Boshidir. Shunday qilib, Odam Ato orqali gunoh, la’nat va o‘lim hukmiga tushganimizdek, Iso Masih orqali bu hukmdan ozod bo‘lamiz.
"Bu Xushxabar asrlaru nasllar davomida sir tutilgan edi, endi esa u Xudoning azizlariga oshkor qilindi. Xudo barcha xalqlar ham Masih orqali boy ulugʻvorlikka yetishishlarini hammamizga koʻrsatishni istadi. Bu sirning mohiyati shudir: Masih, yaʼni ulugʻvorlikka yetishish umidi sizlarning orangizdadir." (Kolosaliklar 1:26-27).
"Toʻgʻri, bittagina odamning gunohi tufayli, oʻsha odamning dastidan oʻlim hokimlik qila boshladi. Ammo Xudoning cheksiz inoyati bilan oqlanganlarning hammasi endi bir Odam, yaʼni Iso Masih orqali abadiy hayotda hokimlik qiladilar." (Rimliklar 5:17).
207. Najotkor hamma uchun azob chekdimi?
Rabbiy Iso Masih O‘z tomonidan hamma odamlar uchun qurbonlik keltirdi va hamma uchun marhamat va najot sotib oldi. Lekin buning foydasini faqat Uning azoblariga ixtiyoriy ravishda sherik bo‘ladiganlar ko‘radilar (Filippiliklar 3:10).
208. Biz Iso Masihning azob-uqubatlari va o‘limiga qanday sherik bo‘lamiz?
Biz Iso Masihning azob-uqubatlari va o‘limiga quyidagi yo‘llar bilan sherik bo‘lamiz:
1) Yurakdan ishinish orqali;
2) Sirli marosimlar orqali – ularda Najotkorning azoblari va o‘limining qudrati mujassam etiladi;
3) Tanaviy xohish va istaklarni xochga mixlash orqali – nafsni tiyish va poklanish yo‘li bilan.
Havoriy Pavlusning so‘zlariga ko‘ra:
"Axir, qonunning oʻzi meni oʻlimga mahkum qildi. Endi men Xudo uchun yashay deb, qonun uchun oʻlganman. Men Masih bilan birga xochga mixlab qoʻyilganman. Endi yashayotgan men emas, balki Masihdir. U mening hayotimni boshqaryapti. Hali tirik ekanman, Xudoning Oʻgʻliga boʻlgan imon bilan yashayman. Axir, U meni sevib, Oʻzini men uchun fido qilgan." (Galatiyaliklar 2:19-20).
"Unutmanglar, choʻmdirilish orqali biz — Masihga tegishli boʻlganlar Uning oʻlimiga sherik boʻldik!?" (Rimliklar 6:3).
"Har safar birgalikda shu tarzda non yeb, sharob ichar ekansiz, Rabbimiz kelguniga qadar Uning oʻlimini eʼlon qilayotgan boʻlasizlar." (1 Korinfliklar 11:26).
"Iso Masihga tegishli boʻlganlar oʻzlarining xudbin istaklarini va ehtiroslarini xochga mixlab qoʻyganlar". (Galatiyaliklar 5:24).
209. Tanaviy shahvat va istaklarni qanday xochga mixlaymiz?
Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin:
1) Shahvat va istaklardan voz kechish (nаfsni tiyish)
2) Ularga zid amallarni qilish
Misol:
- Agar g‘azab bizni dushmanlarimizni haqorat qilishga undasa, biz:
a) Iso Masihning xochda dushmanlari uchun "Ey Ota! Ularni kechirgin, ular nima qilayotganini bilmaydilar”, deganini (Luqo 23:34) eslaymiz
b) G‘azablanish o‘rniga dushmanlarimiz uchun duo qilamiz
Shu orqali g‘azab hissimizni "xochga mixlaymiz"
Xuddi shu qoida boshqa gunohlar (hasad, nafs, tamagirlik va hokazolar) uchun ham amal qiladi – har bir gunohga qarama-qarshi fazilat bilan kurashish kerak.
Imon shahodatining beshinchi bandi haqida
210. Nima uchun Iso Masihning azob-uqubatlari va o‘limi bizga najot sari yo‘l ochadi?
Chunki U tirildi va shu orqali bizning ham tirilishimiz uchun yo‘l ochdi.
"Vaholanki, Masih haqiqatan ham tirildi! U birinchi boʻlib tirildi, shu tariqa oʻlikdan tiriladiganlarning orasida hosilning ilk samarasiday boʻldi". (1 Korinfliklar 15:20).
211. Iso Masih o‘limidan keyin tirilishigacha qanday holatda bo‘lgan?
Iso Masihning bu davrdagi holati Jamoat ilohiyotida shunday tasvirlangan:
"Tanasi – qabrda, joni ilohiy qudrati bilan do‘zaxga tushib, o‘tganlarga najot haqidagi Xushxabarni e’lon qilgan, jinoyatchi bilan jannatda bo‘lgan, Xudo sifatida osmondagi Taxtda Ota va Ruh bilan birga o‘tirgan, – inson aqliga sig‘mas tabiat Sohibi".
212. "Do‘zax" so‘zi nimani anglatadi?
"Do‘zax" yunonchada "zulmat joy" degan ma'noni anglatadi. Masihiylar ta'limotida bu ruhiy zindon, ya'ni Xudoni ko‘rishdan, Uning nuridan va Unga yaqin bo‘lish baxtidan gunoh tufayli ajralgan jonlarning holati (Yahudo 1:6; Oktoyx, 5-ovoz, 2,4-ilohiyotlar).
213. Iso Masih nima uchun do‘zaxga tushdi?
Rabbiy Iso Masih do‘zaxga o‘lim ustidan g‘alaba qilganini e'lon qilish va Unga ishongan holda kelishini kutgan jonlarni qutqarish uchun tushdi.
214. Muqaddas Kitobda bu haqda shunday deyilgan:
"Masih bizni gunohlarimizdan to abad forigʻ qilish uchun azob chekkanini yodingizda tutinglar. U solih boʻla turib, biz, gunohkorlarni Xudoga yaqinlashtirish uchun jonini fido qildi. Uni jisman oʻldirishdi, ammo U yangi, ulugʻvor hayot uchun tirildi. Soʻng zindonga qamalgan yovuz ruhlar oldiga borib, ular ustidan gʻalaba qilganini eʼlon etdi". (1 Butrus 3:18-19)
215. "Kalomga ko‘ra uchinchi kunda tirilgan" iborasi qayerdan olingan?
Bu ibora Korinfliklarga maktubdan olingan:
"Muqaddas bitiklarga muvofiq, Masih gunohlarimiz uchun oʻlgan. Keyin U dafn qilindi, uchinchi kuni esa tirildi". (1 Korinfliklar 15:3-4).
216. " Muqaddas bitiklarga muvofiq" degan ibora nimani anglatadi?
Bu ibora Iso Masihning o‘limi va tirilishi Eski Ahd kitoblarida bashorat qilinganidek ro‘y berganini ko‘rsatadi.
217. Masalan, Ishayo payg‘ambarning 53-bobida Iso Masihning azoblari batafsil tasvirlangan:
"U esa bizning gunohlarimizni deb yarador boʻldi,
Bizning ayblarimiz tufayli ezildi.
Bizga tinchlik keltiradigan jazo unga tushdi,
Uning yaralari bizga shifo berdi." (Ishayo 53:5)
Tirilish haqida esa havoriy Butrus Zabur kitobidan shunday so‘zlarni keltiradi:
" Meni oʻliklar diyorida qoldirmaysan,
Taqvodoringni qabrda chiritmaysan." (Havoriylar 2:27)
218. Muqaddas Kitobda Najotkor uchinchi kuni tirilishi haqida bashorat bormi?
Eski Ahdda bu haqda Yunus payg‘ambar orqali shunday deyilgan:
"Yunus uch kechayu uch kunduz baliq qornida qoldi". (Yunus 2:1).
219. Odamlar Iso Masihning tirilganini qanday bilishdi?
Qabrni qo‘riqlayotgan askarlar farishta toshni ag‘darib yuborganida va kuchli zilzila bo‘lganida qo‘rqib, vahimaga tushishgan. Farishtalar Magdalalik Maryamga va boshqalarga bu haqda xabar bergan. O‘sha kuni Iso Masih: “Moy olib kelgan ayollarga, havoriy Butrusga, Emmausga ketayotgan ikki shogirdiga, havoriylarga zohir bo‘lgan (eshik yopiq edi). Keyin 40 kun davomida bir necha bor ko‘rinish bergan. Bir kuni 500 ga yaqin imonlilarga bir vaqtda ko‘ringan (1 Korinfliklar 15:6)
220. Nima uchun Iso Masih tirilgandan keyin 40 kun davomida havoriylarga ko‘rindi?
Iso Masih tirilgandan so‘ng 40 kun davomida havoriylarga Xudoning shohligi haqida o‘rgatishni davom ettirish uchun zohir bo‘lgan (Havoriylar 1:3).
Imon shahodatining oltinchi bandi haqida
221. "Osmonga ko‘tarilgan" degan ibora qayerdan olingan?
Bu ibora Muqaddas Kitobning quyidagi oyatlaridan olingan:
"Pastga tushgan Zot, koinotni har jihatdan butun qilay deb, falak toqidan ham yuqoriroqqa chiqdi". (Efesliklar 4:10)
"Aytgan gaplarimizning magʻzi quyidagicha: bizning shunday Oliy ruhoniyimiz borki, U samoda, Ulugʻvor Xudo taxtining oʻng tomonida oʻtiribdi". (Ibroniylar 8:1)
222. Iso Masih Ilohiy tabiatida osmonga ko‘tarildimi yoki insoniy tabiatidami?
Iso Masih insoniy tabiati bilan osmonga ko‘tarildi. Ilohiy tabiati bilan esa U abadiy osmonda bo‘lgan va bo‘ladi.
223. "Otaning o‘ng tomonida o‘tirganiga" degan iborani qanday tushunish mumkin?
Bu iborani ruhiy ma'noda tushunishimiz kerak: Iso Masih Ota Xudo bilan bir xil qudratga ega. Xudo hamma joyda bo‘lsa-da, bu ibora Uning ilohiy qudratini ko‘rsatadi.
Imon shahodatining yettinchi bandi haqida
224. Muqaddas Kitob Iso Masihning qaytishini qanday tasvirlaydi?
"Iso osmonga koʻtarilganini oʻz koʻzingiz bilan koʻrdingizlar. U osmonga qanday koʻtarilgan boʻlsa, xuddi shunday qaytib keladi". (Havoriylar 1:11).
Bu so‘zlar Iso osmon ko‘tarilayotgan paytda farishtalar aytgan.
225. Qiyomat haqida nima deyilgan?
"Bunga hayron qolmanglar! Qabrda yotgan marhumlarning hammasi Inson Oʻgʻlining ovozini eshitadigan vaqt keladi. Shunda oʻliklar qabrlaridan chiqadilar: yaxshilik qilganlar yashash uchun tiriladi, yomonlik qilganlar esa mahkum boʻlish uchun tiriladi". (Yuhanno 5:28-29).
Bu Iso Masihning so‘zlari.
226. Iso Masihning abadiy shohligi haqida nima deyilgan?
"U buyuk boʻladi. Uni Xudoyi Taoloning Oʻgʻli deb atashadi. Egamiz Xudo Unga bobosi Dovudning taxtini beradi. U to abad Isroil xalqi ustidan hukmronlik qiladi, hukmronligining oxiri boʻlmaydi" (Luqo 1:32-33).
Bu farishtaning Rabbimizning Onalariga aytgan so‘zlari.
227. Masihning ikkinchi marta kelishi birinchisidan farq qiladimi?
Masihning kelajakda kelishi avvalgisidan keskin farq qiladi. Birinchi marta U qutqarilishimiz evaziga azob chekish uchun kelgan, ikkinchi marta U “Oʻzining ulugʻvorligida, jamiki farishtalari bilan birga kelganda Oʻzining shohona taxtiga oʻtiradi" (Matto 25:31) va jamiki xalqlarni hukm qiladi.
228. U barcha odamlarni hukm qiladimi?
U hech qanday istisnosiz barcha odamlarni hukm qiladi.
229. U bizni qanday hukm qiladi?
Har bir insonning vijdoni uyg‘onadi va nafaqat butun hayoti davomida qilgan barcha ishlari, balki aytgan so‘zlari, yashirin istaklari va fikrlari oshkor bo‘ladi.
"U kelib zulmatda yashirilgan narsalarni ravshan qiladi, inson yuraklarining maqsadlarini oshkor etadi. Oʻshanda har kim oʻz ishiga yarasha Xudoning tahsiniga sazovor boʻladi" (1 Korinfliklar 4:5).
230. Bizning barcha so‘zlarimiz va fikrlarimiz hukm qilinadimi?
Agar biz ular uchun tavba qilmasak, imon bilan yashab, hayotimiz davomida to‘g‘rilamasak,, Xudo har bir yomon so‘zimiz va yomon fikrlarimiz uchun bizni hukm qiladi.
"Yana shuni aytib qoʻyay: sizlar aytadigan har bir bemaʼni soʻzingiz uchun qiyomat kunida hisob berasizlar". (Matto 12:36).
231. Bu hukm qachon bo‘ladi?
Iso Masihning hukm qilish uchun qachon kelishi noma’lum, shuning uchun biz doimo bunga tayyor bo‘lishimiz kerak.
"Baʼzilar Rabbimiz kelmayapti, bergan vaʼdasini bajarishga U kechikyapti, deb oʻylamoqda. Aslida unday emas, U sabr–toqat qilyapti, chunki hech kimning halok boʻlishini istamay, hammaning tavba qilishini xohlayapti. Aslida, Rabbimiz Iso, oʻgʻri kelganday, nogahon kelib qoladi. Oʻsha kuni osmon guvullab yonib, gʻoyib boʻladi, samoviy jismlar olov taftidan kuyib ketadi, shunda yer va unda qilingan har bir ish ochiqdan–ochiq oshkor boʻlib, hukm etiladi"
(2 Butrus 3:9-10).
"Xullas, hushyor boʻlinglar, chunki qaysi kuni, qaysi soatda kelishimni bilmaysizlar".
(Matto 25:13).
232. Masihning kelishi alomatlari bo‘ladimi?
Xudoning Kalomida Masihning kelishini yaqinlashayotganidan darak beradigan alomatlar haqida aytilgan: odamlar orasida imon va sevgi susayishi, yomonlik va ofatlar ko‘payishi, Muqaddas Kitobning barcha xalqlarga yetkazilishi, dajjolning kelishi (Matto 24-bob).
233. Dajjol kim?
Dajjol Masihga qarshi chiqadi, u masihiylikni yo‘q qilishga urinadi, lekin yengiladi (2 Salonikaliklar 2:8).
234. Masihning shohligi nima?
Masihning shohligi uch qismdan iborat:
1. Butun olam (Tabiat shohligi)
2. Yer yuzidagi barcha imonlilar (Inoyat shohligi)
3. Osmonda farog‘at diyoriga erishganlar (Ulug‘vorlik shohligi)
235. Qaysi shohlikning oxiri bo‘lmaydi?
Imon shahodatida "Shohligi abadulabad mustahkam turishi" aytiladi va bu shuhrat shohligiga taalluqli.
Imon soligining sakkizinchi bandi haqida
236. Muqaddas Ruh nima uchun "Xudo" deb ataladi?
Muqaddas Ruh O‘g‘il Xudo kabi "hayot beruvchi Xudo" deb ataladi, chunki U ham haqiqiy Xudodir.
237. Bunga Muqaddas Kitobda guvohlik bor:
Havoriy Butrus Xanoniyoni ayblab deydi:
"Xanoniyo, nimaga shaytonga qalbingdan joy berib, Muqaddas Ruhga yolgʻon gapirding? … Sen odamlarga emas, balki Xudoga yolgʻon gapirding!” (Havoriylar 5:3-4).
238. Muqaddas Ruh nima uchun "hayot beruvchi Xudo" deb ataladi?
Muqaddas Ruh "hayot beruvchi Xudo" deb ataladi, chunki U Ota Xudo va O'g'il Xudo bilan birga barcha mavjudotlarga hayot, ayniqsa odamlarga ruhiy hayot baxsh etadi.
"… suvdan va Ruhdan tugʻilmagan bironta odam Xudoning Shohligiga kirolmaydi." (Yuhanno 3:5).
239. Muqaddas Ruhning kimdan kelishi haqida nimalarni bilamiz?
Muqaddas Ruhning Otadan kelishi haqida Iso Masihning O'zi aytgan:
"Men sizlarga Otamdan yuboradigan Homiy, yaʼni Otamdan chiqadigan Haqiqat Ruhi kelganda Men toʻgʻrimda guvohlik beradi." (Yuhanno 15:26).
240. Muqaddas Ruhning kelishi haqida boshqa ta'limot bo'lishi mumkinmi?
Muqaddas Ruhning Otadan kelishi haqidagi ta'limotga hech qanday o'zgartirish yoki qo'shimchalar qilinmaydi. Birinchidan, chunki bu ta'limotda pravoslav Jamoati Iso Masihning so'zlarini takrorlaydi; Isoning shak-shubhasiz, haqiqatni aytgan. Ikkinchidan, Muqaddas Ruh haqida haqiqiy ta'limotni tasdiqlash uchun tashkillashtirilgan Ikkinchi Yig‘inda bu ta'limot ma’qullangan; pravoslav Jamoati buni shu qadar qat'iy tan oldiki, Uchinchi Umumjahon Yig‘inning, yettinchi qoidasida yangi imon shahodatini tuzishni taqiqlagan. Shuning uchun avliyo Damashqlik Yuhanno shunday yozadi: Biz Muqaddas Ruhning Otadan kelishini tan olamiz va Uni Otaning Ruhi deb ataymiz; Biz O'g'ildan Muqaddas Ruhning kelishini tan olmaymiz, faqat Uni O'g'ilning Ruhi deb ataymiz (Ilohiyot, 1-kitob, 11-bob, 4-v.).
241. Muqaddas Ruhga qanday sajda qilish lozim?
Muqaddas Ruhga xuddi Ota Xudoga va O'g'il Xudoga bo‘lganiday sajda qilish va Uni ulug'lash lozim. Buni Iso Masihning suvga cho‘mdirish haqidagi amridan bilib olamiz:
"Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar." (Matto 28:19).
242. Nima uchun "payg'ambarlar orqali gapirgan" deyiladi?
Imon shahodatida Muqaddas Ruhning payg'ambarlar orqali gapirgani e’tirof etiladi. Bu ba'zi sohta ustozlarning "Eski Ahd kitoblari Muqaddas Ruh tomonidan yozilmagan" degan da'volariga qarshi aytilgan.
243. Muqaddas Kitob shunday deydi:
"Hech bir haqiqiy paygʻambar oʻzining insoniy xohishi bilan bashorat qilgan emas. Bu paygʻambarlar Muqaddas Ruh tomonidan boshqarilib, Xudoning soʻzlarini gapirganlar."
(2 Butrus 1:21).
244. Muqaddas Ruh havoriylar orqali ham gapirganmi?
Ha, Muqaddas Ruh havoriylar orqali ham gapirgan. Butrus shunday yozadi:
"… Xushxabarni sizlarga osmondan yuborilgan Muqaddas Ruhning qudratiga toʻlgan odamlar bayon etishdi. Hatto farishtalar ham bu najotning qay tarzda amalga oshishini intizorlik bilan kutayotgan edilar." (1 Butrus 1:12).
245. Nima uchun Imon shahodatida havoriylar haqida gapirilmagan?
Chunki Imon shahodati yozilgan davrida hech kim havoriylar ilohiy ilhom bilan gapirganlariga shubha qilmagan.
246. Muqaddas Ruh odamlarga qanday ochildi?
Muqaddas Ruh Iso tirilgach, 50 kundan keyin havoriylarga alangali tillar shaklida tushib, o'zini maxsus tarzda ochdi.
247. Muqaddas Ruh hozir ham beriladimi?
Muqaddas Ruh hozir ham masihiylarga beriladi.
"Nahotki bilmasangiz?! Sizlar Xudoning maʼbadisizlar, Xudoning Ruhi orangizda maskan qilgan." (1 Korinfliklar 3:16).
248. Muqaddas Ruh berilishi uchun nima qilishimiz kerak?
Muqaddas Ruh berilishi uchun:
– Samimiy ibodat qilish;
– Sirli marosimlarda ishtirok etish talab qilinadi.
"Sizlar gunohkor boʻla turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Ota ham Undan soʻraganlarga Muqaddas Ruhni berishga qanchalar tayyor." (Luqo 11:13).
"Ammo najotkorimiz Xudo bizga boʻlgan ezguligi va mehr–muhabbatini koʻrsatdi. Savob ishlarimiz tufayli emas, balki Oʻzining rahm–shafqati tufayli U bizni qutqardi. Muqaddas Ruh orqali gunohlarimizni yuvdi, bizni yangidan tugʻdirib, yangi hayot ato etdi. Najotkorimiz Iso Masih orqali Xudo bizning ustimizga Muqaddas Ruhini moʻl–koʻl qilib yogʻdirdi." (Tit 3:4-6).
249. Muqaddas Ruhning asosiy in’omlari qanaqa?
Ishayo paygʻambar Muqaddas Ruhning yettita in’omini e’tirof etgan:
1. Xudodan qoʻrqish ruhi
2. Bilim ruhi
3. Kuch ruhi
4. Maslahat ruhi
5. Tushunish ruhi
6. Donolik ruhi
7. Xudo ruhi (yoki xudojo‘ylik va ilhom ruhi; Ishayo 11:1-3).
Imon shahodatining toʻqqizinchi bandi haqida
250. Imonlilar jamoati o‘zi nima?
Imonlilar jamoati — Xudo tomonidan tuzilgan, to‘g‘ri (pravoslav) e‘tiqod, Xudo qonuni, ruhoniylik va Sirli marosimlar bilan birlashgan odamlar jamiyati.
251. “Imonlilar jamoatiga ishonish" nima degani?
Imonlilar jamoatiga ishonish —Masih asos solgan imonlilar jamoatini hurmat qilish, uning ta’limotiga va amrlariga bo‘ysunishni, unda jamoatning Boshi bo‘lmish Iso Masihning inoyati, ta’limoti va boshqaruvi borligini e’tirof etishni anglatadi.
252. Qanday qilib imonlalar jamoatiga ishonish mumkin?
Ko‘rinadigan jamoatga ishoniladi. Imon ko‘rinmaydigan narsalarga amin bo‘lish demakdir, chunki ko'rinadigan jamoatda ko'rinmas tarzda uning tomonidan va unda muqaddas bo‘lgan odamlar tomonidan qabul qilingan Xudoning inoyati bo‘ladi. Xudoning inoyatiga bevosita ishoniladi; yer yuzida yashovchi barcha pravoslav masihiylar ko'rinadigan jamoatga tegishlidirlar, shu vaqtning o‘zida bu jamoat ko'rinmas jamoatdir, chunki u osmonda ham mavjud bo‘lgani bois, haqiqiy imon va muqaddaslikda o'lganlarning hammasi unga tegishli.
253. Jamoat (imonlilar jamoati) ham yer yuzida, ham osmonda mavjudligini qayerdan bilamiz?
Havoriy Pavlus masihiylarga shunday yozgan:
" Sizlar, aksincha, samodagi Sion tog‘iga va barhayot Xudoning shahri — samoviy Quddusga yaqinlashgansizlar. Shod–xurramlik qilgani yig‘ilgan minglab farishtalar oldiga kelgansizlar. Ismlari osmonda yozilgan Xudoning merosxo‘rlariga sizlar sherik bo‘ldingizlar. Hammani hukm qiluvchi Xudoning huzuriga kirdingizlar. Xudo barkamol qilgan solihlarning ruhlari oldiga keldingizlar. Sizlar Yangi Ahdning vositachisi Isoning huzuriga kirdingizlar. Isoning qoniga yaqinlashdingizlar. Uning qoni Hobilning qoniga o‘xshab qasos talab qilmaydi, aksincha, gunohlarimizni yuvish uchun sepilgan." (Ibroniy 12:22-24)
254. Haqiqiy Jamoatda inoyat borligiga qanday ishonch hosil qilishimiz mumkin?
Biz haqiqiy Jamoatda Xudoning inoyati borligiga ishonamiz, chunki: Jamoatning boshi “inoyat va haqiqatga to‘la” Xudo va Inson Iso Masihdir. U O‘zining tanasini, ya’ni Jamoatni inoyat va haqiqat bilan to‘ldiradi (Yuhanno 1:14–17 ga qarang); Najotkor Masih shogirdlariga Muqaddas Ruh abadiy ular bilan bo'lishini va'da qilgan, shuning uchun Muqaddas Ruh bugungi kunda ham Jamoatga cho‘ponlarni tayinlaydi (Yuhanno 14:16 ga qarang). Havoriy Pavlus Iso Masih haqida Ota Xudo “Butun borliqni Isoning oyoqlari ostiga tobe qildi. Uni butun borliqdan yuqori qo‘yib, imonlilar jamoatiga bosh qildi. Imonlilar jamoati Masihning tanasidir. Borliqni har jihatdan butun qiladigan Masih jamoatni barkamol qiladi”, degan (Efes. 1:22–23). Shuningdek, havoriy Pavlus:
“O‘zlaringizni ehtiyot qilinglar, suruvni ham ehtiyot qilinglar. Chunki Muqaddas Ruh ularni sizning qaramog‘ingizga bergan. Xudoning jamoatiga cho‘pon bo‘linglar. U bu jamoatni O‘zining O‘g‘li qoni evaziga sotib olgan”, deydi (Hav.20:28)
255. Inoyat har doim Jamoatda bo‘lishiga qanday dalillar bor?
Xudoning inoyati bugungi kungacha Jamoatda qolishi va oxirzamongacha unda bo'lishi Rabbimiz Iso Masihning va havorning quyidagi so'zlari bilan tasdiqlanadi:
"Men O‘zimning jamoatimni quraman. Hatto o‘lim shohligi ham jamoatimga bas kela olmaydi" (Matto 16:18).
"Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman.”(Matto 28:20).
“Imonlilar jamoati va Iso Masih orqali Xudoga nasllar osha to abad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin." (Efesliklar 3:21).
256. Nima uchun Jamoat "yagona" deb ataladi?
Jamoat yagonadir (ya’ni, bitta), chunki u ruhiy tanadan tashkil topadi. Uning Boshi ham bitta – Iso Masih, uni Muqaddas Ruh jonlantiradi.
"Hammamiz bir tananing a’zolarimiz, qalbimizdagi Muqaddas Ruh ham birdir. Xuddi shuningdek, Xudo bizni da’vat qilib, hammamizga bergan umid ham birdir. Rabbimiz bir, imonimiz ham birdir, bir maqsadda suvga cho‘mdirilganmiz. Barchamizning Otamiz Xudo birdir. U hammamizdan ustun bo‘lib, hammamiz orqali O‘z irodasini bajo qiladi. U hammamizning oramizdadir." (Efesliklar 4:4-6).
257. Iso Masihning Jamoatga nisbatan Kimligi
Iso Masih yagona Jamoatning yagona Boshidir. Havoriy Pavlus, Xudoning binosi bo'lgan Jamoatning poydevori haqida "hech kim mavjud bo‘lgan poydevordan boshqa poydevor qo‘ya olmaydi. Bu poydevor Iso Masihdir", degan (1 Kor. 3:11). Shuning uchun Jamoat Masihning tanasi bo‘lgani bois, Rabbimiz Iso Masihdan boshqa hech kim unga Bosh bo‘lolmaydi. Jamoat dunyo tugagunicha turadi, Masih ham abadulabad unga Bosh bo‘ladi. Shuning uchun, hatto havoriylar ham shunchaki Jamoat xizmatchilari deb ataladi (qarang: Kol. 1:24–25).
258. Jamoatning yagonaligi bizga qanday mas’uliyat yuklaydi?
Bu bizni "O‘zaro tinch–totuv yashab, Muqaddas Ruh ato qilgan birdamlikni saqlashga jon kuydirishga" undaydi (Efesliklar 4:3).
259. Pravoslav Jamoati ko‘plab Jamoatlardan tashkil topishini qanday tushuntirish mumkin?
Jamoat bitta, ammo alohida, mustaqil Jamoatlardan tashkil topadi masalan: Quddus, Antioxiya, Iskandariya, Konstantinopol, Rus Jamoatlari. Bu alohida Jamoatlar yagona Umumjahon Jamoatning qismlari bo‘ladi. Tuzilmalari mustaqil bo‘lishiga qaramay ular Umumjahon Jamoatni, Masihning Tanasini tashkil qiladi. Ularning Boshi birdir, – Iso Masih. Ularning e’tiqodi bir va bular ularning inoyat ruhiga ega bo'lishlariga to'sqinlik qilmaydi. Bu birlik imonni birday e’tirof etishda, ibodatda va sirli marosimlardagi birdamlikda namoyon bo'ladi.
260. Yerdagi va osmondagi Jamoat birmi?
Yerdagi va osmondagi Jamoat birdirlar. Ularning Boshi – Rabbimiz Iso Masih. Ular o‘zaro bog‘liq va hamjihatdirlar.
261. Yerdagi Jamoat osmondagi Jamoat bilan qanday aloqada bo‘ladi?
Yerdagi Jamoat bilan osmondagi Jamoat o‘rtasida Xudoning sevgisi va ibodat vositasida birdamlik saqlanadi. Yerdagi Jamoat a’zolari Xudoga ibodat qilayotganda, osmondagi Jamoatdan madad so‘rashadi. Osmonda Xudoning azizlari yerdagi imonlilarga madad berishadi, ularning ibodatlarini poklaydilar, iltijolariga sherik bo‘lishadi, ular uchun shafoat qilishadi, so‘raganlarini Xudoga yetkazadilar. Shuningdek, osmondagi imonlilar Xudoning irodasi bilan yerdagi imonlilarga ko‘rinmas kuchlari, zohir bo‘lish yoli boshqa yo‘llar bilan inoyat yetkazishadi va yaxshilik qilishadi.
262. Osmondagi Jamoatni tashkil qilgan Xudoning azizlariga ibodatda murojaat qilish tajribasi nimaga asoslanadi?
Yerdagi Jamoatning Osmondagi Jamoatni tashkil qilgan Xudoning azizlariga ibodatda murojaat qilishi Imonlilar ta’limotiga asoslanadi, buning asoslarini Muqaddas Kitobda ham topamiz. Masalan, Dovud shunday ibodat qilgan:
“Ey ota–bobolarimiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi — Egamiz! Xalqingning yuragidagi bu niyatu maqsadlarini to abad saqla, ularning yuragini O‘zingga bur!”
(1Sol. 29:18),
Ya’ni, u ibodatiga dalda bo‘lsin deb, Xudoning azizlarini tilga oladi. Xuddi shu tarzda, hozirgi pravoslav Jamoati ham chin Xudo bo‘lgan Rabbimiz Iso Masihga ibodat qilganda, Uning Pokiza Onasi va Xudoning barcha Azizlarining ibodatlariga suyanadi. Qudduslik muqaddas Kirill Ilohiy liturgiyani tushuntirishda shunday deydi: “Avvalo, vafot etganlarni – patriarxlar, payg‘ambarlar, havoriylar, shahidlarni esga olib, e’tirof etamiz, shunda Xudo ularning ibodatlari va shafoatlari orqali bizning iltijolarimizni qabul qiladi” (Sirlar haqida ta’limot, 5, bob 9).
Muqaddas buyuk Vasiliy Qirq Shahidlar kuni munosabati bilan shunday degan: “Qayg‘udan og‘rinib Qirq Shahidga murojaat qiladi bir odam, xursand bo‘lgan boshqasi ham Qirq Shahidga murojaat qiladi: biri – qayg‘ulardan qutulish uchun, ikkinchisi – quvonchi so‘nib qolmasligi uchun. Bu yerda biz farzandlari, safardagi eri yoki kasal odam uchun sog‘liq tilayotgan taqvodor ayolni ko‘ramiz. Sizlar shahidlardan madad bo‘lishlarini so‘raysizlar”.
263. Osmondagi Xudo azizlarining shafoati haqida Muqaddas Kitobda dalillar bormi?
Osmondagi azizlarning shafoati haqida Muqaddas Kitobda aytilgan. Xushxabar muallifi Yuhanno Vahiy kitobida osmondagi bir farishtani ko‘radi, unga
“...Uning qo‘lida oltin otashkurak bor edi. Unga ko‘p xushbo‘y tutatqilar berildi. U bu tutatqilarni barcha Xudo azizlarining ibodatlariga qo‘shib, taxt oldida turgan oltin qurbongoh ustida nazr qilishi kerak edi. Tutatqilarning tutuni Xudo azizlarining ibodatlari bilan birga farishtaning qo‘lidan yuqoriga Xudoning huzuriga ko‘tarildi”. (Vahiy 8:3-4).
264. Osmondagi Xudo azizlarining zohir bo‘lgani haqida Muqaddas Kitobda dalil bormi?
Osmondagi Xudo azizlarining zohir bo‘lganlari haqida Muqaddas Kitobda yozilgan. Matto Xushxabarida Rabbimiz Iso Masihning xochda o‘limidan keyin
“Qabrlar ochilib, taqvodor odamlarning ko‘pchiligi tirildi. Ular qabrlaridan chiqdilar, Iso tirilganidan keyin muqaddas shaharga bordilar. Ko‘p odamlar ularni ko‘rdi”. (Mat. 27:52-53). Bunday ajoyib mo‘jiza bejizga ro‘y bermagan, Xudoning azizlari Iso Masihning do‘zaxga tushgani va o‘lim ustidan buyuk g‘alaba qozonib tirilgani haqida xabar berish, shu va’z orqali Eski Ahd Jamoatida tug‘ilganlarni Yangi Ahd Jamoatiga o‘tishga yordam berish uchun tirilib kelgan deb bilamiz.
265. Xudoning azizlari vafotidan keyin mo‘jizalar qila olishini qayerdan bilamiz?
Quyidagi dalillar orqali biz Xudo azizlari vafotidan keyin turli usullar bilan mo‘jizalar qilishiga ishonamiz. To‘rtinchi Shohlar kitobida Elishay payg‘ambarning suyaklariga tegishi bilan bir o‘lik tirilgani haqida o‘qiymiz (4 Shoh. 13:21).
Havoriy Pavlus nafaqat o‘zi bevosita shifo berib, mo‘jizalar qilgan, balki uning tanasiga tekkan ro‘molcha yoki kiyimlar xastalarga tekkizilganda, ular xastaliklaridan shifo topar, ulardan yovuz ruhlar chiqib ketardi (Hav. 19:12). Bu misoldan ko‘rinadiki, Xudoning azizlari vafotidan keyin ham ular orqali muqaddaslangan buyumlar vositasida ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.
Avliyo Gregori ilohiyotshunos Julianga qarshi o'zining birinchi ayblov so'zida shunday deydi: "Masih uchun qilingan qurbonliklardan uyalmadi, u buyuk zohidlardan: Yuhanno, Butrus, Pavlus, Yoqub, Stefan, Luqo, Endrus, Tekla va boshqalardan qo'rqmadi, ular oldin va keyin haqiqat uchun azob chekdilar, ular olovga, temirga, hayvonlarga, qiynoq soluvchilarga, tahlikalarga va kulfatlarga, yirtqichlarga tanalari o‘zlarini bo‘lmaganday, qattiq qarshilik ko'rsatdilar. Nima uchun? Bir so'z bilan ham taqvoga xiyonat qilmaydilar! Ularga katta ehtirom ko‘rsatilib, bayramlar o‘tkaziladi. Ular jinlarni haydab, kasallarni davolaydilar. Ular mo‘jizaviy tarzda zohir bo'lib, bizga bashoratlarini qoldirdilar. Tanalari, ularni e’zozlasak va qo‘l tegizsak, ruhlari kabi kuchga ega. Ularning qon tomchilari, azob-uqubatlaridan dalolat berib turadi, xuddi tanalar kabi ta’sirlidir."
Avliyo Damashqlik Yuhanno shunday deb yozadi: "Rabbimiz Masih bizga qutqaruvchi manbalar sifatida bergan Xudo azizlarining qoldiqlari juda ko'p turli xil marhamatlarni ochib beradi. Go'yo buni tushuntirish uchun: "Xudo ularning tanalariga ularning ongi orqali kirgan" (Ilohiyot, 4-kitob, 15-bob, 3, 4-moddalar).
266. Nima uchun Jamoatni muqaddas deymiz?
Jamoat muqaddasdir, chunki u Xudo va Rabbimiz Iso Masih tomonidan Uning azob-uqubatlari, ta’limoti, ibodati va Sirli marosimlar orqali muqaddaslangan.
“Ey, erlar, Masih jamoatni yaxshi ko‘rib, O‘zini jamoat uchun fido qilganiday, sizlar ham xotinlaringizni shunday yaxshi ko‘ringlar. Masih jamoatni suv va Xudoning kalomi orqali poklab, muqaddas qilish niyatida O‘zini fido qildi. Jamoatni O‘z huzuriga keltirganda, jamoat har qanday g‘ubor, ajin va dog‘dan holi bo‘lib, ulug‘vor, muqaddas va benuqson bo‘lishi uchun Masih shunday qildi” (Efs. 5:25-27).
Iso Masih Ota Xudoga imonlilar haqidagi ibodatida shunday deydi:
“Sening kaloming haqiqatdir. Haqiqat orqali ularni O‘zing uchun ajratib olgin. Sen Meni dunyoga yuborganingday, Men ham ularni dunyoga yubordim. Ularni deb O‘zimni Senga bag‘ishladim, toki ular ham haqiqat orqali o‘zlarini Senga bag‘ishlasinlar” (Yuh. 17:17-19).
267. Agar Jamoatda gunohkorlar bo‘lsa, u qanday qilib muqaddas bo‘lishi mumkin?
Jamoatda gunohkorlar bo‘lsa ham, u muqaddasdir. Gunohga qo‘l urgan, biroq chin dildan tavba qilganlar Jamoatning muqaddas bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi; tavba qilmagan gunohkorlar esa Jamoat hokimiyatining ko‘rinadigan harakati yoki Xudo hukmining ko‘rinmas ta’siri orqali Jamoat tanasidan o‘lik a’zolar kabi kesib tashlanadi va shu tarzda Jamoat muqaddasligini saqlab qoladi.
“Fosiq odamni o‘z orangizdan haydab chiqaringlar”. (1Kor. 5:13).
“Ammo, Xudo asos solgan poydevor mustahkam turibdi. Bu poydevor ustiga shunday so‘zlar bitilgan: “Egamiz O‘zinikilarni biladi” va “Egamizning nomini tilga olgan har bir odam yomonlikdan uzoqlashsin” (2Tim. 2:19).
268. Nima uchun Jamoat Umumjahon deb ataymiz?
Jamoat Umumjahon deb ataladi, chunki u na joy, na vaqt, na xalq bilan chegaralanadi. Uni barcha mamlakatlardan, davrlar va xalqlardan bo‘lgan chin imonlilar tashkil qiladi. Havoriy Pavlusning so‘zlarini o‘qiymiz: “… Xushxabar butun dunyo bo‘ylab samara keltirib, yoyilmoqda. Xushxabarni eshitib, Xudo inoyatining haqiqiy ma’nosini tushunib yetgan kuningizdan beri sizlarning orangizda ham Xushxabar samara bermoqda. …”(Kol. 1:5-6); “… endi na yunon bor, na yahudiy, na sunnatli bor, na sunnatsiz, na johil bor, na madaniyatsiz, na qul bor, na ozod. Eng ahamiyatlisi Masihdir, U hamma bilandir, hamma narsa Uning qo‘li ostidadir” (Kol. 3:11). “Shuning uchun kim imonli bo‘lsa, Xudoga ishongan Ibrohim qatori Xudoning barakasidan bahramand bo‘ladi” (Gal. 3:9).
269. Jamoatning qanday muhim imtiyozi bor?
Umumjahon Jamoatning muhim imtiyozi shundaki, unga quyidagi ulug‘ va’dalar berilgan:
“Hatto o‘lim shohligi ham jamoatga bas kela olmaydi”, Rabbimiz Iso “har doim, dunyoning oxirigacha O‘z jamoati bilan birga bo‘ladi”, “Imonlilar jamoati va Iso Masih orqali Xudoga nasllar osha to abad shon–sharaflar” aytiladi;
Shuning uchun Jamoat hech qachon imondan qaytmaydi, imon haqiqatida xato qilmaydi, adashmaydi. “Biz shubhasiz shuni qat’iy haqiqat sifatida e’tirof qilamizki, Umumjahon Jamoat xato qilmaydi yoki haqiqat o‘rniga yolg‘on gapirmaydi; chunki Muqaddas Ruh sadoqat bilan xizmat qilayotgan ruhoniy otalar Jamoat o‘qituvchilari orqali faoliyat olib boradi, Jamoatni har qanday xatolikdan saqlaydi” (Sharqiy Patriarxlarning Pravoslav Imoni Haqidagi Maktubi, 12-band).
270. Najotga erishish uchun Umumjahon Jamoatga mansub bo‘lish shartmi?
Umumjahon Jamoat dunyodagi barcha chin imonlilarni o‘z ichiga oladi. Havoriy Pavlusning so‘zlariga ko‘ra, Rabbiy Iso Masih “imonlilar jamoatining boshi, …O‘z tanasi bo‘lgan jamoatning Najotkoridir”. (Efs. 5:23) Shu bois najotga erishish uchun odam Masih Tanasiga, ya’ni Umumjahon Jamoatga qo‘shilishi kerak. Havoriy Butrus Masihning Jamoatida suvga cho‘mdirilganlar, bir paytlar Nuh kemasiga kirganlarni anglatadi. Shunda to‘fondan qutulishning yagona yo‘li Nuh kemasiga kirish bo‘lganiday, hozir ham abadiy hayotga erishish uchun Masihning Umumjahon Jamoatiga qo‘shilishimiz kerak.
271. Nima uchun bizning Jamoatimiz “Sharqiy” deb ataladi?
Sharqda, Jannat bog‘ida birinchi Jamoat gunohsiz odamlardan iborat edi; Odam Ato va Momo Havo gunoh qilganlaridan keyin, vaqt o‘tib Najotkor haqidagi va’da orqali qutqariladiganlar Jamoatga asos solindi. Sharqda, Yahudo yerida, Xudo va Rabbimiz Iso Masih bizga najot sari yo‘l ochib, O‘zining Jamoatiga asos soldi. Jamoat sharqdan butun olamga yoyildi. Bugungi kungacha pravoslav Umumjahon Jamoatining e’tiqodi, yetti Umumjahon Yig‘in tomonidan tasdiqlangan holda, o‘zining dastlabki pokligida qadimiy sharqiy va ularga yaqin Jamoatlarda, shu jumladan Xudo inoyati bilan Rossiya Jamoatida saqlanib kelmoqda.
272. Nima uchun bizning Jamoatimiz "Havoriylar Jamoati" deb ataladi?
Jamoat Havoriylar Jamoati deb ataladi, chunki u havoriylardan uzilmagan va o‘zgarmagan holda Sirli marosim – qo‘l qo‘yib duo qilish orqali Muqaddas Ruhning in'omlarini va ta'limotini saqlab keladi. Xuddi shu ma'noda Jamoat Pravoslav yoki haqiqiy imonga ega deb ham ataladi.
“Demak, sizlar endi begona ham, kelgindi ham emassizlar, balki Xudoning aziz xalqi qatoridasiz, Uning xonadoni a’zosi bo‘ldingizlar. Sizlar xuddi bir binodaysizlar. Bu binoning asosi havoriylaru payg‘ambarlardir. Binoning tamal toshi esa Iso Masihning O‘zidir”. (Efs. 2:19-20).
273. Imon shahodatida Jamoat Havoriylar Jamoati deb atalganda,
havoriylarning ta'limoti va o‘rgatilgan haqiqatlarini mahkam tutishni va havoriylar ta'limotiga asoslanmagan o'qituvchilardan ehtiyot bo‘lishni buyuradi. Havoriy Pavlus bu borada deydi:
“Shuning uchun, ey birodarlar, imoningiz qat’iy bo‘lsin. Biz gaplarimiz va xatlarimiz orqali sizlarga o‘rgatgan haqiqatlarni mahkam tutinglar.” (2Sol. 2:15).
“Orangizga nizo urug‘ini sepayotgan odamni bir–ikki marta ogohlantir, agar gapingga kirmasa, u bilan aloqani uz”. (Tit. 3:10).
“Axir, hech kimga itoat qilmaydigan, quruq gap sotuvchi yolg‘onchi birodarlar bor, ayniqsa sunnatlilar orasida bundaylar ko‘p. Ularning safsatalarini to‘xtatish kerak. Zero, ular pul ishlash niyatida soxta ta’limotlar o‘rgatib, butun oilalarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirmoqdalar”. (Tit. 1:10-11).
“Agar birodaringiz ularga ham quloq solmasa, imonlilar jamoatiga ayting. Agar imonlilar jamoatiga ham quloq solmasa, uni butparast yoki soliqchi deb hisoblab, u bilan aloqani uzing”. (Mat. 18:17).
274. Jamoat havoriylar xizmatining uzluksizligini saqlab keladi
Jamoat iyerarxiyasi yoki ruhoniylik boshqaruvi uzluksiz ravishda havoriylargacha boradi.
275. Pravoslav Jamoati iyerarxiyasi qayerdan boshlanadi?
Pravoslav Jamoati iyerarxiyasi Iso Masihning O'zidan va havoriylarga tushgan Muqaddas Ruhdan boshlanadi va qo‘l qo‘yib duo qilish orqali Muqaddas Ruhoniylik marosimida uzluksiz ravishda davom etadi.
“Masih ba’zilarni havoriy, ba’zilarni esa payg‘ambar, ba’zilarni Xushxabar voizi, yana boshqalarni jamoatlarning cho‘ponlariyu ustozlari qilib tayinladi, toki ular Xudoning aziz xalqini xizmat qilishga tayyorlasinlar. Shunda Masihning tanasi, ya’ni jamoat imonda mahkam turadi.” (Efs. 4:11-12).
276. Qanday ruhoniylar butun Pravoslav Jamoati nomidan harakat qilishi mumkin?
Butun Umumjahon Jamoat nomidan harakat qiladigan ruhoniylik – bu Umumjahon Yig‘ini.
277. Umumjahon Jamoatining asosiy qismlari kimga bo'ysunadi?
Umumjahon Jamoatining asosiy qismlari Pravoslav Patriarxlarga bo'ysunadi.
278. Jamoat viloyatlari va shaharlari kimga bo'ysunadi?
Kichikroq pravoslav viloyatlar va shaharlar mitropolitlar, arxiyepiskoplar va yepiskoplarga bo'ysunadi.
279. Jamoatga bo'ysunish burchi nimadan iboratligini qayerdan bilib olamiz?
Jamoatga bo'ysunish burchini bajara olish uchun imonlilardan nima talab qilishini bilib olishimiz kerak. Buni Muqaddas Kitobdan, muqaddas havoriylarning qoidalaridan, muqaddas Umumjahon va Mahalliy Soborlardan, muqaddas ajdodlar va ularning Jamoat uchun o‘rnatgan nizomlaridan bilib olishimiz mumkin.
Imon shahodatining o‘ninchi bandi haqida
280. Nima uchun Imon shahodatida Suvga cho‘mdirilish haqida aytiladi?
Imon shahodatida suvga cho‘mdirish haqida aytiladi, chunki imon suvga cho‘mdirish va boshqa Sirli marosimlar orqali mustahkamlanadi (tasdiqlanadi).
281. Sirli marosim nima?
Sirli marosim – bu Xudoning marhamati yoki Najotkor qudrati insonga maxfiy tarzda ta’sir etadigan muqaddas harakatdir.
282. Jami nechta Sirli marosim mavjud?
Jami yettita sirli marosim bor: Suvga cho'mish; Mirra moyi surtish; Non va Sharobni qabul qilish; Tavba qilish; Ruhoniylik; Nikoh; Zaytun moyi surtish.
283. Bu marosimlarning har biri qanday ruhiy qudratga ega?
Ushbu marosimlarning har biri o'ziga xos ruhiy kuchga ega: Suvga cho'mishda inson ruhiy hayot uchun sirli ravishda tug'iladi; Mirra moyi surtilganda inson ruhiy o'sishga yordam beradigan va mustahkamlovchi inoyatni oladi; Non va Sharobni qabul qilishda odam ruhiy oziqlanadi; Tavba qilganda ruhiy kasalliklardan, ya'ni gunohlardan shifo topadi; Ruhoniylikda u o'qitish va Sirli marosimlar orqali boshqalarni ruhan tiklash va tarbiyalash uchun inoyat oladi; Nikoh nikohni va bolalarning tabiiy tug'ilishi va tarbiyasini muqaddaslovchi inoyat oladi; Zaytun moyi surtilganda inson jismoniy kasalliklardan, ruhiy kasalliklardan shifo topadi.
284. Nima uchun Imon shahodatida bu marosimlar tilga olinmagan?
Imon shahodatida ulardan faqat suvga cho'mdirilish tilga olingan, chunki bu borada u paytda har xil fikrlar ilgari surilgan: masalan bid'atchilar ikkinchi marta suvga cho'mdirish mumkinmi degan savollarni berishar edi; shu boisdan ham Imon shahodatida bir marta suvda cho‘mdirilish lozimligi e’tirof etiladi.
Suvga cho‘mdirilish haqida
285. Suvga cho‘mdirilish o‘zi nima?
Suvga cho‘mdirishda imonlining butun tanasi Ota Xudo, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomini tilga olib, uch marta suvga ko‘miladi va shu orqali tanaviy va gunohkor hayot uchun o‘lib, Muqaddas Ruh orqali ruhiy va muqaddas hayot uchun qayta tug‘iladigan Sirli marosimdir.
“Suvdan va Ruhdan tug‘ilmagan bironta odam Xudoning Shohligiga kirolmaydi” (Yuhn. 3:5).
286. Suvga cho‘mdirilish qachon boshlangan?
Suvga cho‘mdirish dastlab Iordan daryosida Najotkorimiz Iso Masihdan oldin kelgan Yahyo cho‘mdiruvchidan boshlangan:
“Yahyo tavba qilganlarni suvga cho‘mdirar edi. U Isroil xalqiga, mendan keyin kelayotganga, ya’ni Isoga, imon keltiringlar, degan edi”. (Hav. 19:4).
Keyin Iso Masih Yahyo tomonidan suvga cho‘mdirildi va bu bilan mazkur marosimni muqaddas qildi. So‘ng, tirilganidan keyin, U havoriylarga shunday amr bergan:
“Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar”. (Mat. 28:19).
287. Suvga cho‘mdirish marosimida eng muhimi nima?
Suvga cho‘mdirish marosimidagi eng muhim narsa – uch marta suvga ko‘milish va quyidagi so‘zlarning aytilishi:
“Xudoning quli (ismi) Ota nomi bilan. Omin. O‘g‘il nomi bilan. Omin. Muqaddas Ruh nomi bila suvga cho‘mdiriladi. Omin”.
288. Suvga cho‘mdirishni istagan kishidan nima talab qilinadi?
Suvga cho‘mdirishni istagan kishidan tavba qilish va ishonish talab qilinadi, shuning uchun suvga cho‘mdirishdan oldin Imon shahodati o‘qiladi.
“Tavba qilinglar, har biringiz Iso Masihning nomi bilan suvga cho‘minglar, toki gunohlaringiz kechirilsin. Shunda sizlar Muqaddas Ruhni in’om qilib olasizlar”. (Hav. 2:38)
“Kimki Xushxabarga ishonib, suvga cho‘mdirilsa, najot topadi. Ishonmagan esa mahkum bo‘ladi”. (Mark 16:16).
289. Nima uchun chaqaloqlarni suvga cho‘mdirishadi?
Chaqaloqlar ota-onalari yoki qarovchilarning imoni asosida suvga cho‘mdiriladi. Ota-onalarga yoki qarovchilarga bolalari katta bo‘lgunlariga qadar ularga imon yo‘li haqida o‘rgatish majburiyati yuklanadi.
290. Muqaddas Kitobda chaqaloqlarni suvga cho‘mdirish lozimligi haqida aytiladimi?
Muqaddas Kitobda chaqaloqlarni suvga cho‘mdirish lozimligi haqida aytilgan. Eski Ahd davrida sakkiz kunlik chaqaloqlarning sunnat qilingani buning yaqqol dalilidir, nega desangiz, Yangi Ahdda suvga cho‘mdirish sunnat qilishning o‘rnini bosadi, shuning uchun chaqaloqlarni suvga cho‘mdirish lozim.
291. Suvga cho‘mdirish Eski Ahddagi sunnat o‘rnini bosishi qayerdan ko‘rinadi?
Suvga cho‘mdirishning sunnat o‘rnini bosishi havoriyning imonlilarga murojaatidan ko‘rinadi:
“Masih orqali sizlar sunnat qilindingiz, bu jismoniy sunnat emas, balki Masih orqali qilinadigan sunnat, ya’ni gunohkor tabiatning kesib tashlanishidir. Suvga cho‘mdirilish orqali Masih bilan birga ko‘mildingiz. Masihni o‘likdan tiriltirgan Xudoning qudratiga bo‘lgan imoningiz tufayli Masih bilan birga tirildingiz” (Kol. 2:11-12).
292. Nima uchun suvga cho‘mdirilayotgan odamga vasiy tayinlanadi?
Suvga cho‘mdirilayotgan odamga vasiy tayinlanadi. Vasiy Jamoat oldida suvga cho‘mdirilayotgan kishining imonda ekanligiga guvoh vazifasini bajaradi va kishi suvga cho‘mdirilganidan keyin uning imonda mustahkam bo‘lishi uchun jon kuydirishini o‘z bo‘yniga oladi (qarang: Muqaddas Dionisiy Areopagit. Jamoat iyerarxiyasi haqida, 2-bob).
293. Nima uchun suvga cho‘mdirilayotgan kishi ustidan duo o‘qiladi?
Suvga cho‘mdirilayotgan kishi ustidan duo o‘qiladi, chunki Odam Ato gunoh qilgandan beri iblis odamzod ustidan hokimlik qiladi. Odamzod unga asir, qulday bo‘lib qolgan. Havoriy Pavlus aytadiki, Xudoning inoyatini bilmagan odamlar “yovuz ruhiy kuchlarning hokimi bo‘lgan shaytonga bo‘ysunib, gunohga botib yashaydi. Xudoga itoat qilmay yashayotganlarning yuraklarida amal qilayotgan — shayton.” (Efs. 2:2)
294. Duoning kuchi nimada?
Duoning kuchi imon bilan tilga olingan Iso Masihning nomida. Rabbimiz Iso Masih imonlilarga Uning nomim bilan jinlarni quvib chiqarishlarini va'da qilgan. (Mark. 16:17)
295. Xoch alomati qanday kuchga ega?
Xoch alomati Iso Masihning Rabbiy ekanligini til bilan ifoda etish bilan barobardir. Imonli odamning qo'l harakati bilan yoki boshqacha qilib Xoch belgisini ko‘rsatishi ham xuddi shunday kuchga ega.
Qudduslik Avliyo Kiril shunday deb yozadi: Xochga mixlanganni tan olishdan uyalmaylik, qo'llarimiz bilan peshonamizda va hamma narsada Xoch belgisini dadillik bilan tasvirlaylik: yeyayotgan nonimizda, ichadigan kosamizda; eshikdan kirishdan avval, chiqishdan avval, uxlab yotganimizda va turganimizda, yo'lda yurganimizda va dam olganimizda Xochni tasvirlaylik. U yo'qsillarga berilgan in’om, kuchsizlarga berilgan kuchli himoyadir. Bu Xudoning inoyati, imonlilar uchun – buyuk alomat, yovuz ruhlar uchun – dahshatga soluvchi quroldir (Ta’limot asoslari 13:36).
296. Xoch belgisi qachondan beri qo'llaniladi?
Xoch belgisidan foydalanish havoriylar davridan boshlangan (qarang: Muqaddas Dionisiy Areopagit. Jamoat iyerarxiyasi haqida, 2 va 5-boblar; Tertullian. Tojlar haqida, 3-bob; Tirilish haqida, 8-bob).
297. Suvga cho'mdirilgandan keyin kiyiladigan oq kiyim nimani anglatadi?
Suvga cho'mdirilgandan keyin kiyiladigan oq kiyim gunohdan poklanganlik va Masih yo‘lida hayot boshlaganlikning ramzidir.
298. Nima uchun suvga cho'mdirilayotgan kishining bo'yniga xoch taqiladi?
Suvga cho'mdirilayotgan kishining bo'yniga xoch taqiladi, chunki bu Iso Masihning buyrug'ini doimo eslatadi:
"Kimda–kim Menga ergashishni istasa, o‘zidan kechsin va xochini ko‘tarib, orqamdan yursin". (Mat. 16:24).
299. Suvga cho'mdirish havzasi atrofida yoniq sham bilan aylanish nimani anglatadi?
Suvga cho'mdirilayotgan kishining chiroq bilan havza atrofida aylanishi bu ruhiy quvonch va ruhiy yorug'lik bilan bog'liq ramzdir.
300. Nima uchun Imon shahodatida "gunohlar kechirilishi uchun bir marta suvda cho‘mdirilish " deyiladi?
Imon shahodatida “Gunohlar kechirilishi uchun bir marta suvda cho‘mdirilish” buyuriladi. Suvga cho'mdirish bir marta amalga oshiriladi va takrorlanmaydi.
301. Nima uchun takroran suvga cho'mdirib bo‘lmaydi?
Suvga cho'mdirish takrorlanmaydi, chunki bu ruhiy tug'ilishdir: odam bir marta tug'iladi, shuning uchun bir marta suvga cho'mdiriladi.
302. Suvga cho'mdirilganlarning gunohlari suvga cho'mdirilmaganlarnikiga o'xshaydimi?
Suvga cho'mdirilganlarning gunohlari suvga cho'mdirilmaganlarnikiga qaraganda og'irroqdir, chunki ular Xudoni tanib bilgan, Undan inoyat topgan odamlardir. Ularning mas’uliyati kattaroq bo‘ladi.
"Rabbimizu Najotkorimiz bo‘lgan Iso Masihni tanib, dunyoning qabohatlaridan qochib qutulgan odamlar yana eski qiliqlariga qaytib, qabihlikka mag‘lub bo‘lishsa, ularning so‘nggi ahvoli oldingidan ham battar bo‘ladi." (2 But. 2:20).
303. Suvga cho'mdirilgandan keyin qilingan gunohlar kechiriladimi?
Suvga cho'mdirilgandan keyin gunoh qilganlar uchun kechirim olishning yo‘li bor – bu tavba qilish.
Mirra moyini surtish haqida
304. Mirra surtish o‘zi nima?
Mirra surtish – bu Muqaddas Ruh nomidan tananing ayrim qismlariga muqaddas mirra (moy va xushbo‘y moddalar aralashmasi) surtish orqali imonliga Ruhning in’omlari beriladigan va uni ruhiy hayotda o‘stiruvchi va mustahkamlovchi Sirli marosimdir.
305. Muqaddas Kitobda bu marosim haqida nima deyilgan?
Muqaddas Kitobda, xususan havoriy Yuhannoning maktubida shunday deyilgan:
"Biroq sizlar muqaddas Bo‘lganning moylanishiga egasizlar va hamma narsani bilasizlar. … Xudodan olgan moylanish sizlarda bor ekan. Sizlarga birovning uqtirishining hojati yo‘qdir. Lekin shu moylanishning o‘zi sizlarga hamma narsani ’rgatganidek – bu esa yolg‘on emas, balki haqiqatdir – shunday qilib, u sizlarga o‘rgatganidek, Masihda bo‘linglar.” (Muqaddas Yozuv 1 Yuhn. 2:20,27).
Havoriy Pavlus ham shunday deydi:
"Iso Masihda sizlar bilan bizni mustahkamlagan va moylagan Xudoning O‘zidir. U bizga muhr bosdi va yuraklarimizga Ruhning garovini berdi " (Muqaddas Yozuv 2Kor. 1:21-22).
Shu boisdan ham Mirra surtish marosimida: “U bizga muhr bosdi va yuraklarimizga Ruhning garovini berdi” deyiladi.
306. Mirra surtishning tashqi ta’siri haqida
Xushxabar muallifi Yuhannoning so'zlari shu haqida deb taxmin qilishimiz mumkin. Shuningdek, havoriylar suvga cho'mdirilganlarga Muqaddas Ruh in'omlarini berish uchun qo'l qo'yib duo qilganlari ma'lum (Hav. 8:14-17 ga qarang). Havoriylarning vorislari buning o'rniga Mirra surtishgan. Bunda Eski Ahd davrida qo'llanilgan moylash amaliyotiga asoslanilgan bo‘lishi mumkin (qarang: Chiqish 30:25; 3 Shohlar 1:39. Avliyo Dionisiy Areopagit. Jamoat ierarxiyasi haqida, 4-bob).
307. Muqaddas mirraning o‘ziga xos xususiyati nima?
Muqaddas mirrani muqaddaslash huquqi oliy iyerarxlarga, ya'ni Muqaddas Ruh in'omi berilishi uchun qo‘l qo‘yib duo qilish marosimini o‘tkaza oladigan havoriylarning vorislariga tegishlidir.
308. Tana qismlariga mirra surtish nimani anglatadi?
Peshonaga (qoshga) mirra surtish – aql yoki fikrlarning muqaddaslanishini anglatadi.
309. Ko‘krakka mirra surtish
– qalb va ichki istaklarning muqaddaslanishini anglatadi.
310. Ko‘z, quloq va lablarga mirra surtish
– hissiyotlarning muqaddaslanishini anglatadi.
311. Qo‘llar va oyoqlarga mirra surtish
– masihiyning ishlari va butun xatti-harakatlarining muqaddaslanishini anglatadi.
Masihda jo bo’lish haqida
312. Masihda jo bo’lish (Evxaristiya) qanaqa sirli marosim?
Masihda jo bo’lish Sirli marosim hisoblanadi va unda imonli odam abadiy hayot uchun non va sharob ko'rinishida bo‘lgan Iso Masihning haqiqiy Tanasi va Qonini tanovul qiladi.
313. Bu sirli marosim qanday o'rnatilgan?
Bu sirli marosimga Rabbimiz Iso Masih azob-uqubatlaridan oldin asos slogan va unda oldinda Uni kutgan azoblarini ramziy tarzda tasvirlab bergan. Havoriylarga non va sharob berib, Rabbimiz bu marosimni doimo bajarishni buyurgan.
314. Bu marosim masihiylar sajdasida qanday o'rni egallaydi?
Masihda jo bo’lish masihiylar sajdasining eng asosiy va eng muhim qismidir.
315. Sajda qilishda qaysi paytda Masihda jo bo’lish marosimi o'tkaziladi?
Masihda jo bo’lish sirli marosimi Liturgiya paytida o‘tkaziladi.
316. "Liturgiya" so'zi nimani anglatadi?
"Liturgiya" so'zi jamoat xizmatini anglatadi. Biroq faqatgina Masihda jo bo’lish sirli marosim o'tkaziladigan sajda xizmatigina Liturgiya deb ataladi.
317. Liturgiya qayerda o'tkazilishi kerak?
Liturgiya jamoat oqsoqoli, yani ruhoniyning duosi bilan trapeza yoki antimin bor ibodatxonada o'tkazilishi kerak.
318. Nima uchun ibodatxona Jamoat deb ham ataladi?
Ibadatxona Jamoat deb ataladi, chunki unda ibodat qilish va Sirli marosimlarni o'tkazish uchun Jamoat a'zolari bo'lgan imonlilar yig'iladi.
319. Nima uchun trapeza mehrob deb ham ataladi?
Masihda jo bo’lish marosimi o'tkaziladigan trapeza mehrob deb ataladi, chunki unda Iso Masih sirli tarzda Shoh sifatida hozir bo‘ladi.
320. Liturgiyani o'tkazishning umumiy tartibi qanday?
Liturgiyani o'tkazishning umumiy tartibi quyidagicha:
1) Sirli marosim uchun zarur narsalar tayyorlanadi;
2) Imonlilar sirli marosimga tayyorlanadi;
3) Sirli Marosim o‘tkaziladi.
321. Liturgiyaning qaysi qismida marosim uchun zarur narsalar tayyorlanadi?
Liturgiyaning sirli marosim uchun zarur narsalar tayyorlanadigan qismi Proskomidiya deb ataladi.
322. "Proskomidiya" so'zi nimani anglatadi?
"Proskomidiya" so'zi "olib kelish" degan ma'noni anglatadi.
323. Nima uchun Liturgiyaning birinchi qismi Proskomidiya deb ataladi?
Liturgiyaning birinchi qismi ilk davrdagi masihiylar sirli marosim uchun Jamoatga non va sharob olib kelish odatiga ko'ra Proskomidiya deb ataladi. Xuddi shu sababga ko'ra, bu non "prosfora" (tuhfa) deb ataladi.
324. Proskomidiyaning mazmuni nimada?
Proskomidiya – Liturgiyaning bir qismi bo‘lib, unda Iso Masihning tug'ilishi va azob-uqubatlariga oid bashortlari, va'dalari, ramzlari va hokazo voqealar xotirlanadi. Bu paytda prosforadan marosim uchun zarur bo'lgan qism ajratiladi va muqaddas idishga suv aralashgan sharob quyiladi. Shuningdek, ruhoniy butun Jamoatni va solih imonlilarni eslab, tiriklar va vafot etganlar, hokimiyat vakillari va imon bilan prosfora olib kelganlar uchun ibodat qiladi.
325. Proskomidiya uchun qanday non ishlatiladi?
Sirli Marosim uchun haqiqiy, sirli marosimning muqaddasligi talabiga javob beradigan, Rabbimiz Iso Masih va havoriylarning misolida bo‘lganiday non talab qilinadi, ya'ni: xamirturushli, toza, bug'doy noni.
326. Nima uchun Masihda jo bo’lish uchun bitta non ishlatiladi?
Masihda jo bo’lish uchun ishlatiladigan yagona non havoriyning tushuntirishicha:
"Bitta nonni bo‘lishib yeganimizday, biz hammamiz, ko‘pchilik bo‘lsak–da, bir tanani hosil qilamiz." (1Kor. 10:17).
327. Nima uchun Masihda jo bo’lish marosimiga tayyorlangan non "Qo'zi" deb ataladi?
Masihda jo bo’lish uchun tayyorlangan non "Qo'zi" deb ataladi, chunki u azob chekkan Iso Masihning timsolidir, Eski Ahdda uni Fisih qo'zisi ifoda etgan.
328. Fisih qo'zisi o‘zi nima?
Fisih qo'zisi – bu Isroil xalqi Xudoning buyrug'i bilan Misrdagi qullikdan chiqqanlarini xotirlash uchun tanovul qilgan qo'zi.
329. Masihda jo bo’lish uchun sharob suv bilan aralashtiriladi. Nima uchun?
Masihda jo bo’lish uchun sharob suv bilan aralashtiriladi, chunki bu marosim Masihning azob-uqubatlari namunasida amalga oshiriladi, uning biqiniga nayza sanchilganida qon va suv oqib chiqqan.
330. Imonlilarni marosimga tayyorlaydigan Liturgiya qismi qanday ataladi?
Imonlilarni marosimga tayyorlaydigan Liturgiya qismi qadimda "E'tiqodga chaqirilganlar liturgiyasi" deb atalgan. Unda nafaqa suvga cho'mdirilganlar va Masihda jo bo’lish marosimida ishtirok etadiganlar, balki suvga cho'mdirilishga tayyorlanayotgan "e'tiqodga chaqirilganlar" ham, shuningdek Masihda jo bo’lishdan mahrum etilgan tavba qiluvchilar ham ishtirok etishlari mumkin.
331. E'tiqodga chaqirilganlar liturgiyasi qanday boshlanadi?
E'tiqodga chaqirilganlar liturgiyasi Muqaddas Uchlik shohligini ulug‘lash va duo o‘qish bilan boshlanadi.
332. E'tiqodga chaqirilganlar liturgiyasi nimalardan iborat?
E'tiqodga chaqirilganlar liturgiyasi ibodat, Xudoni madh etish, Havoriylar kitoblarini va Xushxabar hikoyalarini o'qishdan iborat bo‘ladi.
333. E'tiqodga chaqirilganlar liturgiyasi qanday tugaydi?
E'tiqodga chaqirilganlar liturgiyasi "e'tiqodga chaqirilganlar"ga ibodatxonadan chiqish buyrug'i bilan tugaydi.
334. “Xudoga sodiq bo‘lganlar liturgiyasi" deb nimani aytadi?
Masihda jo bo’lish marosimi o'tkaziladigan Liturgiya qismi "sodiq bo‘lganlar liturgiyasi" deb ataladi. Sajda xizmatining bu qismida faqat suvga cho'mdirilgan "imonlilar" ishtirok etadi.
335. sodiq bo‘lganlar liturgiyasining eng muhim harakati nima?
Sodiq bo‘lganlar liturgiyasida eng muhim qism – Iso Masih sirli marosimni o'rnatganda aytgan so'zlarni takrorlash:
"Olinglar, yenglar, bu Mening tanamdir,... Bu ko‘plarning gunohlari kechirilishi uchun to‘kilayotgan Yangi Ahddagi Mening Qonimdir” (Muqaddas Yozuv; Mat. 26:26-28);
So‘ng Muqaddas Ruhga ibodat qilinadi va in’omlar ustidan duo o‘qiladi, ya’ni non va sharob ustidan.
336. Ushbu harakatning mazmuni nimada?
Bu paytda non va sharob ustiga uch marta duo o‘qilganidan keyin ular Iso Masihning haqiqiy Tanasi va haqiqiy Qoniga aylanadi yoki mohiyati o‘zgaradi.
337. "Non va sharobning mohiyati o‘zgarishi" ni qanday tushunish mumkin?
Sharqiy Patriarxlarning e'tiqod bayonida aytilishicha, "Non va sharobning mohiyati o‘zgarishi" inson tasavvuriga sig‘maydigan jarayon. Buni Xudodan boshqa hech kim tushunmaydi. Buni faqat Xudo biladi. Non Rabbimizning haqiqiy Tanasiga, sharob – haqiqiy Qoniga aylanadi.
Xuddi shuni tasdiqlab, Damashqlik Avliyo Yuhanno Rabbimizning Muqaddas va eng sof sirlari haqida shunday yozadi: "Tana haqiqatan ham Muqaddas Bokira qizdan tugilgan Rabbiy bilan birlashadi. Lekin osmonga ko'tarilgan Rabbimiz yer yuziga tushishi natijasida emas, balki non va sharob Xudoning tanasi va qoniga aylanishi natijasida. Buni qanday sodir bo'lishini bilishni istasang, aytamiz: “Muqaddas Ruhning tushishi bilan” Xuddi shu tarzda, Muqaddas Ruhning tushishi orqali Rabbiy Onalari Maryamning qornida Tanada paydo bo‘lgan. Xudoning Kalomi to'g'ri, haqiqiy va hamma narsaga qodir ekanligini bilaman, bundan ortig‘i menga noma’lum". (4-kitob, 13-bob, 7-oyat.).
338. Masihda jo bo’lishdan avval qanday amallar qilinadi?
Masihda jo bo’lish marosimini qabul qilmoqchi bo'lgan odam Xudo oldida vijdonini tekshirishi va gunohlari uchun tavba qilishi kerak. Bunda ro'za va ibodat yordam beradi.
"Shuning uchun har bir kishi o‘z–o‘zini tekshirib ko‘rsin, shundan so‘nggina nondan yesin va sharobdan ichsin. Rabbimizning tanasini pisand qilmasdan yeb–ichgan odam o‘zini o‘zi mahkum qilgan bo‘ladi." (1Kor. 11:28-29).
339. Masihda jo bo’lish marosimida biz bilan nima yuz beradi?
Masihning Tanasi va Qonini qabul qilgan imonli Iso Masih bilan birlashadi va Unda abadiy hayotga ega bo'ladi.
"Tanamni yeb, qonimni ichadigan odam Menda, Men esa unda yashayman." (Yuhn. 6:56).
"Mening tanamni yegan va qonimni ichgan odam esa abadiy hayotga egadir. Men uni oxiratda tiriltiraman." (Yuhn. 6:54).
340. Masihda jo bo’lish marosimidan qancha vaqtda bir o‘tish lozim?
Qadimgi masihiylar har yakshanba kuni Masihda jo bo’lish marosimidan o‘tgan. Hozirgi kunda istalgan paytda mana shu ulug', sirli marosimdan o‘ta oladigan darajada pok hayot kechirgan imonlilar ko‘p emas. Taqvoli hayot kechirishga undaydigan Jamoat imonlilarni ona singari yiliga to'rt marta yoki oyda bir marta, rosa bo‘lmasa, kamida yiliga bir marta Masihda jo bo’lish marosimidan o‘tishga chorlaydi (qarang: Pravoslav imonlilarning e'tiqodi, 1-qism, 90-savol).
341. Masihda jo bo’lish marosimidan o‘tmaydiganlar Liturgiyada qanday ishtirok etishadi?
Masihda jo bo’lish marosimidan o‘tmaydiganlar ham imon bilan, ibodat qilib, ayniqsa Rabbimiz Iso Masihni doimo xotirlagan hollarida Liturgiyada ishtirok etishlari kerak, chunki Rabbimiz:
"Birgalikda non sindirib yeganingizda Meni xotirlanglar", degan (Luqo 22:19).
342. Liturgiya paytida Muqaddas Kitobni qo‘lda ko‘tarib yurish nimani anglatadi?
Liturgiya paytida ruhoniy qo‘liga Xushxabar kitobini olib yuradi va bu bilan va'z qilish uchun chiqqan Rabbiy Iso Masihni xotirlaydi. Shuning uchun, Muqaddas Kitobdan o‘qib eshittirilganda biz xuddi Iso Masihni ko'rib turganday va eshitayotganday e'tibor qilishimiz va hurmat ko‘rsatishimiz lozim.
343. Muqaddas in’omlar tayyorlangan holda yurishni qanday qabul qilish kerak?
Muqaddas in’omlar bilan mehrobga kirilganda Iso Masih O‘zini azob-uqubatlarga topshirgani, qurbon bo‘lgani xotirlanadi. Aslida Uni Shoh deb bilgan o‘n minglab farishtalar himoya qilishga tayyor bo‘lgan. "Hukmdorlarning Hukmdori, shohlarning Shohi bo‘g‘izlanish uchun keladi (Buyuk Shanba Liturgiyasidan qo‘shiq).
344. Sirli marosim o'tkazilayotgan paytda nimani eslashimiz kerak?
Sirli marosim o'tkazilayotgan paytda, ruhoniylar Masihda jo bo’lish marosimidan o‘tayotganlarida Iso Masihning havoriylar bilan o'tkazgan Qutlug‘ Kechligini, Uning azob-uqubatlarini, o'limini va dafn etilganini eslashimiz kerak.
345. Pardalarning, shoh darvozalarining ochilishi, Muqaddas in’omlarning namoyon qilinishi nimani anglatadi?
Parda va shoh darvozalarining ochilishi, Muqaddas in’omlar namoyon bo'lishi Iso Masihning tirilgandan keyin odamlarga zohir bo‘lganini ifodalaydi.
346. Muqaddas in’omlarning oxirgi marta xalqqa ko'rsatilishi nimani anglatadi?
Muqaddas in’omlarning oxirgi marta ko'rsatilib, keyin yashirilishi Iso Masihning osmonga ko'targanini ifodalaydi.
347. Masihda jo bo’lish sirli marosimi haqiqiy Jamoatda abadiy qoladimi?
Masihiylarning haqiqiy Jamoatida Masihda jo bo’lish sirli marosimi Iso Masihning ikkinchi kelishigacha davom etadi, havoriy Pavlusning so'zlariga ko'ra:
"Har safar birgalikda shu tarzda non yeb, sharob ichar ekansiz, Rabbimiz kelguniga qadar Uning o‘limini e’lon qilayotgan bo‘lasizlar." (1Kor. 11:26).
Tavba qilish haqida
348. Tavba qilish nima?
Tavba qilish – Sirli marosim bo‘lib, unda gunohlari uchun tavba qilgan kishining ruhoniy tomonidan kechirim topadi, Rabbimiz Iso Masih tomonidan gunohlardan ko'rinmas tarzda ozod etiladi.
349. Bu SIrli marosim qachon paydo bo'lgan?
Bu sirli marosim Yahyo cho'mdiruvchidan boshlangan: Yahyo uning oldiga kelganlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga cho‘minglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb va’z qilardi. Butun Yahudiya yurti va Quddus aholisi Yahyoning oldiga borishardi. Ular gunohlarini e’tirof etishar, Yahyo ularni Iordan daryosida cho‘mdirar edi. " (Mark 1:4-5). Iso Masih havoriylarga gunohlarni kechirish vakolatini berib:
"Sizlarga chinini aytayin: yer yuzida sizlar nimani taqiqlasangizlar, osmonda ham taqiqlanadi. Yer yuzida sizlar nimaga ijozat bersangizlar, osmonda ham ijozat beriladi", deb va’da qilgan (Mat. 18:18). So‘ng, o‘likdan tirilganidan keyin O‘zi aytganiday:
"…, ularning ustiga pufladi–da: “Muqaddas Ruhni qabul qilinglar, — dedi. — Sizlar kimning gunohlarini kechirsangizlar, u kechiriladi. Kimning gunohlarini kechirmasangizlar, u kechirimsiz qolaveradi." (Yuh. 20:22-23).
350. Tavba qilmoqchi bo‘lgan odamdan nima talab qilinadi?
Tavba qiluvchidan gunohlarini e’tirof etish, hayotini tuzatishga qat'iy niyat qilish, Iso Masihga ishonish va Uning inoyatiga umid qilish talab qilinadi.
351. Tavba qilishga nima yordam beradi?
Tavba qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ro'za tutiladi va ibodat qilinadi.
352. Jamoat tavba qiluvchiga yordam berish uchun qanday vositalardan foydalanadi?
Muqaddas Jamoat tavba qilgan gunohkorning vijdonini tozalash va tinchlantirish uchun maxsus vosita – yepitimiyadan foydalanadi.
353. "Yepitimiya" so'zi nimani anglatadi?
Yepitimiya so'zi "taqiq" degan ma'noni anglatadi (qarang 2Kor. 2:6). Yepitimiya sifatida, zarurat tug'ilganda, tavba qiluvchiga gunoh kuchidan ozod bo'lish va gunohli odatni yengish maqsadida ba'zi Xudoga maqbul mashqlar va cheklovlar buyuriladi. Masalan, hamma uchun belgilangan ro'zadan tashqari qo'shimcha ro'za tutish yoki og'ir gunohlar uchun ma'lum muddatga Masihda jo bo’lishdan chetlashtirish.
Ruhoniylik haqida
354. Ruhoniylik nima?
Ruhoniylik – bu Muqaddas Ruh tomonidan to'g'ri tanlangan nomzodga nozir (yepiskop) qo'l qo'yib duo qilish marosimi orqali Sirli Marosimlarni o'tkazish va Masihning izdoshlariga cho‘ponlik qilish vakolatini beradigan Sirli Marosimdir.
"Odamlar bizni Masihning xizmatkorlari hamda Xudoning sir–asrorlarini bayon etishga mas’ul insonlar, deb bilishlari kerak." (1 Korinfliklar 4:1).
"O‘zlaringizni ehtiyot qilinglar, suruvni ham ehtiyot qilinglar. Chunki Muqaddas Ruh ularni sizning qaramog‘ingizga bergan. Xudoning jamoatiga cho‘pon bo‘linglar. U bu jamoatni O‘zining O‘g‘li qoni evaziga sotib olgan." (Havoriylar 20:28).
355. Jamoatga cho‘ponlik qilish nimani anglatadi?
Jamoatga cho‘ponlik qilish – odamlarni imon, taqvo va xayrli ishlarga yo'llashni anglatadi.
356. Ruhoniylik nechta darajadan iborat?
Ruhoniylikning uch darajasi mavjud:
1. Nozir (yepiskop)
2. Jamoa boshi, oqsoqol (presviter)
3. Xizmatchi (diakon)
357. Ruhoniylik darajalarida qanday farq bor?
– Jamoa xizmatchisi (Diakon) Sirli marosimlarda yordam beradi (lekin ularni o'zi o'tkazmaydi);
– Jamoa boshi Presviter Sirli marosimlarni o'tkazadi, lekin nozirga (yepiskopga) bo'ysunadi;
– Nozir (Yepiskop) nafaqat Sirli marosimlarni o'tkazadi, balki boshqalarga qo'l qo'yib duo qilish orqali Sirli marosimlarni o'tkazish inoyatini (vakolatini) bera oladi.
Havoriy Pavlus Titusga shunday yozgan:
"Qolgan ishlarni bitirishing uchun men seni Krit orolida qoldirgan edim. Senga buyurganimdek, orolning har bir shahridagi imonlilar jamoati ustidan oqsoqollar (jamoa boshlarini) tayinlagin". (Titus 1:5).
Timo‘tiyga shunday yozgan:
"Hech kimga qo'lingni shoshilinch qo‘ymagin” (MY. 1 Timo‘tiyga 5:22).
Nikoh to‘g‘risida
358. Nikoh o‘zi nima?
Nikoh — bu Sirli marosim bo‘lib, unda kelin va kuyov ruhoniy va Jamoat oldida bir-biriga bir umr sodiq qolishni va’da qilishadi. Nikoh ittifoqi Iso Masih bilan Jamoatning ruhiy ittifoqini ifoda etadi. Nikoh tuzilganda kelin kuyovga Xudoda bir bo‘lishlari va qonunga muvofiq ravishda farzand ko‘rib, ularni masihiy qilib o‘stirishlari va Xudo yo‘lida tarbiyalashlari uchun inoyat beriladi.
359. Nikoh nima uchun Sirli marosim hisoblanadi?
Nikohning Sirli marosim ekanligi, Havoriy Pavlusning quyidagi so‘zlaridan ko‘rinadi:
"Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo‘lak chiqib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar. Bu buyuk sirdir, endi Masih hamda jamoatga ham taalluqlidir. "(Efesliklar 5:31-32).
360. Hamma nikoh qurishi shartmi?
Hamma nikoh qurishi shart emas. Agar kishi o‘zini bundan tiyishga qodir bo‘lsa, bokiralik nikohdan ko‘ra afzaldir. Rabbimiz Iso Masih:
"Bu ta’limotni qabul qila oladigan qabul qilsin”, degan (Matto 19:12).
Havoriy Pavlus shunday yozgan:
"Beva ayollaru xotini o‘lgan erkaklarga shunday deyman: “Men kabi bo‘lsangiz, sizlar uchun yaxshidir.” Ammo ular o‘zlarini tiya olmasalar, uylansinlar, erga tegsinlar.... Bo‘ydoqning asosiy tashvishi Rabbimiz Isoni mamnun qilish, Uning ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishdir. Uylangan kishi esa xotinini mamnun qilish niyatida dunyoviy ishlar haqida qayg‘uradi.... Shunday qilib, o‘z qaylig‘iga uylangan kishi yaxshi ish qilgan bo‘ladi, uylanmagan esa undan ham yaxshiroq ish qilgan bo‘ladi". (1 Korinfliklar 7:8-9, 32-33, 38).
Zaytun moyi surtish haqida
361. Zaytun moyi surtish nima?
Zaytun moyi surtish — bu Sirli marosim bo‘lib, unda bemorning taniga muqaddas moy (muqaddas qilingan) surtiladi va bu bilan Xudodan ruhiy va jismoniy kasalliklarni davolovchi inoyat so‘raladi.
362. Bu sirli marosim qayerdan kelib chiqqan?
Bu marosim havoriylardan boshlangan, ular Iso Masihdan olgan hokimiyat bilan:
"… ko‘p xastalarga moy surtib ularni sog‘aytirishdi" (Mark 6:13).
Havoriylar bu sirli marosimni Jamoat ruhoniylariga topshirishgan, buni havoriy Yoqubning quyidagi so‘zlaridan ko‘rishimiz mumkin:
"Orangizda kasal bo‘lgan bormi? Jamoat oqsoqollarini chaqirtirsin. Ular ibodat qilib, Rabbimiz Iso nomi bilan bemorning boshiga zaytun moyini surtsinlar. Imon bilan qilingan ibodat bemorni sog‘aytiradi, Rabbimizning O‘zi unga shifo beradi. Agar bemor gunoh qilgan bo‘lsa, Rabbimiz uni kechiradi." (Yoqub 5:14-15).
Imon shahodatining o‘n birinchi bandi haqida
363. O‘liklarning tirilishi nima?
O‘liklarning tirilishi — bu biz kutayotgan kun bo‘lib, unda Xudoning qudrati namoyon bo‘ladi – vafot etgan odamlarga yana ruh beriladi va ular abadiy hayot uchun tiriladilar.
"Hozirgi tanamiz moddiy bir jism bo‘lsa, tiriladigan tanamiz ruhiy bir tana bo‘ladi. Axir, moddiy tana bor ekan, ruhiy tana ham bor–da!" (1 Korinfliklar 15:44).
"Chunki bizning o‘ladigan tanamiz o‘lmaydigan tanaga, foniy tanamiz mangu tanaga aylanishi kerak." (1 Korinfliklar 15:53).
364. Tan tirila oladimi?
Tuproqda chirigan va tarqalib ketgan tana qaytadan tiriladi Chunki Xudo boshida tanni tuproqdan yaratgan, shu sababli u oxirida tuproqdan tarqalgan tanani qayta tiklaydi. Havoriy Pavlus buni ekilgan uruqqa qiyoslagan va: “ekilgan urug‘ o‘lmasa, o‘simlik o‘sib chiqmaydi– ku!", deydi (1 Korinfliklar 15:36).
365. Hamma tiriladimi?
Barcha o‘liklar tiriladi, lekin hamma tiriladigan kun hali o‘lmaganlarning tanasi bir lahzada o‘zgarib, ruhiy va o‘lmas bo‘lib qoladi.
"Mana, men sizlarga bir sirni bildirmoqchiman: biz hammamiz ham o‘lmaymiz, ammo hammamiz o‘zgaramiz. To‘satdan, ko‘z ochib yumguncha, oxirzamon karnayi chalinganda o‘zgaramiz. Ha, karnay chalinadi va shu onda marhumlar hech o‘lmaydigan bo‘lib tiriladilar. Shunda biz ham o‘zgaramiz." (1 Korinfliklar 15:51-52).
366. O‘liklarning tirilishi qachon bo‘ladi?
O‘liklar oxiratda tiriladi.
367. Bu ko‘rinadigan dunyo qanday tugaydi?
O‘lim hukmron bo‘lgan bu dunyo o‘lim bo‘lmaydigan dunyoga aylanadi.
"Shunday bo‘lsa–da, mavjudot chirib–bitish qulligidan ozod etilib, Xudoning farzandlari bilan birga ulug‘vor erkinlikdan bahramand bo‘lishiga umid bor." (Rimliklar 8:21)
"Shundan so‘ng Xudoning va’dasi amalga oshib, hamma narsa yangilanadi. Ha, biz yangi yeru osmonga, adolat hukm suradigan dunyoga ko‘z tikkanmiz." (2 Butrus 3:13).
368. Dunyo qanday o‘zgaradi?
Dunyo olov orqali o‘zgaradi.
"Hozirgi yeru osmonni esa Xudo O‘z kalomi bilan qiyomat kunigacha asrab turibdi. Qiyomat kuni U hozirgi dunyoni olovga yem qilib, barcha betavfiqlarni halok etadi." (2 Butrus 3:7).
369. Hamma tirilgan kuni o‘liklarning ruhlari qanday holatda bo‘ladi?
Solih bo‘lib yashab o‘tganlarning ruhlari, hamma tiriladigan kun yorug'likda, tinchlikda tiriladi va abadiy farog‘at diyoriga kirib boradilar, gunohkorlarning ruhlari esa aksincha, abadiy zulmatga botadi.
370. Solihlarning ruhlari mutlaq baxtda yashaydimi?
Solihlarning ruhlari mutlaq baxtga hali erishmaydi, chunki Mutlaq baxt va farog‘atga tana tirilishi va Xudoning oxirgi qiyomat hukmidan keyin erishiladi. Havoriy Pavlus shunday deydi:
" Meni solihlik toji kutmoqda. Odil hakam — Rabbimiz Iso kelgan kunida o‘sha tojni menga O‘zi beradi. Bunday toj faqat menga emas, balki Uning kelishini intizorlik bilan kutayotganlarning hammasiga nasib bo‘ladi." (2 Timotiy 4:8).
Yana shunday deyilgan:
"Chunki har birimiz Masihning hukm kursisi oldida hozir bo‘lishimiz kerak. Shunda har birimiz, xoh yaxshi ishlar bo‘lsin, xoh yomon, qilganlarimizga yarasha mukofot yoki jazo olamiz”. (2 Korinfliklar 5:10).
371. Solihlarning ruhlari Xudoning farog‘at diyori ostonasida ekanliklarini qayerdan bilamiz?
Solihlarning ruhlari oxirgi hukmdan oldin Xudoning farog‘at diyori ostonasida turganlarini Iso Masihning masalidan bilamiz: Rabbimiz solih Lazar vafotidan so‘ng Ibrohimning yoniga olib borganlarini aytadi (Luqo 16:22).
372. Xudoning farog‘at diyori ostonasi qanaqa joy?
Xudoning farog‘at diyori ostonasida solihlar Iso Masih bilan bir bo‘ladilar. Bu Xudoning azizlariga nasib etadigan baxt bo‘lib, Havoriy Pavlus bu borada shunday degan:
"Mening istagim bu dunyodan ketib, Masih bilan birga bo‘lishdir. Shunday bo‘lsa juda yaxshi bo‘lardi." (Filippiliklar 1:23).
373. Tavba qilishga ulgurmagan imonlilarning ruhlari uchun umid bormi?
Imon keltirgan hollarida vafot etgan, lekin tavba qilishga ulgurmagan odamlarning ruhlari solihlar bilan tirilishlari uchun ibodat qilish lozim. Ayniqsa ularning xotirasiga Masihning Tanasi va Qoni haqi imon bilan xayrli ishlar qilish bunday odamlarning ruhlariga madad bo‘ladi.
374. Bu ta’lim Umumjahon Jamoat ta’limotiga asoslanadi, uning asoslarini Eski Ahd kitoblaridan ko‘rishimiz mumkin.
Yahudo Makkaviy vafot etgan jangchilar uchun qurbonlik qilgan (2 Makkaviylar 12:43). Vafot etganlar uchun duo qilish havoriy Yoqub Liturgiyasidan boshlab, har doim ilohiy Liturgiyaning ajralmas qismi bo‘lgan. Qudduslik avliyo Kirill shunday degan: "Muqaddas va dahshatli Qurbonlik taqdim etilganda qilinadigan duolar ruhlar uchun katta foyda keltiradi" (Ilohiy sirlar haqida ta’limot, 5, bob 9). Buyuk avliyo Vasiliy Elliginchi kun ibodatida aytadiki, Xudo bizdan do‘zaxda saqlanayotganlar uchun qilinadigan duolar va qurbonliklarni qabul qiladi, ularga tinchlik, azoblarning tugashi va ozodlik umidini beradi.
Imon shahodatining o‘n ikkinchi bandi haqida
375. Abadiy hayot nima degani?
Abadiy hayot – bu o‘liklar tirilib, Masih butun odamzodni hukm qilganidan keyin boshlanadigan hayot.
376. Abadiy hayot qanday bo‘ladi?
Abadiy hayot Xudoni sevadigan va xayrli ishlar qiladigan imonlilar uchun shunday baxtli bo‘ladiki, biz hozir uni tasavvur ham qila olmaymiz.
"Ammo kelajakda kim bo‘lishimiz bizga hanuz ochilmagan." (1 Yuhanno 3:2).
Havoriy Pavlus shunday degan:
"Masihga qarashli bir odamni bilaman.... o‘sha odam jannatga ko‘tarilganda insonning tili ta’riflashga ojiz bo‘lgan so‘zlarni eshitdi. Bunday so‘zlarni inson tilga olmasligi kerak." (2 Korinfliklar 12:2,4).
377. Abadiy hayot nimasi bilan go‘zal bo‘ladi?
Abadiy hayotga erishganlar Xudoni nur va shuhratda ko‘rib, U bilan birlashadilar.
"Shu singari, biz hozir xira oyna orqali ko‘rganday bo‘lyapmiz, ammo vaqti kelganda aniq ko‘ramiz. Hozirgi bilganlarim to‘liq emas. O‘sha paytda esa Xudo meni to‘liq bilgani kabi, men ham hamma narsani to‘liq tushunaman." (1 Korinfliklar 13:12).
"Shunda solihlar o‘z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar. Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!" (Matto 13:43).
"Hamma narsa Masihga tobe qildirilgandan keyin, O‘g‘il ham O‘ziga hamma narsani tobe qildirgan Xudoga tobe bo‘ladi, toki Xudo borliqning ustidan butunlay hukmron bo‘lsin." (1 Korinfliklar 15:28).
378. Imonlilar buni tanalarida his etadimi?
Tana ham ruh ham bu baxtga muyassar bo‘ladi. Tanalari Iso Masihning Zaytun tog‘ida qiyofasi o‘zgarganida bo‘lganidek, Xudoning nuri bilan porlaydi.
"Hozirgi ojiz va xor bo‘lgan tanamiz, qudratu ulug‘vorlikka to‘la ravishda tiriladi." (1 Korinfliklar 15:43).
"Biz tuproqdan yaratilgan odamga o‘xshar ekanmiz, bir kun kelib samoviy Odamga ham o‘xshagan bo‘lamiz." (1 Korinfliklar 15:49).
379. Hamma birday baxtga erishadimi?
Hamma bir xil darajada baxtga erishmaydi. Har kim bu dunyodagi imoni, sevgisi va xayrli ishlariga qarab har xil taqdirlanadi.
"Quyoshning ko‘rki boshqa, oyning ko‘rki boshqa hamda yulduzlarning ko‘rki boshqa. Axir, yulduzlar ham o‘z ko‘rkiga yarasha bir–biridan farq qiladi. O‘liklarning tirilish jarayoni ham quyidagiga o‘xshaydi: ekilgan urug‘dan o‘simlik o‘sib chiqqanday, o‘ladigan tanamiz o‘lmaydigan bo‘lib tiriladi." (1 Korinfliklar 15:41-42).
380. Xudoga ishonmagan, qonunlariga bo‘ysunmaganlar bilan nima bo‘ladi?
Xudoga ishonmagan, qonunlariga bo‘ysunmaganlar abadiy o‘limga, boshqacha qilib aytganda, abadiy olovga, shaytonga ergashganlar bilan birga abadiy azobga topshiriladi.
"Ismlari hayot kitobida yozilmaganlarning hammasi olov ko‘liga tashlanadi" (Vahiy 20:15).
"Mana bu olov ko‘li ikkinchi o‘limdir." (Vahiy 20:14).
"So‘ng U chap tomondagilarga ham aytadi: — Ey la’natilar, ko‘zimdan yo‘qolinglar! Iblis va uning farishtalariga tayyorlab qo‘yilgan abadiy olovga mubtalo bo‘ling!" (Matto 25:41).
"Bular abadiy jazoga, solihlar esa abadiy hayotga muyassar bo‘ladilar.” (Matto 25:46).
"Agar yo‘ldan ozishingga ko‘zing sababchi bo‘lsa, uni o‘yib tashla. Ikki ko‘zing bilan do‘zaxga tashlangandan ko‘ra, bir ko‘z bilan Xudoning Shohligiga kirganing yaxshiroqdir. Do‘zaxning qurti ham o‘lmas, olovi ham so‘nmas." (Mark 9:47-48).
381. Xudo gunohkorlarning halokatini xohlaydimi?
Xudo gunohkorlarning halokatini xohlamaydi, lekin ular o‘zlari halok bo‘lish yo‘lini tanlagan, "Ular najot beradigan haqiqatni yaxshi ko‘rishni rad qilganlari uchun halok bo‘lyaptilar." (2 Salonikaliklar 2:10).
382. Dunyoning oxiri haqidagi bilimlar odamga yordam beradimi?
O‘lim, tirilish, oxirat hukmi, abadiy farog‘at diyori va abadiy azob haqida mulohazalar bizga gunohdan saqlanishga va dunyoning o‘tkinchi ne’matlaridan o‘zimizni tiyishga yordam beradi; dunyoviy ne’matlarni yo‘qotganimizda bu haqidagi o‘ylar bizga tasalli beradi; ruh va tanni pok saqlashga, Xudo uchun va abadiy hayot uchun yashashga va shu yo‘l bilan abadiy najotga erishishga undaydi.
Ikkinchi qism
Umid haqida
Masihiylarning umid haqida tushunchalari, umidimizning asosi va mohiyati
383.Masihiylar umidi nimadan iborat?
Masihiylar umidi yurakdagi tinchlikdan, Xudoga, Uning biz to‘g‘rimizda va najotimiz to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishiga, bizni farog‘at diyoriga olib kirishiga bo‘lgan ishonchdan kelib chiqadi.
384. Masihiylar umidi nimaga asoslanadi?
Masihiylar umidi Rabbimiz Iso Masihga asoslanadi (1 Tim. 1:1).
“Shuning uchun es–hushingizni yig‘ib olinglar, hushyor bo‘linglar. Butun umidingizni Xudoning inoyatiga bog‘langlar. Axir, Iso Masih oxiratda kelganda Xudo sizlarga inoyat ko‘rsatib, najot beradi” (1 Butrus 1:13).
385. Masihiylar umidiga erishish uchun nima qilish lozim?
Najot beradigan umidga ibodat, Xudo beradigan tinchlik haqida to‘g‘ri ta'limot va bu ta'limotga amal qilish orqali erishiladi.
Ibodat haqida
386. Muqaddas Kitob ibodat umid bag‘ishlashi haqida o‘rgatadimi?
Rabbimiz Iso ibodat qilgan odam ishonishi va so‘raganlari ijobat bo‘lishiga umid qilishi lozimligini o‘rgatgan.
“Аgar Otamdan Mening nomim bilan biror narsa so‘rasangiz, Men uni bajaraman, toki Ota O‘z O‘g‘li orqali ulug‘lansin”. (Yuhanno 14:13)
387. Ibodat o‘zi nima?
Ibodat butun vujud bilan, butun qalb va ong tafakkur bilan Xudoga murojaat qilishdir.
388. Ibodat vaqtida nima qilinadi?
Masihiy butun hayolini va qalbini Xudoga qaratib, quyidagilarni qilishi kerak: Xudoni barkamolligi uchun ulug'lashi; Uning ne'matlari uchun shukrona aytishi; Unga muhtojliklari haqida aytishi. Shuning uchun ibodatning uchta asosiy turi mavjud: Xudoni ulug‘lash, shukrona ibodati va iltijo.
389. So‘zsiz ibodat qilish mumkinmi?
So'zsiz ibodat qilish mumkin – ichimizda va yurakdan. Bunga Qizil dengizni kesib o'tishdan oldin shunday ibodat qilgan Muso payg'ambar misol bo'ladi (Chiqish 14:13 ga qarang).
390. Ibodat qanday nomlarga ega?
So'zsiz ibodatni ruhiy, aqliy, yurakdan yoki ichki ibodat deyishadi, so'z bilan aytilgan va boshqa hurmat belgilari bilan birga bo'lgan ibodat esa og'zaki yoki tashqi ibodat deyiladi.
391. Ichki ibodatsiz tashqi ibodat bo'ladimi?
Ichki ibodatsiz tashqi ibodat, qachonki so'zlar e’tiborsiz va g'ayratsiz aytilganda bo'ladi.
392. Birgina tashqi ibodatning o'zi kifoya qiladimi?
Tashqi ibodat nafaqat Xudodan inoyat topish uchun yetarli emas, balki aksincha, ichki ibodatsiz tashqi ibodat Xudoni g'azablantiradi. Bunday ibodat Xudoga maqbul bo‘lmaydi:
"Bu xalq Meni tildagina izzat qiladi, Yuraklari esa Mendan uzoqdir. Ular Menga sajda qiladilar, Ammo sajdalari behudadir. Chunki ular inson yaratgan qoidalarni Ilohiy qonun, deb o‘rgatadilar.” (Mat. 15:8-9).
393. Tashqi ibodatsiz ichki ibodatning o‘zi kifoya qiladimi?
Shunday savol beraylik: odamning joni bo‘lsa-yu, tanasi bo‘lmasa, uni odam deyish mumkinmi? Xudo insonni to‘laqonli bo‘lishi uchun, unga jon va tana bergan, shunday emasmi? Xuddi shu tarzda tashqi ibodat ham, ichki ibodatsiz yoki ichki ibodatning o‘zi tashqi ibodatsiz noto‘la bo‘ladi. Biz Xudoga butun vujudimiz bilan, ruhimiz va tanamiz bilan ibodat qilishimiz kerak.
“Sizlar qimmat bahoga sotib olingansizlar. Shuning uchun o‘z tanangiz bilan Xudoni ulug‘langlar.” (1 Kor. 6:20), chunki “Odamning dili nimaga to‘lib–toshsa, o‘sha tiliga chiqadi.”
Rabbimiz Iso Masih Xudodan kelgan; lekin U ham ichki ibodatini so'zlari bilan ifoda etgan, ibodat qilganida tanasini ham ishga solgan: ba'zan, masalan, ko'zlarini osmonga ko'tarib, ba'zan esa tizzalarini egin, yuzini yerga qaratib ibodat qilganlari haqida o‘qiymiz (qarang. Matt. 12:34; Yuhanno 17:1; Luqo 22:41; Matt. 26:39).
Rabbimizning ibodati haqida
394. Qanaqa ibodatni namuna deyish mumkin?
Barcha masihiylar uchun namuna hisoblanadigan ibodat bu Rabbimizning “Shohliging kelsin” degan ibodatidir.
395. Rabbimizning ibodati nima?
Rabbimizning ibodati – bu Rabbimiz Iso Masih havoriylarga o'rgatgan va ular barcha imonlilarga etkazgan ibodat.
396. Rabbimizning ibodati qanday o'qiladi?
Rabbimizning ibodati shunday o'qiladi: Osmondagi Otamiz! Bizning osmondagi Otamiz! 1. Sening muqaddas noming ulug‘lansin. 2. Sening Shohliging kelsin. 3. Osmonda bo‘lgani kabi, Yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin. 4. Bugungi rizqimizni bergin. 5. Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham gunohlarimizni kechirgin. 6. Bizni vasvasaga duchor qilmagin, 7. Ammo yovuz shaytondan xalos qilgin. Omin (Mat. 6:9–13).
397. O‘rganish oson bo‘lishi uchun Rabbimizning ibodati qanday bo'linadi?
Rabbimizning ibodatini o‘rganish qulay bo‘lishi uchun uni murojaat, yettita iltijo va maqtov qismlariga bo'lish mumkin.
Murojaat haqida
398. Qanday qilib biz Xudoni Ota deb atashga jur'at eta olamiz?
Biz Iso Masihga ishonish va Xudodan tug‘ilganimiz bois Xudoni Ota deb atashga jur'at etamiz.
“Uni qabul qilganlarning hammasiga esa, Unga imon keltirganlarga, U Xudoning farzandi bo‘lish huquqini berdi. Ular na tana xohishidan, Na er xohishidan, Tabiiy yo‘l bilan emas, Balki Xudodan tug‘ilgan farzandlardir.” (Yuhanno 1:12-13).
399. Xudoni har doim "Otamiz" deyishimiz kerakmi?
Bir kishi ibodat qilsa ham, biz doimo "Otamiz" deyishimiz kerak.
400. Buning sababi shuki, masihiylar bir-birlariga birodar va opa-singillar hisoblanadi,
Shuning uchun Xudoga iltijo qilganda nafaqat o'zimiz uchun, balki hamma uchun so'rashimiz kerak.
401. Nima uchun “Osmondagi Otamiz” deymiz?
Ibodatda biz osmonda Otamiz deyishimiz kerak, bu bilan fikr hayolimizni yerdagi, o‘tkinchi narsalardan samoviy, abadiy va ilohiy narsalarga qaratamiz.
Birinchidan
402. Biz Xudoning nomini muqaddas deb bilamizmi?
Xudoning nomi muqaddas, shu boisdan ham “Muqaddasdir Uning ismi”, deyiladi (Luqo 1:49).
403. Qanday qilib Xudoning muqaddas nomi ulug‘lanishi mumkin?
Xudoning muqaddas nomi odamlarning yuraklarida ulug‘lanadi, ya'ni odamlar Uning abadiy muqaddas nomini tanib biladilar.
404. Xudoning muqaddas nomini qanday ulug‘lashimiz mumkin?
Biz fikr-zikrimiz va qalbimizda Xudoning nomini e’zozlaganimizda, Uning muqaddas nomiga muvofiq yashaganimizda Xudoning muqaddas nomini ulug'lagan bo‘lamiz; shunda bizning munosib hayotimizni ko'rib, boshqalar ham Xudoni ulug'laydi.
“Sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, ular yaxshi ishlaringizni koʻrib, osmondagi Otangizni ulugʻlasinlar.” (Mat. 5:16).
Ikkinchidan
405. Rabbimizning ibodatida qanaqa shohlik haqida so‘z boradi?
Rabbimizning ibodatida Xudoning Shohligi, ya'ni havoriyning so'zlariga ko'ra, inoyat shohligi haqida so‘z boradi.
"Xudoning Shohligi ovqat va ichimlikdan emas, balki Muqaddas Ruh ato qiladigan solihlik, tinchlik va quvonchdan iborat." (Rim. 14:17).
406. Bu shohlik kelganmi?
Xudoning Shohligi ba'zilar uchun qisman kelgan, lekin boshqalar uchun kelmagan. Bu “gunoh sizlarning foniy tanalaringiz ustidan hokimlik qilmasin, xudbin istaklaringizga itoat etmanglar” degan amrga qay darajada amal qilishimizga bog‘liq (Rim. 6:12).
407. Bu shohlik qanday keladi?
U yashirincha keladi.
“Xudoning Shohligi koʻzga koʻrinadigan shaklda kelmaydi. Hech kim: “Qara, Xudoning Shohligi bu yerda”, yoki “Ana u yerda”, deb aytmaydi. Chunki Xudoning Shohligi sizlarning orangizdadir.” (Luqo 17:20-21).
408. Xudoning shohligiga kirish haqida so'rash mumkinmi?
Masihiy Xudoning shohligiga, ya'ni imonlilar uchun hozurlangan farog‘at diyoriga kirish haqida so'rashi mumkin.
"Mening istagim bu dunyodan ketib, Masih bilan birga boʻlishdir. Shunday boʻlsa juda yaxshi boʻlardi." (Filip. 1:23).
Uchinchidan
409. “Sening irodang bajo bo‘lsin” degan ibora nimani anglatadi?
"Sening irodang bajo bo'lsin" deganimizda biz qilayotgan va biz bilan yuz berayotgan hamma narsa biz xohlaganday emas, Xudo xohlaganiday bo'lishini so'raymiz.
410. Nima uchun bizning irodamiz bajo b ’lishini so'ramasligimiz kerak?
Biz ko'pincha o'zboshimchalik bilan ish tutib gunoh qilamiz, lekin Xudo bizdan ko'ra ko'proq biladi va bizga faqat yaxshilikni ravo ko‘radi. Agar o'zboshimchalik qilmasak biz Xudoga bo‘ysunishdan ko‘p baraka topamiz.
“Xudo hayotimizda amal qilayotgan qudrati bilan biz soʻragan yoki tasavvur qilganlarimizni va hatto xayolimizga kelmaganlarni ham bajarishga qodirdir. 21Imonlilar jamoati va Iso Masih orqali Xudoga nasllar osha to abad shon–sharaflar boʻlsin!” (Efes. 3:20-21).
411. Nima uchun biz Xudoning irodasi osmonda bo‘lgani kabi yerda ham bajo bo‘lishini so'raymiz?
Biz Xudoning irodasi osmonda bo'lgani kabi, yerda ham bajo bo‘lishini so'raymiz, chunki osmonda muqaddas farishtalar va Xudoning azizlari, har doim va hamma narsada Xudoning irodasini bajaradilar.
To'rtinchidan
412. Bugungi rizqimizni bergin deyiladi
Bu bilan kundali rizq-nasiba berilishi so‘raladi.
413. Xudodan Bugungi rizqimizni bergin deb so'raganda nimani esda tutishimiz kerak?
Rabbimiz Iso Masihning ta'limotiga ko'ra, biz bugungi rizqimizni bergin deganimizda, ya'ni zarur oziq-ovqat, hayot uchun zarur bo'lgan kiyim va boshpanadan boshqa narsa so'ramasligimiz kerak. Bundan tashqari har qanday narsa zarurat emas, balki ortiqcha hashamat uchun xizmat qiladi. Shuning uchun Xudoning irodasiga ko‘nishimiz, agar berilgan bo'lsa, Xudoga shukur qilishimiz, agar berilmasa, bu haqda tashvishlanmasligimiz kerak.
414. Nima uchun faqat bugungi rizqimizni bergin deb so'raymiz?
Bugungi rizqimizni bergin deb so‘rash buyurilgan. Bundan kelajak haqida ortiqcha qayg'urmay, Xudoga tavakkal qilishimiz lozimligi uqtiriladi.
“Butparastlar hadeb bu narsalarning tashvishida yuradilar. Lekin osmondagi Otangiz bularning hammasiga muhtoj ekaningizni biladi–ku!” (Mat. 6:32).
415. Bugungi rizqimizni bergin deb yana nimani so'raymiz?
"Inson nafaqat jismoniy, balki ruhiy mavjudot ham bo‘lganligi bois, ruhiy ehtiyojlari tanaviy ehtiyojlaridan muhimroq ekanligini unutmasligi kerak. Bu demakki, ruhi uchun har kuni rizq so‘rashi zarur, aks holda ruhan zoriqib qoladi" (qarang. Qudduslik avliyo Kirill. Sirli ta’limot, 4, 15; Pravoslavlar e'tiqodi, 2-qism, 19-savol).
416. Ruh uchun kundalik rizqimiz nimadan iborat bo‘ladi?
Ruh uchun kundalik rizqimiz – bu Xudoning kalomi, Masihning tanasi va qoni bo‘ladi.
"Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan yashaydi.” (Mat. 4:4).
“Mening tanam — haqiqiy ozuqa, qonim haqiqiy ichimlikdir.” (Yuhanno 6:55).
Beshinchidan
417. Qarzlarimiz deganda nimani tushunamiz?
Rabbiyning ibodatida, qarzlarimiz nomi bilan biz gunohlarimizni tushunishimiz kerak. Gunohlar qarz deb ataladi, chunki biz hamma narsani Xudodan olganmiz va hamma narsani Xudoga qaytarishimiz kerak, ya'ni Uning irodasiga va qonuniga bo'ysunishimiz kerak; agar buni bajarmasak, biz Uning adolati oldida qarzdor bo'lib qolamiz.
418. Bizga qarshi gunoh qilganlar deb kimlar nazarda tutiladi?
Bizga qarshi gunoh qilganlar deb bizga nisbatan Xudo o‘rgatganiday ish tutmagan, masalan g‘ayirlik yoki dushmanlik qilganlar nazarda tutiladi.
419. Gunohlarimiz kechirilishi uchun nima qilishimiz kerak?
Xudo hukm qiladigan kuni Rabbimiz Iso Masihning shafoati evaziga gunohlarimiz kechiriladi.
“Zero, hammamizga maʼlumki, Xudo yagonadir, Xudo bilan insonlar orasidagi Vositachi ham yagonadir. Bu Vositachi Iso Masihdir. U Oʻzi inson edi va butun insoniyatni qutqarish uchun Oʻz jonini fido qildi”. (1 Tim. 2:5-6)
420. Nima sababdan gunohlarimiz kechirilmasligi mumkin?
Agar biz Xudodan gunohlarimizni kechirishini so'rasak, lekin boshqalarni kechirmasak, biz kechirim topmaymiz.
“Agar sizlarga yomonlik qilganlarni kechirsangizlar, osmondagi Otangiz ham sizni kechiradi. Bordi–yu, sizlar boshqalarning gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi.” (Mat. 6:14-15).
421. Agar boshqalarning gunohlarini kechirmasak, nima uchun Xudo bizni kechirmaydi?
Agar biz boshqalarni kechirmasak, Xudo ham bizni kechirmaydi, chunki biz yovuzlik qilgan bo'lamiz, Xudoning iltifoti va inoyatini mensimagan bo‘lamiz.
422. "Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek," deganimizda nimani yodda tutishimiz kerak?
"Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek," deb ibodat qilgan odamning yuragida hech qanday adovat va g'azab bo'lmasligi, aksincha, yuragida boshqalarga nisbatan sevgi va mehr bo‘lishi kerak.
"Shunday ekan, siz ehsoningizni qurbongohga olib kelganingizda, yaqiningiz nimadandir sizdan xafa ekanligi yodingizga tushsa, ehsoningizni qurbongoh oldida qoldiring. Birinchi navbatda borib, yaqiningiz bilan yarashing, keyin kelib, ehsoningizni nazr qiling." (Mat. 5:23-24).
423. Biror kishi yarashishni istamasa nima qilish kerak?
Agar bizga qarshi adovati bor odam uzoqda bo‘lsa, yoki yarashishni istamasa, bu holda u bilan hammaning yuragida nima borligini ko‘rib turadigan Xudo oldida yuragingizda u bilan yarashishingiz kifoya qiladi.
"Agar iloji boʻlsa, qoʻlingizdan kelganicha, barcha odamlar bilan tinch–totuv hayot kechiringlar." (Rim. 12:18).
OLTINCHIDAN
424. Vasvasa deganda nimani tushunamiz?
Rabbimizning ibodatida vasvasa deyilganda imonni yo'qotish yoki og'ir gunohga botish xavfi tushuniladi.
425. Vasvasalar qayerdan keladi?
Vasvasalar bizning insoniy istaklarimizdan, dunyodan, boshqa odamlardan va iblisdan keladi.
426. "Bizni vasvasaga duchor qilma" deganimizda nima so'raymiz?
Ibodatning "Bizni vasvasaga duchor qilmagin" deganimizda Xudo bizni vasvasalarda himoya qilishi; bordi-yu, vasvasalardan o‘tishimiz, ular orqali poklanishimiz kerak bo‘lsa, bizni butunlay vasvasaga topshirib qo‘ymasligi va yiqilishimizga yo'l qo'ymasligi haqida so‘raymiz.
Yettinchidan
427. "Bizni yovuz shaytondan xalos qilgin" deymiz. Bu nima degani?
Ibodatda Xudodan bizni yovuz shaytondan xalos qilgin, deb dunyodagi barcha yovuzliklardan xalos bo'lishini so'raymiz, Odam Ato gunoh qilganidan beri "butun dunyo esa yovuz shayton changalida ekanini bilamiz". (1 Yuhanno 5:19); Biz ayniqsa, yovuz ruhlardan, shaytonning yovuz va mash’um ta’siridan va tuhmatlaridan himoya so‘raymiz.
Xudoni ulug‘lash
428. Nima uchun Rabbiyning ibodatiga Xudoni ulug’lash qo'shiladi?
Rabbiyning ibodatiga Xudoni ulug’lash qo'shiladi; samoviy Otamizdan rahm-shafqat so'rab, bir vaqtning o'zida Uni ulug‘lashimiz ham kerak; Shunday qilib, Uning abadiy shohligi, qudrati va ulug'vorligini e’tirof etar ekanmiz, Undan so'raganlarimizni berishiga ishonamiz, chunki hamma narsa Xudoning qo‘lida, U ulug'vordir.
429. “Omin” degani nimani anglatadi?
Omin degani “shunday bo‘lsin” yoki “shu bo'lsin” degan ma'noni anglatadi.
430. Omin deb biz
havoriy Yoqub o'rgatganidek, imon bilan ibodat qilganimizni, Xudo so‘raganlarimizni berishiga shubha qilmaganimizni ko'rsatamiz (Yoqub 1:6 ga qarang).
Baxtiyorlik haqida ta'limot
431. Najot umidida mustahkam bo‘lishimiz uchun ibodatdan tashqari nima kerak?
Najot va baxtiyorlikka bo‘lgan umidimizda mustahkam bo‘lishimiz, baxtiyor hayot kechirishimiz uchun ibodatdan tashqari xayrli amallarni ham qilishimiz kerak. Bu haqda Rabbimiz shunday degan:
“Nega sizlar Meni “Yo Rabbiy, yo Rabbiy!” deb chaqirasiz–u, ammo aytganlarimni qilmaysizlar?” (Luqo 6:46).
“Meni “Yo Rabbiy, yo Rabbiy!” deb chaqirgan har kim Osmon Shohligiga kiravermaydi. U yerga faqat osmondagi Otamning irodasini bajargan odamlargina kiradi.” (Mat. 7:21).
432. Xayrli ishlarni qilishda nimaga asoslanamiz?
Xayrli ishlarni qilishda Rabbimiz Iso Masihning ta'limotiga asoslanamiz.
433. Haqiqiy baxtiyorlik haqida amrlar qanday o‘qiladi?
Haqiqiy baxtiyorlik haqida amrlar to'qqizta:
1“Ruhan kambag‘al bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
2 Yig‘layotganlar baxtlidir, Chunki ular tasalli topadilar.
3 Kamtarin bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular yer yuziga ega bo‘ladilar.
4 Adolatga tashna bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Xudo ularni qondiradi.
5 Rahmdil bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular rahm–shafqat topadilar.
6 Pokdil bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular Xudoni ko‘radilar.
7 Tinchlik o‘rnatuvchilar baxtlidir, Chunki ular Xudoning farzandlari deb ataladilar.
8 Xudoning yo‘lidan yurgani uchun Quvg‘in bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
9 Odamlar Men tufayli sizlarni haqoratlab quvg‘in qilganlarida, sizlar haqingizda yolg‘on gapirib tuhmat qilganlarida, baxtlisizlar! Sevininglar, xursand bo‘linglar. Sizlarni osmonda buyuk mukofot kutmoqda. Axir sizdan avval o‘tgan payg‘ambarlar ham xuddi shunday quvg‘in bo‘lganlar. (Mat. 5:3-12).
434. Ushbu amrlarni to'g'ri tushunish uchun nimani yodda tutishimiz kerak?
Haqiqiy baxtiyorlik haqidagi amrlarini to'g'ri tushunish uchun, Muqaddas Kitobda aytilganidek, ularni bizga Rabbimiz o‘rgatganini yodda tutishimiz kerak:
"Iso shogirdlariga ta’lim berib, gap boshladi:"
Yuragi yumshoq va kamtar bo'lib, U O'z ta'limotini buyruq berish orqali emas, balki uni erkin qabul qiladigan va bajarganlarni duo qilish orqali taklif qildi. Shuning uchun, haqiqiy baxtiyorlik haqida har bir so'zida biz e'tiborga olishimiz kerak: ta'limot yoki amr; baraka yoki mukofot va'dasi.
Haqiqiy baxtiyorlik haqida birinchi amr
435. Xudoning baxtiyorlikka erishish haqidagi birinchi amri nima?
Baxtyorlikka erishmoqchi bo'lganlar ruhan kambag'al bo'lishlari kerak.
436. Ruhan kambag'al bo'lish nimani anglatadi?
Ruhan kambag'al bo'lish, bizda o'zimizga tegishli hech narsa yo'qligi, faqat Xudo bizga bergan narsaga ega ekanligimizga va Xudoning yordami va inoyatisiz hech qanday yaxshilik qila olmasligimizga ishonishni anglatadi; Bunda biz o'zimizni past tutamiz va hamma narsada Xudoning inoyatiga suyanamiz. Qisqacha aytganda, Avliyo Yuhanno Xrizostomning tushuntirishiga ko'ra, ruhan kambag‘al bo‘lish kamtarlikni nazarda tutadi (Matto Xushxabariga sharh, 15-bob).
437. Boy odamlar ruhan kambag'al bo'lishi mumkinmi?
Hatto boylar ham bu dunyoning boyliklari o‘tkinchi ekanligini va ruhiy ne'matlarning o‘rnini bosa olmasligini bilib yashasa, ruhan kambag'al bo'lishlari mumkin.
"Agar inson butun dunyoni egallab olsa–yu, oʻz jonidan mahrum boʻlsa, bundan unga nima foyda?! Inson oʻz joni evaziga qanday toʻlov bera oladi?!" (Mat. 16:26).
438. Moddiy jihatdan kambag‘allik ruhan kambag‘al bo‘lishga xizmat qila oladimi?
Moddiy jihatdan kambag‘al bo‘lish agar masihiy uni Xudo uchun ixtiyoriy ravishda tanlasa, ruhan kambag‘al bo‘lishga xizmat qilishi mumkin. Rabbimiz Iso Masih boy odamga shunday degan:
“Agar komil boʻlishni istasang, borib, mol–mulkingni sotib, pulini kambagʻallarga tarqat. Shunda samoda xazinang boʻladi. Keyin kelib, Menga ergashgin.” (Mat. 19:21).
439. Ruhan kambag'allarga Rabbimiz nimani va'da qiladi?
Rabbimiz ruhan kambag'allarga Osmon Shohligini va'da qiladi.
440. Qanday qilib Osmon Shohligi ruhan kambag'allarga tegishli?
Bu hayotda ruhan kambag'allarga Osmon Shohligi ularning orasida bo‘lishi va ular bu dunyodayoq imonlari va umidlari tufayli uni his qilishlari, kelajakda esa unga erishishlari va’da qilinadi.
Baxtiyorlik haqida Ikkinchi amr
441. Saodatga erishish uchun Rabbiyning ikkinchi amri nima?
Yigʻlayotganlar baxtlidir, deyiladi.
442. Yig‘lash deganda nimani tushunamiz?
Ikkinchi amrda: “Yigʻlayotganlar baxtlidir”, deyiladi. Biz Xudo oldida gunohlarimiz uchun, Xudoni ranjitganimiz uchun yig‘lashimiz kerak. Gunohlarimiz tufayli biz jazoga loyiqmiz, shuning uchun tavba qilishimiz kerakligi uqtiriladi.
“Axir, Xudo yaxshilikka ishlatadigan xafagarchilik tavbaga olib keladi, tavba esa najotga yetaklaydi va hech qanday armonu afsusga sabab boʻlmaydi. Bu dunyo keltiradigan xafagarchilik esa oʻlimga olib boradi.” (2 Kor. 7:10).
443. Yig'layotganlarga Rabbiy nimani va'da qiladi?
Yig'layotganlarga Rabbimiz ular tasalli topishlarini va’da qiladi.
444. Bu yerda “tasalli topadi” degani nimani anglatadi?
Bu bilan ular Egamizdan inoyat topishlari, gunohlari kechirilishi, vijdonlari tinchlanishi nazarda tutiladi.
445. Nima uchun yig‘layotganlar haqidagi amr tasalli berish haqida va'da bilan ulashilgan?
Gunohlar uchun yig‘lashning muayyan chegarasi bo‘lishi kerak.
Haqiqiy baxtiyorlik haqida uchinchi amr
446. Haqiqiy baxtiyorlik haqidagi uchinchi amr qanaqa?
Baxtga erishishni xohlaganlar kamtar bo'lishlari kerak.
447. Kamtarlik o‘zi nima?
Kamtarlik sokin hayot kechirishni, hech kimga yomonlik qilmaslikni, g'azablantirmaslikni, zarar yetkazmaslikni nazarda tutadi.
448. Kamtarlik qanday namoyon bo'ladi?
Masihiylarga xos kamtarlik nafaqat Xudodan, balki odamlardan ham norozi bo'lmaslikni, xohishimizga qarshi biror narsa sodir bo'lganda, g'azabga berilmaslikni, mag'rurlanmaslikni nazarda tutadi.
449. Rabbimiz kamtarlarga nimani va'da qiladi?
Rabbiy kamtarlar ular yer yuziga ega boʻlishlarini va'da qiladi.
450. “Yer yuziga ega boʻladilar” degan va'dani qanday tushunishimiz kerak?
Masihning izdoshlariga nisbatan yer yuziga ega boʻlish haqidagi va’da so'zma-so'z amalga oshib bo‘lgan, ya'ni, butparastlar g'azab bilan yopirilib kelgan bo‘lsa-da, kamtar masihiylarni yenga olmadilar, Masihiylik butun yer yuziga yoyildi.
Boshqa ma’noda olib qaraydigan bo‘lsak, masihiylarga oid bu va'daning ma'nosi shundaki, ular Zabur sanosida aytilganiday "tiriklar diyorida” abadiy baxtga ega bo'lishadi (Zabur 26:13 ga qarang).
Oltinchi amr haqida
451. Haqiqiy baxtiyorlikka erishish uchun Rabbimizning to'rtinchi amrida nima deyiladi?
Baxtiyorlikka erishaman deganlar adolatga va haqiqatga tashna bo'lishlari kerak.
452. Adolat deganda nimani tushunamiz?
Adolat deyilganda masihiylar qilishi lozim bo‘lgan har qanday xayrli ishlar tushunilsada, biz birinchi navbatda Doniyor payg‘ambar kitobidagi bashoratda aytilgan so‘zlarni nazarda tutamiz: “Isyonni bartaraf etish, qabihlikka chek qoʻyish, gunohdan poklash hamda abadiy adolat oʻrnatish” (Don. 9:24). Odam Rabbiy Iso Masihga bo'lgan imoni orqali, inoyat bilan Xudo oldida oqlanadi.
Havoriy Pavlus bu borada shunday deydi:
“Biz Iso Masihga boʻlgan imonimiz orqali Xudoning oldida oqlanamiz. Odamlar orasida hech bir farq yoʻq. Axir, hamma gunoh qilgan va Xudoning ulugʻvorligidan mahrumdir. Lekin gunohkorlar Iso Masih orqali gunohlaridan ozod boʻladilar. Ular oqlanishga loyiq boʻlmasalar–da, Xudoning inoyati bilan oqlanadilar. Xudo Iso Masihni bu dunyoga yubordi. Masihga ishonganlarning hammasi Uning toʻkilgan qoni orqali Xudo bilan yarashdi (Rim. 3:22–25).
453. “Adolatga tashna boʻlganlar”, deyiladi. Ular kim?
Adolatga tashna boʻlganlar deb yaxshilik qiladigan, lekin o'zlarini solih deb bilmaydiganlarni anglatadi. Ular yaxshi ishlariga tayanmasdan, o'zlarini Xudo oldida gunohkor va aybdor deb bilishadi. Ovqatga va suvga chanqoq bo‘lgani singari bunday odam imon bilan ibodat qiladi, Iso Masih orqali Xudodan inoyat topishga va oqlanishga jon-jahdi bilan harakat qiladi.
454. Adolatga tashna boʻlganlarga Rabbimiz nima va'da qiladi?
Adolatga tashna boʻlganlarga Rabbimiz Xudo ularni qondirishini va'da qiladi.
455. Bu yerda “Xudo ularni qondiradi” degani nimani anglatadi?
Tananing to‘yyshi, birinchidan, ochlik va chanqoqlikning qondirilishini, ikkinchidan, organizm oziq-ovqat bilan to‘yinishini anglatsa, ruhan qoniqish, ya’ni “Xudo ularni qondiradi” degani gunohkor odamning gunohlari kechirilishi va ichki xotirjamlikka erishishi; yaxshilik qilish uchun Xudoning inoyati bilan kuch topishini anglatadi. Biroq to‘laqonli baxtga masihiy odam Zabur kitobida yozilganiday, abadiy hayotda erishadi: "Solih boʻlganim uchun men Seni koʻrgayman, uygʻonib, jamolingni koʻrganimdan rozi boʻlgayman” (Zabur 16:15 ga qarang).
Baxtiyorlik haqida beshinchi amr
456. Baxtiyorlikka erishish uchun Rabbiyning beshinchi amri qanaqa?
Baxtiyor bo‘lishni xohlaganlar rahmdil bo'lishlari kerak.
457. Bu amrga qanday amal qilinadi?
Bu amrga tanaviy xayrli ishlar orqali va ruhiy amallar orqali amal qilinadi. Bu borada Avliyo Yuhanno Xrizostom: “Rahmdil bo‘lishning har xil turlari bor va bu amr juda kengdir”, degan (Matto Xushxabariga sharh, 15-bob).
458. Qanaqa tanaviy hayrli ishlar nazarda tutiladi?
Tanaviy xayrli ishlar quyidagilardir: qorni ochlarga yegulik berish; chanqaganga ichimlik berish; yalang'ochlarni kiyintirish (kerakli va munosib kiyimga ega bo'lmaganni); qamoqxonada yotganlarni yoqlab borish; kasallarni yoqlab borish, ehtiyojmandlarga xizmat qilish, o‘lim to‘shagida yotganlarni tayyorlash ishlarida yordam berish; musofirga uydan joy berish; qashshoqlikda vafot etganlarni dafn qilish.
459. Ruhiy amallar nimadan iborat?
Rahmdil bo‘lishning ruhiy amallari quyidagilardir: nasihat orqali “gunohkorni adashishdan” qaytarish (Yoqub 5:20); johillarga haqiqatni va yaxshilik nimaligini o'rgatish; boshqalarga qiyinchiliklarida yoki ular bilmagan xavf-xatarda o'z vaqtida yordam yoki to‘g‘ri maslahat berish; yaqinlar uchun Xudoga ibodat qilish; g'amginlarni yupatish; boshqalarga yomonlikka yomonlik bilan qaytarmaslik; xafa qilganlarni chin dildan kechirish.
460. Ayblanuvchini jazoga tortish rahmdil bo‘lish haqidagi amrga zid emasmi?
Ayblanuvchini jazolash, agar bundan ezgu maqsadlar, ya'ni aybdorni tarbiyalash yoki aybsizni yovuzlikdan himoya qilish ko‘zda tutilgan bo'lsa, rahmdil bo‘lish haqidagi amrga zid kelmaydi.
461. Rabbimiz rahmdil bo‘lganlarga nima va'da qiladi?
Rabbimiz rahmdil bo‘lganlarga rahm–shafqat topishlarini va'da qiladi.
462. Bu yerda qanday rahm–shafqat topishlari nazarda tutilgan?
Bu yerda Oxirat hukmida Egamiz ularga rahm-shafqat ko‘rsatishi nazarda tutiladi.
Baxtiyorlikning oltinchi amri haqida
463. Rabbimiz aytgan baxtiyorlikning oltinchi amri qanaqa?
Baxtiyorlikka intilganlar pokdil bo'lishi kerak.
464. Pokdil bo‘lish nimani anglatadi?
Pokdil bo‘lish samimiylik emas. Samimiylik – bu insonning aslida qalbida bo‘lmagan ezgu niyatlarini ko‘rsatmay, amalda o‘zida bor ezgu niyatlarini kamtarlik bilan ifodalashi – qalb pokligining dastlabki darajasi xolos. Qalb pokligiga doimiy va tinimsiz hushyor bo'lish, yurakdan har qanday noqobil istak va fikrlarni, dunyoviy narsalarga bo'lgan ehtirosni haydab chiqarish, imon va sevgi bilan Rabbiy Iso Masihni yurakda saqlash, doimo esda tutish orqali erishiladi.
465. Rabbimiz pokdil odamlarga nimani va'da qiladi?
Rabbimiz pokdil odamlarga ular Xudoni ko'rishlarini va'da qiladi.
466. Xudoni ko'rish degan va'dani qanday tushunishimiz kerak?
Xudoning Kalomi majoziy ma'noda inson qalbiga ko'rish qobiliyatini beradi va masihiylar "Xudo qalblaringizni nurga to‘ldirsin" deya duo qilinadi (Efes. 1:18). Sog'lom ko'z nurni ko'rishga qodir bo'lganidek, pok qalb ham Xudo haqida tafakkur qila oladi. Xudoning ko'rinishi abadiy saodatning manbai bo'lganligi sababli, Uni ko'rish abadiy saodatning yuksak darajasiga oid va'da bo‘ladi.
Baxtiyorlik haqida yettinchi amr
467. Baxtiyorlikka erishishning yettinchi amri qanaqa?
Baxtiyorlikka erishishni istaganlar tinchlik oʻrnatuvchi bo‘lishlari kerak.
468. Tinchlik oʻrnatuvchi bo‘lish nimani anglatadi?
Tinchlik oʻrnatuvchi bo‘lish do'stona munosabatda bo'lish va kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmaslikni anglatadi; kelishmovchilikni har qanday yo'l bilan to'xtatish, hatto o'z manfaatlaridan kechish evaziga, agar Xudoning qonuniga zid bo‘lmasa va hech kimga zarar keltirmasa; bir-biriga qarama-qarshi bo'lganlarni yarashtirishga harakat qiling, agar buning iloji bo'lmasa, ularning yarashishi uchun Xudoga ibodat qiling.
469. Rabbimiz tinchlik oʻrnatuvchilarga nimani va'da qiladi?
Rabbimiz tinchlik o'rnatuvchilarga ular Xudoning farzandlari deb atalishini va'da qiladi.
470. Tinchlik o'rnatuvchilar Xudoning farzandlari deb atalishi nimani anglatadi?
Bu va'da tinchlik o'rnatuvchilarning jasorati yuksakligini va ular uchun mukofot tayyorlanganini anglatadi. Ular gunohkor odamni Xudoning adolati bilan yarashtirish uchun yer yuziga kelgan Xudoning yagona O'g'liga o'zlarining jasoratlari bilan taqlid qilganlari uchun, ularga Xudoning farzandlari deb ataladi va shubhasiz, ular bu nomga loyiq baxtga erishadi.
Baytiyorlik haqida sakkizinchi amr
471. Baytiyorlikka erishish uchun Rabbimizning sakkizinchi amri qanaqa?
Baxtiyorlikka erishishni istaganlar Xudoning yoʻlidan quvg'inlarga bardosh berishga tayyor bo'lishlari kerak.
472. Xudoning yoʻlidan yurgani uchun quvg'inlarga chidash qanday fazilatlarni talab qiladi?
Xudoning yoʻlini qadrlash, xayrli ishlarda doimiylik va qat'iylik, shuningdek, qiyinchilik yoki xavf-xatarda haqiqat va xayrli ishlarda turishda jasorat va sabr-toqat.
473. Xudoning yoʻlidan yurgan Rabbimiz nima va'da qiladi?
Osmon Shohligi ruhan kambag'allarga kamchilik va qashshoqlik tuyg'usining o'rnini qoplash uchun va'da qilinganidek, Rabbimiz Xudoning yoʻlidan yurib, quvg'inlarga uchraganlarga ham Osmon Shohligini va'da qiladi. Bu ularga quvg'inlar tufayli mahrum bo'lgan narsalari evaziga beriladi.
Baxtiyorlik haqida to'qqizinchi amr
474. Baxtiyorlik haqida Rabbimizning to'qqizinchi amri qanaqa?
Baxtiyorlikka erishmoqchi bo'lganlar, Masihning nomi va haqiqiy pravoslav e'tiqodi uchun haqorat, quvg'in, ofat va hatto o'limni quvonch bilan qabul qilishga tayyor bo'lishlari kerak.
475. To'qqizinchi amrni bajo etishda ko‘rsatilgan jasorat nima deb ataladi?
Ushbu amrni bajo etishda ko‘rsatilgan jasorat shahidlik deb ataladi.
476. Rabbimiz bu amrni bajo etishda ko‘rsatilgan jasorat uchun qanday mukofot va'da qiladi?
Rabbimiz bu yo‘lda jasorat ko‘rsatganlarga Osmon Shohligi ularniki bo‘lishini, ya'ni inoyat va yuksak saodatni va'da qiladi.
Uchinchi Qism
Sevgi Haqida
Imon va sevgi o‘rtasidagi birlik haqida
477. Haqiqiy imonning amaliy natijasi va samarasi nima?
Haqiqiy imonning masihiylar xayotida ko‘rinadigan amaliy natijasi va samarasi – bu sevgi va shu sevgiga mos keladigan xayrli ishlardir.
Havoriy Pavlus shunday yozgan: " Iso Masihga tegishli boʻlganlar orasida sunnat qilingan, qilinmaganlikning hech ahamiyati yoʻq. Faqatgina mehr–muhabbat orqali ifodalangan imonimiz muhimdir". (Gal. 5:6).
478. Sevgi va xayrli ishlarsiz imon keltirishning o‘zi yetarli bo‘ladimi?
Masihiy uchun sevgi va xayrli ishlarsiz imonning o‘zi yetarli emas. Sevgi va xayrli ishlarsiz imon – harakatsiz va o‘likdir, shuning uchun u abadiy hayotga olib bormaydi.
"Birodarini sevmagan odam esa oʻlim iskanjasida qolgan" (1 Yuhanno 3:14).
"Ey birodarlarim, agar biror kishi imonim bor, desa–yu, xayrli ishlar qilmasa, nima foydasi bor?! Bunday imon uni qutqararmidi?!… Xullas, amalsiz imon jonsiz tanaday oʻlikdir." (Yoqub. 2:14, 26)
479. Imonsiz, sevgi va xayrli ishlarning o‘zi yetarli bo‘ladimi?
Imonsiz, faqat sevgi va xayrli ishlarning o‘zi bilan najot topib bo‘lmaydi, chunki Xudoga ishonmagan odam Uni chin qalbdan seva olmaydi. Bundan tashqari, gunoh tufayli bulg‘angan odam Iso Masihga imon orqali Xudodan inoyat topmasa, haqiqiy xayrli ishlarni qila olmaydi.
"Ishonmagan odam hech qachon Xudoni mamnun qila olmaydi. Axir, Xudoga sajda qilayotgan har kim Xudoning borligiga ishonishi kerak, Xudoga yuz burganlarga Xudoning Oʻzi mukofot berishiga u amin boʻlishi kerak." (Ibroniylar 11:6).
"Qonunga amal qilish orqali Xudoni mamnun qilmoqchi boʻlganlarning hammasi laʼnat ostidadir. Axir, Muqaddas bitiklarda: “Qonun kitobidagi amrlarning hammasini toʻliq bajarmaganlar laʼnat ostidadir!” deb yozilgan–ku!" (Gal. 3:10).
"Bizlar esa Ruhga tayanib, Xudo bizni imonimiz tufayli solih deb eʼlon qilishini intizorlik bilan kutyapmiz." (Gal. 5:5).
"Axir, sizlar Xudodan inoyat topib, imon orqali najot topgansiz. Bu Xudoning inʼomidir, sizning yutugʻingiz emas. Yana hech kim: “Men savob ishlarim tufayli qutulganman”, deb maqtanmasin." (Efesliklar 2:8–9).
480. Xayrli ishlarsiz haqiqiy sevgi bo‘lishi mumkinmi?
Xayrli ishlarsiz sevgi soxta bo‘ladi. Haqiqiy sevgi tabiiy ravishda xayrli ishlarda namoyon bo‘ladi.
Rabbimiz Iso Masih shunday degan:
"Mening amrlarimni bilib, ularga amal qilgan kishi Meni sevadi… … Kim Meni sevsa, Mening soʻzimga amal qiladi." (Yuhanno 14:21, 23).
Havoriy Yuhanno shunday shunday yozadi:
"Xudoni sevish Uning amrlarini bajarish demakdir." (1Yuhanno 5:3).
"Aziz bolalarim, biz haqiqiy sevgimizni quruq gap bilan emas, amalda koʻrsataylik." (1 Yuhanno 3:18).
Xudoning Qonuni va Amrlari Haqida
481. Xayrli ishlarni yomon ishlardan qanday farqlash mumkin?
Yaxshi va yomon amallarni farqlash uchun quyidagilar muhim:
- Xudoning yuragimizdagi qonuni – vijdon guvohligi,
- Xudoning tashqi qonuni – Xudoning amrlari.
482. Muqaddas Kalomda Xudoning yuragimizdagi qonuni haqida nima deyilgan?
Muqaddas Kalomda Xudoning yuragimizdagi qonuni haqida shunday deyilgan:
"Bu bilan ular qonunning talablari oʻz yuraklarida yozilganini koʻrsatadilar. Ularning vijdoni ham bunga shahodat beradi, chunki ularning xayollari ularni goh qoralaydi, goh oqlaydi." (Rim. 2:15).
483. Xudoning yuragimizdagi qonuni bor bo‘lsa, tashqi qonun nima uchun berilgan?
Tashqi qonun shu sababga ko‘ra berilganki, odamlar ichki qonunga bo‘ysunmagan, insoniy istaklari va gunohli hayot tarzi bilan ruhiy qonunni bu‘g‘ib qo‘yishgan. Shuning uchun ularga amrlar shaklida tashqi eslatma berilgan. Tashqi qonun "gunohkorligimizni koʻrsatish uchun berilgan" (Gal. 3:19).
484. Xudoning tashqi qonuni odamlarga qanday berilgan?
Ibrohimdan kelib chiqqan yahudiylar Misr qulligidan mo‘jizaviy tarzda qutqarilganida, va’da qilingan yurtga borishda, sahroda, Sinay tog‘ida Xudo ularga olov va bulutda namoyon bo‘lib Isroilliklarning rahnamosi Muso payg‘ambar orqali qonun (amrlarni) bergan.
485. Xudo qonunining asosiy va umumiy amrlari qanday?
Xudo qonunining asosiy va umumiy amrlari – bu ikkita tosh lavhasida yozilgan o‘n amrdir:
1. “Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman. Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang.
2. Oʻzlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud boʻlgan biror narsaning shaklini yasamang. Oʻsha xudolar yoki butlarga sajda qilmang, xizmat qilmang.
3. Men, Egangiz Xudoning ismini suiisteʼmol qilmang.
4. Shabbat kunini muqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring. Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan Shabbat kunidir. Oʻsha kuni hech qanday ish qilmanglar.
5. Ota–onangizni hurmat qiling. Oʻshanda Men, Egangiz Xudo, sizlarga berayotgan yurtda umringiz uzoq boʻladi.
6. Qotillik qilmang.
7. Zino qilmang.
8. O‘g‘irlik qilmang.
9. Qo‘shningga yolg‘on guvohlik berma.
10. Qoʻshningizning uyiga koʻz olaytirmang. Qoʻshningizning xotini, quli yoki choʻrisi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga koʻz olaytirmang.” (Chiqish 20:1-17).
486. Bu amrlar boshqa xalqqa berilgan bo‘lsa, biz ularga amal qilishimiz kerakmi?
Bu amrlar Isroil xalqiga berilgan, lekin biz ham ularga amal qilishimiz kerak, chunki ular aslida havoriy Pavlusning aytishicha, barcha odamlarning qalbiga yozilgan qonunlar bo‘ladi va hamma ularga amal qilishi kerak.
487. Iso Masih ushbu o‘nta amrga amal qilishni o‘rgatganmi?
Rabbiy Iso Masih abadiy hayotga erishish uchun amrlarga amal qilishni, ularni tushunish va Undan oldingilardan ham mukammalroq bajarish lozimligini o‘rgatgan (Mat. 19:17 va 5-bobga qarang).
Ikki lavhaga bo‘lingan amrlar haqida
488. Amrlarning ikki lavhaga bo‘linishi nimani anglatadi?
Amrlarning ikki lavhaga bo‘linishi, ularda ikki turdagi sevgi – Xudoga va odamlarga bo‘lgan sevgi, shuningdek, ikkita turdagi burchimiz borligini anglatadi.
489. "Tavrotdagi qaysi amr eng buyuk?" degan savolga Rabbimiz Iso Masih shunday javob bergan:
"Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving.” Bu birinchi va eng buyuk amr. Ikkinchisi esa shunga oʻxshashdir: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving.” Butun Tavrot va paygʻambarlarning hamma bitiklari mana shu ikki amrga tayanadi." (Mat. 22:36-40).
490. O‘zga deb kim nazarda tutiladi?
O‘zga deb barcha odamlar nazarda tutiladi, chunki hammamiz bir Xudoning mavjudoti va bir inson (Odam) ning avlodlarimiz. Biroq, imondagi birodarlar – Rabbiy Iso Masihga ishonganlar – biz uchun yana ham yaqindirlar, chunki ular biz singari osmondagi Otaning farzandlari.
491. Nima uchun o‘zimizni sevishimiz kerakligi haqida alohida amr yo‘q?
O‘zimizni sevish haqida alohida amr yo‘q, chunki inson tabiatan o‘zini sevadi,
"Hech kim hech qachon oʻz tanasini yomon koʻrmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi. Masih ham Oʻz jamoatini xuddi shunday oziqlantirib, parvarish qiladi." (Ef. 5:29).
492. Xudoni, yaqinimizni va o‘zimizni sevishda qanday tartibga amal qilishimiz kerak?
O‘zimizni faqat Xudo uchun va qisman yaqinlarimiz uchun sevishimiz kerak. Yaqinlarimizni esa Xudo uchun sevishimiz lozim. Xudoni esa hammadan ko‘proq va sevishimiz zarur. O‘zimizga bo‘lgan sevgimizdan yaqinlarimizga bo‘lgan sevgi, ikkalasidan ham Xudoga bo‘lgan sevgimiz kuchliroq bo‘lishi kerak.
"Kim oʻz jonini doʻstlari uchun fido qilsa, bundan ortiq sevgi yoʻq." (Yuhanno 15:13).
Iso Masih deydi:
"Kimki otasini yoki onasini Mendan ortiq sevsa, Menga loyiq emas. Kimki oʻgʻlini yoki qizini Mendan ortiq sevsa, Menga loyiq emas." (Mat. 10:37).
493. Butun Tavrot va paygʻambarlarning hamma bitiklari ikki amrga tayangan bo‘lsa, nima uchun o‘nta amr berilgan?
Garchi butun Tavrot va paygʻambarlarning hamma bitiklari ikki amrga tayanadi bo‘lsa-da, u Xudo oldida va yaqinlarimiz oldida burchlarimizni aniqroq ko‘rsatish uchun o‘nta amrga bo‘lingan.
494. Qaysi amrlarda Xudo oldidagi burchimiz bayon etilgan?
Xudo oldidagi burchlarimiz dastlabki to‘rtta amrda bayon etilgan.
495. Xudo oldidagi burchlarimiz nimadan iborat?
- Birinchi amr – haqiqiy Xudoni tanib bilish va Unga sajda qilish.
- Ikkinchi amr – soxta xudolarga sajda qilmaslik.
- Uchinchi amr – Xudoga sajda qilishda hatto so‘z gapirishda ham gunoh qilmaslik.
- To‘rtinchi amr – Xudoga sajda qilishda vaqtga va tartibga amal qilish.
496. Qaysi amrlarda yaqinlarimiz oldidagi burchlarimiz bayon etilgan?
Yaqinlarimiz oldidagi burchlarimiz so‘nggi oltita amrda bayon etilgan.
497. Yaqinlarimiz oldidagi burchlarimiz nimadan iborat?
- Beshinchi amr – yaqinlarimizni, ayniqsa ota-onamizni sevish va hurmat qilish.
- Oltinchi amr – yaqinlarimizning hayotiga zarar yetkazmaslik.
- Yettinchi amr – ularning axloqiy mezonlariga putur yetkazmaslik.
- Sakkizinchi amr – ularning mol-mulkiga tegmaslik.
- To‘qqizinchi amr – ularga so‘z bilan zarar bermaslik.
- O‘ninchi amr – ularga zarar yetkazishni hatto xohlamaslik.
498. O‘zimizga nisbatan burchimiz nimadan iborat?
O‘zimizga nisbatan burchimiz yaqinlarimizga munosabatimiz haqidagi amrlarda mujassam, chunki yaqinlarimizni o‘zimizni sevganday sevishimiz kerak.
Birinchi amr haqida
499. "Men Egangiz Xudoman" degani nimani anglatadi?
"Men Egangiz Xudoman" deb Xudo odamzodga O‘zini tanitadi, odamzodni Uni tanib bilishga undaydi.
500. Biz Xudoni qanday tanib-bilishimiz kerak?
Xudoni tanib-bilish haqidagi amrdan quyidagi majburiyatlar kelib chiqadi:
- Xudoni tanib-bilishni eng muhim soha o‘rnida ko‘rish;
- Jamoatda Xudo haqida va Uning ishlari haqida ta’limotni diqqat bilan tinglash va uyda bularni muhokama qilish;
- Xudoni tanib-bilishga yordam beradigan kitoblarni, birinchi navbatda Muqaddas Kalomni, ikkinchi navbatda imonlilar jamoati ajdodlarining asarlarini o‘qish yoki tinglash.
501."Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang" degani nimani anglatadi?
Bu bilan yagona haqiqiy Xudoga sajda qilish va Undan qo‘rqish, ya’ni Uni e’zozlash buyuriladi.
502. Xudoga yurakdan sajda qilishga oid burchimiz nimadan iborat?
Xudoga yurakdan sajda qilishga quyidagilar kiradi:
- Xudoga ishonish;
- Xudo ko‘rsatgan yo‘ldan yurish, ya’ni Xudoni esda tutish, har doim ehtiyotkorlik bilan harakat qilish, chunki U nafaqat amallarimizni, balki eng yashirin fikrlarimizni ham ko‘rib turadi;
- Xudodan qo‘rqish, ya’ni osmondagi Otamizni ranjitib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish va shuning uchun Uni g‘azablantirmaslikka harakat qilish;
- Xudoga ishonch bilan umid qilish;
- Xudoni sevish;
- Xudoga itoat qilish, ya’ni U buyurgan ishlarni bajarishga doimo tayyor bo‘lish va U biz xohlagan narsalarni qilmaganda norozi bo‘lmaslik;
- Xudoni hamma narsadan ustun deb bilish, Unga sajda qilish;
- Xudoni munosib tarzda ulug‘lash;
- Xudoni Yaratuvchi, Voqif va Najotkor deb bilish;
- Har bir yaxshi amalni Xudoni mehribon va qudratli yordamchi deb bilgan holda bajarish.
503. Tashqi ibodatga oid burchlarimiz qanaqa?
Tashqi ibodatga quyidagilar kiradi:
- Xudoni e’tirof etish, ya’ni Uni bizning Xudomiz ekanligini tan olish va hatto U uchun azob chekish yoki o‘lish kerak bo‘lsa ham, Undan voz kechmaslik;
- Xudo tomonidan belgilangan va Pravoslav Jamoati tomonidan tashkil etilgan ibodatlarda qatnashish.
504. Birinchi amrga qarshi qanday gunohlar mavjud?
Birinchi amrga qarshi gunohlarga quyidagilar kiradi:
1. Xudosizlik – "Xudoni yo‘q" deyish (Zabur 13:1).
2. Ko‘p xudolarga sajda qilish – yagona haqiqiy Xudo o‘rniga ko‘plab soxta xudolarni tan olish.
3. Imonsizlik – Xudo borligini tan olib ham, Uning hidoyati va vahiy haqida shubhalanish.
4. Bid’at – diniy ta’limotga Xudoning haqiqatiga zid fikrlarni qo‘shish.
5. Bo‘linish – Pravoslav Umumjahon (Kafolik) Jamoatdan va yagona ibodatdan o‘z ixtiyori bilan voz kechish.
6. Xudodan voz kechish – qo‘rquv yoki foyda uchun haqiqiy imondan qaytish.
7. Umidsizlik – Xudoning fazli va najotidan butunlay umid uzish.
8. Sehrgarlik – Xudoning qudratiga ishonishni tashlab, maxfiy va ko‘pincha yovuz jonzotlar kuchlariga ishonish.
9. Xurofot – oddiy narsalarga ilohiylashtirish, ularni Xudo o‘rnida ko‘rish yoki ulardan qo‘rqish (masalan, eskicha kitob orqali najot topish mumkin deyish, yangi kitoblarda ham sog‘lom ta’limot borligini inkor etish).
10. Taqvodorlikda, ta’lim olishda, ibodat va jamoat marosimlarida dangasalik qilish.
11. Biror narsani Xudodan ko‘ra ko‘proq sevish.
12. Xudoning emas, ko‘proq odamlarning ko‘nglini olishga harakat qilish.
13. Odamlarga ishonish – o‘zining yoki boshqalarning qobiliyatiga ishonib, Xudoning iltifoti va yordamiga umid qilmaslik.
505. Nima uchun Xudodan ko‘ra odamlarning ko‘nglini olishga va odamlarga ishonishga intilish birinchi amrga zid?
Xudodan ko‘ra odamlarning ko‘nglini olishga va odamlarga ishonishga intilish birinchi amrga ziddir, chunki biz odamning ko‘nglini poylab, odamga ishonib, Xudoni unutib qo‘yganimizda, bu bilan qandaydir ma’noda haqiqiy Xudoning o‘rniga boshqa "xudo" yasab olgan bo‘lamiz.
506. Muqaddas Kalomda odamlarning ko‘nglini olish haqida shunday deyilgan:
"Xoʻsh, men kimning maqtoviga sazovor boʻlmoqchiman: insonlarningmi yoki Xudoningmi?! Nahotki insonlarni mamnun qilmoqchi boʻlsam?! Agar men hali ham insonlarni mamnun qilayotgan boʻlsam edi, Masihning quli boʻlolmas edim!" (Gal. 1:10).
507. Muqaddas Kalom odamlarga ishonish haqida shunday deydi:
"Egamiz shunday demoqda:
“Umidini insonga bogʻlagan,
Foniy bandaning kuchiga ishongan,
Yuragi Mendan uzoqlashgan odam laʼnatidir." (Yerm. 17:5).
508. Xudo oldidagi burchlarimizni qanday bajaramiz?
Xudo oldidagi burchlarimizni bajarish uchun o‘zimizdan voz kechishimiz kerak.
"Shundan soʻng Iso xalq bilan shogirdlarini oldiga chaqirib dedi:
— Kimda–kim Menga ergashishni istasa, oʻzidan kechsin va oʻz xochini koʻtarib, ortimdan yursin" (Mar. 8:34).
509. O‘zidan voz kechish nimani anglatadi?
Avliyo Vasiliy Buyukning tushuntirishiga ko‘ra: O‘zidan voz kechgan kishi – bu o‘zida eski, yolg‘on nafsni yengib, taqvoga to‘sqinlik qiladigan dunyoviy ehtiroslardan qutulgan kishi. To‘liq voz kechish esa, bu hayotning o‘ziga ham ko‘ngil qo‘ymaslik va o‘lim haqida, o‘ziga ishonmasdan, fikr yuritishdir (Keng qamrovli axloqiy javoblar, 8).
510. O‘zidan voz kechgan kishi taskin topadimi?
O‘zidan voz kechgan va ko‘plab tabiiy lazzatlardan mahrum bo‘lgan kishi Xudoning inoyatidan taskin topishi mumkin, hatto azob-uqubatlar ham bu taskinini buzolmaydi.
"Masihga oʻxshab biz qanchalik koʻp azob cheksak, Xudo bizga Masih orqali shunchalik koʻp tasalli beradi." (2Kor. 1:5).
511. Birinchi amrni buzmasdan, yana kimlarni hurmat qilishimiz kerak?
Yagona Xudoga sajda qilishni buyuradigan amrga muvofiq, farishtalar va avliyolarni ham to‘g‘ri hurmat qilishimiz kerak. Chunki bu bilan ularda bor bo‘lgan va amal qilayotgan Xudoning inoyatini hurmat qilamiz va ular orqali Xudondan yordam so‘raymiz.
Muhim izoh: Avliyolarga sig‘inmasdan, faqat ularni hurmat qilish va ularning duo qilishini so‘rash orqali Xudoga murojaat qilishimiz kerak. Chunki asl kuch va qudrat faqat Xudodadir.
Ikkinchi amr haqida
512. But nima?
Ikkinchi amrda butlar haqida gap boriladi. Amrda but – bu osmonda, yerdagi yoki suvda yashovchi mavjudotlarning tasviri bo'lib, unga Xudo o'rniga sig'iniladi va xizmat qilinadi, deb tushuntirilgan.
513. Ikkinchi amr nimalarga sajda qilishni taqiqlaydi?
Ikkinchi amr butlarga soxta xudolar yoki yolg'on xudolarning tasvirlariga sajda qilishni taqiqlaydi.
514. Muqaddas tasvirlar ham shu tarzda taqiqlanadimi?
Har qanday muqaddas tasvirlarga ega bo'lish umuman taqiqlanmagan. Buni shundan ko'rish mumkinki, Muso payg'ambar orqali Xudo tomonidan butlarni taqiqlovchi amr berilgan vaqtda, Muqaddas chodirda oltindan muqaddas karublarning tasvirlarini o'rnatish buyuriladi. Uni Muqaddas chodirning ichki qismida, xalq Xudoga sajda qilish uchun murojaat qiladigan joyda o'rnatishgan.
515. Bu misol Pravoslav Jamoatida Muqaddas Ikonalardan to'g'ri foydalanishini isbotlaydi.
516. Ikona nima?
"Ikona" so'zi yunonchadan "obraz" yoki "tasvir" deb tarjima qilinadi. Pravoslav Jamoatida bu inson qiyofasida kelgan Xudo – Rabbiy Iso Masihning, Uning Pokiza Onasi va aziz avliyolarining muqaddas tasvirlarini anglatadi.
517. Ikonalardan foydalanish ikkinchi amrga zid emasmi?
"Muqaddas ikonalardan foydalanish qachonki ular ilohiylashtirilsa, ikkinchi amrga zid bo'ladi. Ammo ularni muqaddas tasvirlar sifatida hurmat qilish, Xudoning ishlari va Uning avliyolarini xotirlash uchun ulardan foydalanish bu amrga aslo zid emas, chunki bu holda ikonalar xuddi kitobdagi harflar rolini bajaradi" (qarang: avliyo Grigoriy Buyuk. Xatlar, 9-kitob, 9-xat, Seren yepiskopiga).
518. Ikonalarga qanday ta’zim qilish kerak?
Ikonalarga qaraganimizda, aql bilan ularda tasvirlangan Xudoni va avliyolarni ko'rishimiz kerak.
519. Ikkinchi amrga qarshi gunoh qanday ataladi?
Ikkinchi amrga qarshi gunoh butparastlik deb ataladi.
520. Ikkinchi amrni buzadigan yana qanday gunohlar bor?
Butparastlikdan tashqari, ikkinchi amrga qarshi yanada boshqa gunohlar mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: ochko‘zlik yoki pulga ishtiyoq (moddiy ne'matlarga intilish); ortiq ovqat yeyish, yoki lazzatbaxshlik, yeb-to‘ymaslik va ichkilikbozlik; mag'rurlik va izzatparastlik.
521. Nima uchun ochko‘zlik ikkinchi amrga zid?
Ochko‘zlik butparastlikka yaqin. Havoriy Pavlus: "butparastlikka teng boʻlgan ochkoʻzlikni yoʻq qilinglar", degan (Kol. 3:5). Chunki ochko'z odam Xudoga emas, boylikka ko'proq xizmat qiladi.
522. Ochko'zlikka qarshi qanday chora bor?
Ikkinchi amr ochko'zlikni taqiqlaydi va shu orqali moddiy narsalarga ishtiyoqsiz va saxiy bo‘lishga chaqiradi.
523. Nima uchun ortiqcha ovqatlanish ikkinchi amrga zid?
Ortiqcha ovqatlanish butparastlik hisoblanadi, chunki bunday odamlar hissiy lazzatlarni hamma narsadan yaxshi deb bilishadi qo'yadi. Shu sababli havoriy Pavlus: "Ularning xudosi - qorin", deydi (MY; Fil. 3:19), ya'ni ular uchun qorin butdir.
524. Ortiqcha ovqatlanishga qarshi qanday chora bor?
Ikkinchi amr ortiqcha ovqatlanishni taqiqlab, nafsni boshqarish va ro'za tutishni o'rgatadi.
525. Nima uchun mag'rurlik va izzatparastlik ikkinchi amrga zid?
Mag'rurlik va izzatparastlik butparastlikka tengdir, chunki mag'rur odam o'z qobiliyatlari va afzalliklarini haddan tashqari qadrlaydi (ular uning uchun xuddi butday bo'ladi), izzatparastlar esa boshqalarning ham bu "but"ga sajda qilishini istaydi. Buni Bobil shohi Navuxadnazarning o'zi uchun oltin haykal yasattirgani va hammaga unga sajda qilishni buyurgani misolida ko'rish mumkin (Don. 3-bob).
526. Butparastlikka yaqin bo'lgan yomonlik qaysi?
Butparastlikka yaqin yomonlik – ikkiyuzlamachilikdir, ya'ni odamning ro'za tutish kabi tashqi diniy amallarni odamlar oldida obro' qozonish uchun qilish, lekin qalbi tozaligiga e'tibor bermaslik (Mat. 6:5-7).
527. Mag'rurlik, izzatparastlik va ikkiyuzlamachilikning aksi nima?
Ikkinchi amr bu yomonliklarni taqiqlab, kamtarlik va yaxshi ishlarni oshkor qilmaslikni o'rgatadi.
Uchinchi amr haqida
528. Xudoning ismini qachon suiisteʼmol qilamiz?
Xudoning ismini suiisteʼmol qilish:
- Xudoni oddiy gapga qo‘shib ishlatish;
- ayniqsa yolg'on gapda yoki gap orasida ishlatish;
529. Uchinchi amr qanday gunohlarni taqiqlaydi?
Uchinchi amr quyidagi gunohlarni taqiqlaydi:
- Xudoga nisbatan qo'pol so'zlar (kufr)
- Xudoning oldindan o‘ylagan rejasiga norozi bo‘lish;
- Muqaddas narsalarni masxara qilish;
- Duoga e'tiborsizlik;
- Yolg'on qasam ichish;
- Va’da berib, bajarmaslik
- Xudoga berilgan va'dalarni buzish
- Oddiy suhbatlarda qasam ichib gapirish.
530. Muqaddas Kalom suhbatda qasam ichish haqida nima deydi?
Muqaddas Kalom suhbatda qasam ichishni qat'iyan taqiqlaydi:
"Lekin Men sizlarga aytaman: umuman qasam ichmanglar.... Sizlarning soʻzingiz faqat «ha» yoki «yoʻq» boʻlsin. Bundan ortigʻi esa yovuz shaytondandir." (Mat. 5:34,37).
531. Jamiyat ishlarida qasam ichish taqiqlanadimi?
Jamiyat ishlarida qasam ichish taqiqlanmagan. Havoriy Pavlus shunday deydi:
"Odamlar qasam ichganlarida oʻzlaridan buyukroq boʻlgan kimsaning ismi haqi qasam ichadilar. Qasam aytilgan gapning tasdigʻi hisoblanadi va har qanday bahsga xotima beradi. Shunga oʻxshab, Xudo ham Oʻz vaʼdasini qasam bilan tasdiqladi. Chunki xalqiga baraka berishni vaʼda qilgan Xudo shu orqali Oʻz irodasining qatʼiy ekanligini aniq koʻrsatmoqchi edi. " (Ibroniylar 6:16-17).
Shunday qilib, agar Xudo O'zi qasamdan foydalangan bo‘lsa, biz ham muhim holatlarda, qonuniy hokimiyat talabiga binoan, qasam ichish va ma’lum bir majburiyatlarni bo‘ynimizga olishimiz mumkin. Bunda va’daga sodiq qolish talab etiladi.
To'rtinchi amr haqida
532. Nima uchun aynan yettinchi kun Xudoga bag'ishlangan?
Yettinchi kun (boshqa kun emas) Xudoga bag'ishlangan, chunki Xudo dunyoni olti kunda yaratdi, yettinchi kunni muborak qilib, yaratish ishlaridan dam oldi.
533. Masihiylar Jamoatida qadimgi dam olish (Shabbat) haqidagi amrga qanday amal qilinadi?
Shabbat kuni (haftaning kalendar kuni sifatida) masihiylar Jamoatida katta bayram sifatida nishonlanmaydi. Biroq, dunyoning yaratilishi xotirasi va dastlabki bayramlarning davomi sifatida boshqa kunlardan ro'za tutmaslik bilan ajralib turadi.
534. Masihiylar Jamoatida to'rtinchi amrga qanday amal qilinadi?
Masihiylar Jamoatida har olti kundan keyin yettinchi kun nishonlanadi, lekin bu haftaning oxirgi kuni (shanba) emas, balki har bir haftaning birinchi kuni - yakshanbadir.
535. Yakshanba kuni qachondan beri nishonlanadi?
Yakshanba kuni Masih tirilganidan keyin nishonlanadigan bo‘lgan.
536. Muqaddas Kalomda yakshanba kunini nishonlash haqida nima deyilgan?
Havoriylar kitobida shanbadan keyingi birinchi kun (yakshanba)da shogirdlar (ya'ni masihiylar)ning Qutlug‘ Kechlik uchun yig'ilishi haqida eslatib o'tilgan (Hav. 20:7). Yuhannoning Vahiy kitobida ham yakshanba kuni haqida aytiladi (Vah. 1:10).
537. Eski Ahd Jamoatida shanba nomi ostida boshqa kunlar ham nazarda tutilganmi?
Yettinchi kun yoki Shabbat nomi ostida Eski Ahd Jamoatida bayram yoki ro'za uchun belgilangan boshqa kunlar ham nazarda tutilgan, masalan, Fisih bayrami, poklanish kuni. Xuddi shunday, masihiylar Jamoatida ham yakshanba kunidan tashqari, Xudoni ulug‘lash uchun nishonlanadigan va Pokiza Onamiz Maryam hamda boshqa avliyolar sharafiga belgilangan bayramlar va ro'za kunlar shu nom bilan atalishi mumkin.
538. Pravoslav Jamoatida qanday asosiy bayramlar belgilangan?
Asosiy bayramlar - bu O‘g‘il Xudoning inson qiyofasida kelishi va Xudoning namoyon bo'lishi bilan bog'liq asosiy voqealarni xotirlash uchun belgilangan bayramlar; shuningdek, Pokiza Onamiz Maryam sharafiga, u O‘g‘il Xudoning inson qiyofasida kelishida xizmat qilgani uchun belgilangan bayramlar. Tartibi bo‘yicha quyidagi bayramlar mavjud:
- Pokiza Onamiz Maryamning tug'ilgan kuni (8/21-sentyabr)
- Uning Xudoga bag'ishlanishi uchun Ma’badga kiritilgan kuni (21-noyabr/4-dekabr)
- Xushxabar kuni (25-mart/7-aprel)
- Masihning tug'ilgan kuni (Farishta zohir bo‘lib Bokira Maryamga O‘g‘il Xudoning kelishi haqida aytishi; 25-dekabr/7-yanvar)
- Rabbimiz suvga cho'mdirilgan kun va Muqaddas Uchlikning namoyon bo'lishi (6/19-yanvar)
- Rabbimizning Ma’badda Shimo‘n bilan uchrashgan kuni (2/15-fevral)
- Rabbimizning qiyofasi o'zgargan kun (6/19-avgust)
- Rabbimizning Quddusga kirgan kuni (Fisih bayramidan bir hafta oldin, yakshanba)
- Masihning tirilish bayrami, Fisih - bayramlar bayrami, abadiy bayramning boshlanishi
- Rabbimiz osmonga ko'tarilgan kun (Fisihdan 40 kun keyin, payshanba)
- Muqaddas Uchlik bayrami va Muqaddas Ruh tushgan kun (Fisihdan 50 kun o‘tib, yakshanba)
- Pokiza Onamiz Maryam vafot etgan kun (15/28-avgust)
- Rabbimizning xochini ko'tarish kuni (14/27-sentyabr)
539. Pravoslav Jamoatida eng muhim ro'za qaysi?
Eng muhim ro'za - Buyuk ro'za yoki Muqaddas Qirq kunlik ro'za.
540. Nima uchun Buyuk ro'za Qirq kunlik deb ataladi?
Buyuk ro'za Qirq kunlik deb ataladi, chunki u (Masihning azob-uqubatlari haftasini hisobga olmaganda) qirq kun davom etadi.
541. Buyuk Ro‘za nima uchun qirq kun davom etadi?
Buyuk Ro‘za qirq kun davom etadi, chunki Rabbimiz Iso Masih qirq kun ro‘za tutgan (Mat. 4:2-ga qarang).
542. Nima uchun chorshanba va juma kunlari ro‘za tutish buyurilgan?
Chorshanba kuni ro‘za tutish – Rabbimiz Iso Masihning azobga topshirilganligini eslash uchun, juma kuni esa – Uning azoblari va o‘limini xotirlash uchun buyurilgan.
543. Pravoslav Jamoatida boshqa ro‘zalar nima uchun o‘rnatilgan?
Milod va Uspeniye ro‘zalari shu ro‘zalardan keyin keladigan Iso Masihning tug‘ilishi va Muqaddas Onamiz Maryamning ko‘kka ko‘tarilishi bayramlarini hurmat qilish uchun tiyilish bilan tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘rnatilgan; Aziz havoriylar ro‘zasi esa – Muqaddas Kitobni targ‘ib qilish uchun o‘zlarini tayyorlashda ro‘za tutgan Havoriylarga taqlid qilish uchun (Hav. 13:3).
544. Bayram kunlarini qanday o‘tkazish kerak?
Bayram kunlarini quyidagicha o‘tkazish kerak: bu kunlarda ishlamaslik yoki dunyoviy va kundalik ishlar bilan shug‘ullanmaslik kerak; ularni muqaddas deb bilish, ya’ni bu kunlarda Xudo ulug‘lanishi uchun muqaddas va ruhiy ishlar bajariladi.
545. Nima uchun bayram kunlarida ishlash taqiqlangan?
Bayram muqaddas va Xudoga yoqadigan ishlarni qilish, har kungi mehnat taqiqlanadi.
546. Bayram kunlarida nima qilish kerak?
Bayram kunlarida quyidagilarni qilish kerak: jamoatda ibodat qilish va Xudoning Kalomidan ta’lim olish uchun Jamoatga borish; shuningdek, uyda ibodat qilish, foydali kitoblar o‘qish yoki ruhiy suhbatlar o‘tkazish; o‘z mol-mulkining bir qismini Xudoga bag‘ishlash va uni Jamoat ehtiyojlari, xizmatchilariga yordam va kambag‘allarga xayriya qilish uchun sarflash; kasallar va qamoqdagilarni yoqlab borish va masihiylarga xos boshqa ishlarini qilish.
547. Ish kunlarida ham shunday qilish kerakmi?
Bunday ishlarni ish kunlarida ham qilish mumkin – kim qila olsa, yaxshi. Kimga ish to‘sqinlik qilsa, u hech bo‘lmaganda bayram kunlarini shunday ishlar bilan muqaddaslasin. Har kuni ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin va keyin, iloji boricha har bir ishni boshlash va tugatishda ibodat qilish kerak.
548. Nima uchun bayram kunlarida yaramas ishlar qilish og‘irroq gunoh hisoblanadi?
Bayramlarda yengiltak o‘yinlar va tomoshalar, dunyoviy qo‘shiqlar, ovqat va ichimliklarda haddan tashqari isrofgarchilikka yo‘l qo‘yadiganlar bayramlarning muqaddasligini inkor etadilar. Moddiy daromad beradigan va gunoh hisoblanmaydigan mehnat muqaddas kunlarda qilinmas ekan, demak foydasiz, nafsni qondiradigan va yaramas ishlarni qilish ham nojoyizdir.
549. To‘rtinchi amr ishlamaslikni va beparvolikni qoralaydimi?
To‘rtinchi amr olti kun ishlash lozim deb o‘rgatadi, ish kunlarida ishlamay, bekorchi va behuda vaqt o‘tkazadiganlarni qoralaydi.
Beshinchi amr haqida
550. Muqaddas Kitob ota-onalarga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi?
Beshinchi amr ota-ona oldidagi burchimizni eslatadi, ularni hurmat qilish lozimligini o‘rgatadi: ularni qadrlash, ularga itoat qilish; kasal bo‘lganlarida va qariganlarida ularga qarash va g‘amxo‘rlik qilish; vafotlaridan keyin ham, tirikliklarida bo‘lgani kabi, ularning jonlari najot topishi uchun duo qilish, Xudoning qonuni va fuqarolik qonunlariga zid bo‘lmagan vasiyatlarini bajo etish (2Makkaviylar. 12:43–44; Yerm. 35:18–19; Damashqlik avliyo Yuhanno “Vafot etganlar haqida” so‘ziga qarang).
551. Ota-onalarga hurmatsizlik qilish gunohi qanchalik og‘ir?
Ota-onalarni yaxshi ko‘rish va ularga hurmat ko‘rsatish qanchalik oson va tabiiy bo‘lsa (axir ular orqali dunyoga kelganmiz), ularga hurmatsizlik qilish gunohi ham shunchalik og‘irdir. Shuning uchun Muso qonunida ota yoki onani haqorat qilish uchun o‘lim jazosi belgilangan (Chiqish 21:16-ga qarang).
552. Nima uchun beshinchi amrga farovonlik va uzoq umr berilishi va’da qilinadi?
Bu amrni bajarishga rag‘batlantirish uchun mukofot sifatida uzoq umr berilishi va’da qilinadi chunki oilada tartib bo‘lmasa, jamiyatda ham tartib bo‘lmaydi.
553. Farovonlik va uzoq umr haqida va’da qanday bajo bo‘ladi?
Qadimgi ajdodlar va avliyolarning hayoti shuni ko‘rsatadiki, Egamiz ota-onalarning duolarini eshitadi (Ibtido 27-bobga qarang).
“Otaning duosi farzandlarining uylarini mustahkam qiladi” (Sirax 3:9).
Xudo bu dunyoda ota-onasiga qaragan odamlarga alohida marhamat ko‘rsatadi, ularni himoya qiladi va farovonlik beradi; ota-onalarini e’zozlaganlari uchun mukofot sifatida ularga osmonda abadiy va baxtiyor hayot ato qiladi.
554. Nima uchun yaqinlarimizni sevish haqidagi amrlarda birinchi navbatda ota-onalar tilga olinadi?
Yaqinlarni sevish haqidagi amrlarda birinchi navbatda ota-onalar haqida gapiriladi, chunki ota-onalar tabiatan bizga hammadan yaqindirlar.
555. Ota-onalardan tashqari kimlarga hurmat ko‘rsatishimiz kerak?
Beshinchi amrda “ota-onalar” deyilsa-da, biz uchun ota-ona o‘rnida bo‘lgan barcha odamlar tushunilishi kerak.
556. Biz uchun ota-ona o‘rnini kimlar bosadi?
Biz uchun ota-ona o‘rnini quyidagilar egallaydi:
- Vatan, chunki u katta oiladir, unda Hukmdor – ota, fuqarolar esa Hukmdor va Vatanning farzandlari hisoblanadi;
- Ruhoniylar va ruhiy yo‘lda ta’lim berganlar, chunki ular ta’lim va Sirli marosimlar orqali bizni ruhiy hayot sari boshlaydilar va tarbiyalaydilar;
- Yoshi katta bo‘lganlar;
- Xayrixohlar;
- Turli jihatdan rahbarlik qiluvchilar.
557. Muqaddas Kitob Hukmdorlarni hurmat qilish haqida nima deydi?
Muqaddas Kitob Hukmdorlarni hurmat qilish haqida shunday deydi:
“Har bir inson oʻzining ustidan hukmron boʻlgan hokimiyatga boʻysunsin. Chunki Xudo buyurmagan hokimiyat yoʻq, mavjud boʻlgan har bir hokimiyatni esa Xudo tayin etgan. 2Shuning uchun hokimiyatga qarshilik koʻrsatgan odam Xudo oʻrnatgan tartibga qarshi chiqqan boʻladi. Qarshilik qiluvchilar esa oʻzlarini oʻzlari hukmga duchor qiladilar.” (Rim. 13:1–2).
“Shuning uchun faqatgina gʻazabga duchor boʻlmaslik niyatida emas, balki vijdon haqi ham boshliqlarga boʻysunish kerak.” (Rim. 13:5).
“Ey oʻgʻlim, Egamizdan ham, shohdan ham qoʻrq, ularga qarshi bosh koʻtarma” (Hikm. 24:21).
“Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar” (Mat. 22:21).
“Xudodan qoʻrqinglar, davlat rahbariga izzat–ehtirom koʻrsatinglar” (1Butrus 2:17).
558. Hukmdorni va Vatanni qay darajada e’zozlashimiz kerak?
Hukmdor va Vatan uchun hatto jonimizni fido qilishga ham tayyor bo‘lishimiz kerak (Yuhanno 15:13-ga qarang).
559. Muqaddas Kitob ruhoniylar va diniy o‘qituvchilarga hurmat haqida nima deydi?
Muqaddas Kitob ruhoniylar va diniy o‘qituvchilarni e’zozlash haqida shunday deydi:
“Jamoatdagi yoʻlboshchilaringizga quloq solinglar, aytganlarini qilinglar. Axir, ular imon yoʻlida sizlarga posbonlik qiladilar, Xudoning oldida sizlar uchun hisobot beradilar. Ularga itoat qilsangiz, ular oʻz ishini xursandchilik bilan bajaradilar, boʻlmasa, oʻlgan kunidan qiladilar. Bundan sizga nima foyda?!” (Ibroniylar 13:17).
560. Muqaddas Kitob yoshi kattalarni hurmat qilish haqida nima deydi?
Muqaddas Kitobda yoshi kattalarni xuddi ota-onalarga bo‘lganiday hurmat ko‘rsatish haqida alohida aytiladi. Havoriy Pavlus Timo‘tiyga shunday yozgan:
“Yoshi katta odamga qattiq gapirma, uni otang oʻrnida koʻrib, hurmat bilan nasihat qil. Yoshlarga ukalaringdek, kampirlarga onalaringdek munosabatda boʻl. Yosh ayollarni singillaring oʻrnida koʻrib, ularga pokdillik bilan nasihat” (1Tim. 5:1–2).
“Moʻysafidni koʻrganingizda oʻrningizdan turing, qariyaning hurmatini joyiga qoʻying. Men, Xudoyingizdan qoʻrqing. Men Egangizman.” (Levilar 19:32)
561. Muqaddas Kitob xayrixohlarga hurmat haqida nima deydi?
Xayrixohlarga xuddi ota-onalarga bo‘lganiday hurmat ko‘rsatish kerakligini Rabbimiz Iso Masihning misolida ko‘rishimiz mumkin: Iso ular bilan Nosiraga qaytib ketdi. Doim ota–onasiga itoat qildi. Onasi esa bu gaplarning hammasini diliga tugib qoʻydi. (Luqo 2:51 ga qarang).
562. Yana kimlarni ota-ona kabi hurmat qilishimiz kerak?
Ota-onalardan keyin hurmat qilishimiz kerak bo‘lganlar quyidagilardir:
- Bizni e’tiqod yo‘lida tarbiyalaydiganlar – o‘qituvchilar va murabbiylar;
- Jamiyatni tartibsizliklardan himoya qiluvchi mas’ul xodim va rahbarlar;
- Qonunlar orqali bizni adolatsizlikdan himoya qiladigan sudyalar;
- Davlat tomonidan jamoat xavfsizligini himoya qilish uchun tayinlangan harbiylar.
563. Muqaddas Kitob rahbarlarga hurmat haqida nima deydi?
Muqaddas Kitob turli rahbarlarga nisbatan burchlar haqida shunday deydi:
"Ularga nima tegishli boʻlsa, shuni bering: soliq yigʻuvchiga — soliq, boj oluvchiga — boj, obroʻga loyiq boʻlganga — obroʻ, hurmatu ehtiromga loyiq boʻlganga — hurmat–ehtirom. (Rim. 13:7).
564. Muqaddas Kitob xizmatchilar va qullar o‘z xo‘jayinlariga bo‘ysunishi haqida:
"Ey qullar, Masihga chuqur izzat–ehtirom bilan, chin yurakdan itoat qilganingiz kabi, xoʻjayinlaringizga ham shunday itoat qilinglar. 6Faqatgina insonlarni mamnun qilib, xoʻja koʻrsinga xizmat qiladigan odamlarga oʻxshamasdan, Masihning qullari kabi, chin koʻngildan Xudoning irodasini bajaringlar." (Efesliklar. 6:5-6).
"Ey qullar, Xudodan qoʻrqqaningiz uchun xoʻjayinlarga itoat qilinglar. Nafaqat mehribon va muloyimlarga, balki qattiqqoʻl xoʻjayinlarga ham boʻysuninglar." (1Butrus. 2:18).
565. Farzandlar bilan munosabat borasida qanday burchlar belgilangan?
Muqaddas Kitob farzandlarga nisbatan ota-onalarning burchlari haqida shunday o‘rgatadi:
"Ey otalar, farzandlaringizning gʻashiga tegmang. Ularni Rabbimizning taʼlim–tarbiyasi bilan oʻstiring." (Efesliklar 6:4).
566. Muqaddas Kitob ruhoniylarning o‘z jamoatiga munosabati haqida nima deydi?
Muqaddas Kitob ruhoniylarning o‘z jamoatiga nisbatan burchlari haqida shunday deydi:
"Nazoratingizdagi Xudoning suruvini yaxshi boqinglar. Bu xizmatni majburiyat yuzasidan emas, balki chin koʻngildan, Xudoga manzur tarzda bajaringlar. Shunchaki pulparastlik maqsadida emas, samimiyat bilan ijro etinglar. Qoʻlingiz ostidagi suruvga oʻz hukmingizni oʻtkazmay, ularga oʻrnak boʻlinglar." (1Butrus. 5:2-3).
567. Muqaddas Kitob rahbarlar va yo‘lboshchilarning burchlari haqida nima deydi?
Muqaddas Kitob rahbarlar va yo‘lboshchilarning burchlari haqida shunday deydi:
"Ey xoʻjayinlar, sizning ham samoda Xoʻjayiningiz borligini bilib, qullaringizga odil va toʻgʻri muomala qiling." (Kol. 4:1).
568. Muqaddas Kitobga zid narsa talab qilinganda nima qilish kerak?
Agar ota-onalar yoki rahbarlar imonga yoki Xudoning qonuniga zid narsani talab qilsa, unda ularga Havoriylarning yahudiy yo‘lboshchilarga aytganidek javob berish kerak:
“Xudodan koʻra sizlarga itoat etsak, Xudoning nazarida toʻgʻri boʻladimi? Oʻzlaringiz xulosa chiqaraveringlar. " (Hav. 4:19).
Imon va Xudoning qonuniga amal qilishda qanday azob-uqubatlar kelishidan qat'iy nazar, barchasiga chidash kerak.
569. Beshinchi amr talab qilgan fazilat qanday nomlanadi?
Beshinchi amr talab qilgan fazilat – itoatkorlik deb ataladi.
Oltinchi amr haqida
570. Oltinchi amr nimalarni taqiqlaydi?
Oltinchi amr qotillikni, ya’ni yaqinimizning hayotiga xiyonat qilishni taqiqlaydi.
571. Har qanday qotillik qonunbuzarlikmi?
Har qanday qotillik qonunbuzarlik hisoblanavermaydi. Quyidagi holatlar qonunga zid qotillik hisoblanmaydi:
- Jinoyatchini qonun asosida o‘limga hukm qilish;
- Jang maydonida Vatan va Hukmdor uchun dushmanga qarshi kurashishda.
572. Yana qanday holatlar qotillikka teng hisoblanadi?
Ehtiyot choralarini ko‘rmasdan, bilmay qotillik qilib qo‘yish. Bunday odam aybdor hisoblanadi va qonun oldida, Jamoat oldida vijdonini tozalashi kerak.
573. Yana qanday holatlar qotillik hisoblanadi?
To‘g‘ridan-to‘g‘ri qotillikdan tashqari, quyidagilar ham shu jinoyatga teng hisoblanadi:
- Sudyaning ayblanayotgan odamning aybsiz ekanini bila turib, hukm qilishi;
- Qotilni yashirib yoki ozod qilib, unga yana boshqa qotilliklarni qilishiga imkoniyat yaratish;
- Yaqinini o‘limdan qutqarish mumkin bo‘lgan sharoitda, qutqarmaslik (masalan, o‘zganing hayoti uchun jon kuydirmaslik);
- Qo‘li ostidagi odamni o‘lim xavfi bor joyga yuborish;
- o‘z hayotiga suiqasd qilish (hali tug‘ilmagan bolani oldirib tashlash ham, bunga undash ham qotillikka kiradi).
574. Nima uchun o‘z joniga qasd qilish og‘ir gunoh hisoblanadi?
O‘z joniga qasd qilish eng og‘ir qotillik hisoblanadi. Agar o‘zimizga o‘xshagan insonni o‘ldirish tabiatga zid bo‘lsa, o‘zimizni o‘ldirish bundan ham katta ziddiyatdir. Bizning hayotimiz bizga emas, balki uni bergan Xudoga tegishli.
575. Nima uchun yakkama-yakka jang qilish katta gunoh hisoblanadi?
Chunki nizolarni hal qilish hukumatning ishi, yakkama-yakka jang qilganlar esa o‘zlari bir-biriga qurol o‘qtaladi. Bunda odam ham hukumatga qarshi isyon qilgan, ham qotillikka qo‘l urgan, ham o‘z jonini xavf ostiga qo‘ygan bo‘ladi.
576. Ruhiy qotillik nima?
Jismoniy qotillikdan tashqari, ruhiy qotillik ham bor. Ruhiy qotillik – bu o‘z yaqinni noto‘g‘ri yo‘lga boshlash, uni imon yo‘lidan qaytarish yoki gunohga undash va shu orqali uning jonini ruhiy o‘limga duchor qilish. Najotkorimiz shunday degan:
"Menga ishongan shu kichiklarning birontasini yo‘ldan ozdirgan odamning holiga voy. Bunday qilgandan ko‘ra, o‘sha odamning bo‘yniga tegirmon toshini osib, dengiz tubiga cho‘ktirilgani o‘zi uchun yaxshiroq bo‘lar edi." (Mat. 18:6).
577. Qotillik gunohiga yana nimalarni kiritish mumkin?
Qotillikning boshqa turlari ham bor. Ular quyidagilardir:
- Sevgiga qarshi qilingan har qanday ish yoki so‘z;
- Yaqinning tinchligi va xavfsizligini nohaq buzish;
- Unga nisbatan ichki nafrat (u namoyon bo‘lmasa ham).
"Birodaridan nafratlangan har qanday kishi qotildir" (1Yuhanno. 3:15).
578. Oltinchi amrni bajarish uchun nima qilish kerak?
Yaqinning hayotiga zarar yetkazish taqiqlangani uchun, imkon qadar uning hayoti va farovonligini himoya qilish buyuriladi.
579. Shu munosabat bilan biz quyidagilarni qilishimiz kerak:
- Kambag‘allarga yordam berish;
- Kasallarga xizmat qilish;
- G‘amginlarni tinchlantirish;
- Baxtsizlarning ahvolini yengillashtirish;
- Hammaga muloyimlik va sevgi bilan munosabatda bo‘lish, imkon qadar odamlarni yaxshilikka boshlash;
- G‘azablangan odamlar bilan yarashish;
- Haqoratlarni kechish va dushmanlarga yaxshilik qilish.
Yettinchi amr haqida
580. Yettinchi amr nimalarni taqiqlaydi?
Yettinchi amr zino qilishni taqiqlaydi.
581. Zino deb qanday gunohlar nazarda tutiladi?
Havoriy Pavlus masihiylarga bu nopokliklar haqida hatto gapirmaslikni ham maslahat beradi (Efes. 5:3-ga qarang). Faqat zarurat tug‘ilganda, bu gunohlardan saqlanish uchun ba’zilarini tilga olish joiz:
- Fohishalik yoki nikohsiz jinsiy aloqa qilish;
- Zino – nikohda bo‘la turib, begonaga ko‘ngil qo‘yish;
- Qon qarindoshlik - yaqin qarindoshlar orasida nikoh qurish.
582. Zinoga nimalar kiradi?
Najotkorimiz zino haqida shunday deydi:
"Lekin Men sizlarga aytaman: agar siz ayolga shahvat bilan qarasangiz, xayolingizda u bilan zino qilgan bo‘lasiz." (Mat. 5:28).
583. Ichki zinodan qanday qochish kerak?
Ichki, zino qilishdan saqlanish uchun, yurakda nopok istaklarni uyg‘otadigan narsalardan qochish kerak:
- Shahvoniy qo‘shiqlar va o‘yinlar;
- yomon so‘z;
- qo‘pol o‘yinlar va hazillar;
- sharob ichish;
- Uyatsiz narsalarni tomosha qilish;
- ishqiy munosabatlar haqida kitob o‘qish.
Muqaddas Kitobga ko‘ra, vasvasaga olib keladigan narsalarga umuman qaramaslik kerak:
"Bordi–yu, o‘ng ko‘zingiz gunoh qilishingizga sababchi bo‘lsa, uni o‘yib olib, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz do‘zaxga tashlangandan ko‘ra, a’zolaringizdan bittasi yo‘q bo‘lgani siz uchun yaxshiroqdir." (Mat. 5:29).
584. "Ko‘zingiz gunoh qilishingizga sababchi bo‘lsa, uni o‘yib olib, uloqtirib yuboring" degani nimani anglatadi?
Buni obrazli iboradir. Gunohni o‘zimizdan soqit qilishimiz lozimligini anglatadi. Kim vasvasaga soladigan narsalarga qaramasa, "ko‘zini o‘yib olib, uloqtirib yuborgan" bo‘ladi.
585. Zinoga qarshi nimalar bor?
Zino gunohi taqiqlanganida, quyidagi fazilatlar buyuriladi:
- Nikohda mehr-muhabbat va sadoqat;
- Uddalay oladiganlar uchun - mukammal poklik va iffat.
586. Er-xotin o‘rtasida munosabatlar qanday bo‘lishi kerak?
Muqaddas Kitob er va xotinning burchlari haqida shunday deydi:
" Ey, erlar, Masih jamoatni yaxshi ko‘rib, O‘zini jamoat uchun fido qilganiday, sizlar ham xotinlaringizni shunday yaxshi ko‘ringlar." (Efs. 5:25).
"Ey, xotinlar, siz Rabbimiz Isoga qanday bo‘ysunsangiz, erlaringizga ham shunday bo‘ysuninglar. Masih imonlilar jamoatining boshi bo‘lgani kabi, er ham xotinning boshidir. Masih O‘z tanasi bo‘lgan jamoatning Najotkoridir." (Efs. 5:22-23).
587. Zinodan qochish
Zinodan qochish va iffatli yashash uchun Muqaddas Kitob tanamizni (ham ruhiy, ham jismoniy) pok tutishni buyuradi, chunki:
"A’zoyi badaningiz Masih tanasining a’zosi–ku! Shunday ekan, men Masih tanasining a’zolarini olib, fohisha tanasining a’zolari qilib qo‘yarkanmanmi? Yo‘q, aslo!".
Fohisha bilan qovushgan u bilan bir tan bo‘lishini bilmaysizlarmi?! Muqaddas Bitiklarda: “Ikkalasi bir tan bo‘ladilar”, deb yozilgan–ku! Rabbimiz Iso bilan birga bo‘lgan esa U bilan bir ruhda bo‘ladi. Jinsiy axloqsizlikdan o‘zingizni olib qochinglar! Jinsiy axloqsizlik bilan gunoh qilgan o‘z tanasiga qarshi gunoh qilgan bo‘ladi, qolgan hamma gunohlar esa tanaga bevosita bog‘lanmagan holda qilinadi. Nahot bilmasangiz?! Qalbingizda maskan qilgan Muqaddas Ruhni Xudo sizlarga bergan. Tanangiz Muqaddas Ruhning ma’badidir. Sizlar o‘zlaringizga tegishli emassizlar. Sizlar qimmat bahoga sotib olingansizlar. Shuning uchun o‘z tanangiz bilan Xudoni ulug‘langlar. (1Kor. 6:15, 18-19-ga qarang).
Sakkizinchi amr haqida
588. Sakkizinchi amr nimalarni taqiqlaydi?
Sakkizinchi amr umuman o'g'irlikni yoki boshqalarga tegishli narsalarni har qanday usulda o'zlashtirishni taqiqlaydi.
589. Sakkizinchi amr taqiqlagan asosiy gunohlar
Bu amr taqiqlangan gunohlarni ko‘rsatib o‘tamiz. Ulardan eng muhimlari: talonchilik yoki birovning narsasini ochiqdan-ochiq tortib olish; o'g'irlik yoki birovning narsasini yashirin o'g'irlash; aldash yoki makkorlik yo‘li bilan boshqaga tegishli narsani o‘zlashtirib olish, masalan, haqiqiy pul o‘rniga qalbaki pul, yaxshi mahsulot o‘rniga yomon mahsulot berib, tarozidan aldash, qarzni to‘lamaslik, mol-mulkni yashirish, shartnoma yoki vasiyatnoma bo‘yicha bergan va’dani bajarmaslik; o'g'rini yashirib, jabr ko‘rganni tovon pulidan mahrum qilish; ushr yoki Xudoga bag'ishlangan va imonlilar jamoatiga tegishli bo'lgan mulk yoki pulni o'zlashtirish; muqaddas lavozimlarni Xudoga xizmat deb emas, shaxsiy manfaat topish vositasi deb bilish; poraxo‘rlik, qo‘l ostidagilardan yoki ayblanuvchilardan tovon puli olib, o‘z manfaatini ko‘zlab, ayb ish qilganni oqlash, begunohga zulm qilish; mehnat qilmasdan, tekinxo‘rlik bilan kun kechirish, jamiyatning haqini yeyish, ish beruvchini aldash; shuningdek, mehnat bilan rizq topishga qodir bo‘la turib, sadaqa evaziga kun kechirish; tovlamachilik, qonun niqobi ostida, adolat va insoniylikni buzgan holda, boshqalarning mulki yoki mehnatidan foydalanish, o'zganing muammosidan o'z manfaati yo‘lida foydalanish; masalan, qarz beruvchilar shart qo‘yib, qarzni ko'paytirishi va qarzdorning bo‘yniga yana ham katta yuk yuklashlari, mulkdorlar o'zlariga qaram bo'lganlarni ortiqcha soliq yoki mehnat bilan ezishlari, ocharchilik yoki tanqislik vaqtida xizmat haqini oshirib yuborish.
590. Sakkizinchi amrga mos keladigan fazilatlar qaysilar?
Bu gunohlarni taqiqlash bilan, quyidagi fazilatlar buyuriladi:
- Xolislik ; Sadoqat; Adolat; Kambag'allarga rahm-shafqat qilish.
591. Kambag'allarga shafqatsizlik sakkizinchi amrga qarshi gunoh hisoblanadimi?
Kambag'allarga yordam berish imkoniyati bo'la turib, yordam bermaslik sakkizinchi amrga qarshi gunoh hisoblanadi. Bizda bor bo‘lgan narsalar Xudoga tegishli va ortiqcha ne'matlar kambag'allarga yordam qilish uchun berilgan. Shuning uchun, agar o'zimizda ortiqcha mulk bo'la turib, kambag'allarga bermasak, ularning rizqini bermagan va Xudoning inoyatini o'g'irlagan bo‘lamiz.
592. Sakkizinchi amrga qarshi gunohlarga qarama-qarshi qanday fazilat mavjud?
Muqaddas Kitob tomonidan barcha uchun majburiy emas, balki taqvodorlikda boshlaydigan maslahat sifatida taklif qilingan fazilat – bu dunyoning boyliklaridan voz kechish yoki ixtiyoriy ravishda har qanday mulkdan voz kechish:
"Men uchun uy–joyini, aka–ukalarini, opa–singillarini, ota–onasini, bolalarini yoki yer– mulkini tashlab ketgan har bir kishi bulardan yuz hissa ortiqrog‘ini olib, abadiy hayotga ega bo‘ladi." (Mat. 19:21).
To'qqizinchi amr haqida
593. To'qqizinchi amr nimalarni taqiqlaydi?
To'qqizinchi amr yaqinlarimiz haqida soxta guvohlik berishni va har qanday yolg'onni taqiqlaydi.
594. Soxta guvohlikning qanday turlari mavjud?
Soxta guvohlik quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- Sudda soxta guvohlik berish, ya’ni sudda biror kishi haqida qasdan yolg'on gapirish, shikoyat qilish yoki noto'g'ri guvohlik berish;
- Suddan tashqari soxta guvohlik – biror kishi haqida orqasidan g'iybat qilish yoki unga tuhmat qilish.
595. Ayb ish qilgan odamni ayblash mumkinmi?
Boshqalarni ularning kamchiliklari uchun ayblash mumkin emas. Muqaddas Kitob bizga yaqinlarimizning ayblarini hukm qilishni taqiqlaydi (agar bu vazifangiz doirasida bo‘lmasa agar), balki ularni muloyimlik bilan tuzatishni buyuradi:
"Boshqalarni hukm qilishni bas qilinglar, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi." (Mat. 7:1).
596. Yaqiningizga zarar yetkazish niyatisiz yolg'on gapirish gunohmi?
Yaqiningizga zarar yetkazish niyatisiz yolg'on gapirish ham mumkin emas, chunki har qanday yolg'on Xudodan emas, ayniqsa haqiqatni gapirishi, mehr-oqibatli bo‘lishga da’vat etilgan masihiyga nojoizdir.
"Endi yolg‘onchilikni bas qilib, har biringiz o‘z yaqiningizga haqiqatni aytinglar, axir hammamiz bir tananing a’zolarimiz–ku." (Ef. 4:25).
597. To'qqizinchi amrga qarshi gunohlardan qanday qochish kerak?
To'qqizinchi amrga qarshi gunohlardan qochish uchun Kalomga amal qilishimiz kerak:
"Axir, Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Kimki hayotdan zavqlanishni, Baxtli umr ko‘rishni istasa, U tilini yomon so‘zdan tiysin, Og‘zini yolg‘on gapdan asrasin." (1But. 3:10).
"Agar siz o‘zingizni dindor hisoblab, tilingizni tiymasangiz, o‘z–o‘zingizni aldagan bo‘lasiz va sizning bunday din–diyonatingiz befoydadir." (Yoqub 1:26).
O'ninchi amr haqida
598. O'ninchi amr nimalarni taqiqlaydi?
O'ninchi amr yaqinimizga sevgiga zid bo'lgan istaklar va ularga oid fikrlarni taqiqlaydi.
599. Nima uchun nafaqat amallar, balki istaklar ham taqiqlangan?
Nafaqat yomon amallar, balki yomon istaklar va fikrlar ham taqiqlangan, chunki:
1) Yomon istaklar va fikrlar bor bo'lsa, insonning qalbi Xudo oldida nopok bo'ladi, bunday odam fosiqlik qilgan bo‘ladi:
"Fosiqning niyatlari Egamizga jirkanch, " (Hikm. 15:26).
Shuning uchun yuragimizni pok saqlashimiz kerak:
"Ey azizlarim, Xudo bizga shunday ajoyib va’dalar bergan ekan, badanimizni va ruhimizni bulg‘ovchi har qanday narsadan o‘zimizni poklaylik. Xudodan qo‘rqib yashaylik, butunlay Xudo uchun ajratilganligimizni ko‘rsataylik." (2Kor. 7:1).
2) Yomon amallarning oldini olish uchun yuragimizdagi istaklar va fikrlarni poklashimiz kerak, chunki ular urug'dek yomon amallarga olib keladi:
"Chunki inson yuragidan yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino, o‘g‘irlik, soxta guvohlik va tuhmat chiqadi." (Mat. 15:19).
"Lekin har kim o‘z ehtirosi dastidan vasvasaga duchor bo‘lib, nafs tuzog‘iga ilinadi. Keyin ehtiros homilador bo‘lib gunohni tug‘adi, gunoh esa yetilib, o‘limga olib boradi." (Yoqub 1:14-15).
600. O'ninchi amr qanday nafsni taqiqlaydi?
Yaqinimizga tegishli narsalarni istash taqiqlanganda, hasad taqiqlanadi.
601. O'ninchi amr qanday fikr va istaklarni taqiqlaydi?
"O‘zganing xotiniga ko‘z olaytirma" deyiladi va bu bilan shahvoniy fikrlar va ichki zino taqiqlanadi.
602. "Qo‘shningizning uyiga ko‘z olaytirmang. Qo‘shningizning xotini, quli yoki cho‘risi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga ko‘z olaytirmang", deyiladi va bu bilan ochko'zlik va izzatparastlik ta’qiqlanadi.
603. O'ninchi amrga muvofiq qanday burchlarni bajarishimiz kerak?
O'ninchi amr bizga quyidagi burchlarni yuklaydi:
- Qalbni pok saqlash;
- Xudo bizga bergan narsalar bilan qanoatlanish.
604. Qalbni tozalash uchun nima zarur?
Qalbni toza saqlash uchun Rabbimiz Iso Masihning ismini tez-tez va samimiyat bilan zikr qilish juda muhim.
Xulosa
Imon va taqvodorlik haqidagi ta'limotdan qanday foydalanishimiz kerak?
605. Imon va taqvodorlik haqidagi ta'limotdan to'g'ri foydalanish uchun biz bilgan narsalarni bajaramiz, chunki bajarmaslik og‘ir jazoga olib keladi:
"Agar gapimni uqqan bo‘lsangiz, bunga amal qilinglar, shunda baxtli bo‘lasizlar!" (Yuhanno 13:17).
"Xo‘jayinning xohishini bilgan, ammo hozirlik ko‘rmagan va uning xohishini bajarmagan xizmatkor ko‘p kaltak yeydi." (Luqo 12:47).
606. O‘zimizda gunoh borligini ko‘rsak, nima qilishimiz kerak?
O‘zimizda gunoh borligini ko‘rganimizda, nafaqat darhol tavba qilishimiz va bundan keyin gunohdan qochishga qat'iy qaror qilishimiz, balki u keltirgan zararni xayrli ishlar bilan qoplashga harakat qilishimiz kerak. Muqaddas Kitob buni bizga soliqchi Zakkay misolida ko‘rsatadi. U Rabbimiz Isoga shunday dedi:
"Zakkay esa o‘rnidan turib, RabbimizIsoga dedi: — Hazrat, men mol–mulkimning yarmini kambag‘allarga beraman. Biron kimsaning narsasini nohaq olgan bo‘lsam, to‘rt barobar qilib qaytaraman." (Luqo 19:8).
607. Agar biror amrni bajarganimizni his qilsak, o‘zimizni qanday tutishimiz kerak?
Agar biror amrni bajarganimizni his qilsak, yuragimizni (his va fikrlarimizni) Rabbimiz Iso Masihning shu so‘zlariga mos ravishda sozlashimiz kerak:
"Shu singari sizlar ham o‘zingizga buyurilgan hamma ishni bajarganingizdan so‘ng: “Biz bor–yo‘g‘i xizmatkormiz, vazifamizni bajardik, xolos”, — deb aytinglar." (Luqo 17:10).